Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Kompyuter jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos jihatlari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet507/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   548
   

Kompyuter jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos jihatlari 

Ushbu  sohadagi  jinoyatlarni  tergov  qilishda  uch  xil  vaziyatni 

uchratish mumkin: 

1) hamma narsa aniq – jinoyatning xususiyati va holatlari ma’lum 

(masalan:  qanday  virus  va  qay  yo‘l  bilan  kompyuter  tarmog‘iga 

kiritilgan)  va  jinoyat  jabrlanuvchining  o‘z  kuchi  bilan  aniqlangan, 

jinoyatchi ma’lum va qo‘lga olingan, o‘z aybiga iqror bo‘lgan vaziyat; 

2)  Jinoyatni  sodir  etish  usuli  ma’lum,  ammo  jinoyat  mexanizmi 

qisman  noaniq,  masalan  kompyuter  tarmog‘i  himoyasining  zaif  joylari 

orqali  foydalanuvchilarni  internet  fayllariga  noqonuniy  kirganlarida 

jinoyatchining shaxsi aniq bo‘lib, ammo u yashiringan; 

3)  faqat  jinoiy  natija  aniq,  masalan,  bank  kompyuter  tarmog‘ini 

ishdan chiqarish; jinoyatchining shaxsi va jinoyat mexanizmi noaniq. 

Birinchi  holatda  kompyuter  tizimiga  noqonuniy  kirish  va  yuzaga 

kelgan  natijalar  o‘rtasida  aloqa  borligi  (ishdan  chiqish,  kompyuterga 

virus  tushirish  va  boshqalar),  keltirilgan  zararning  hajmini  aniqlash 

zarur.  Ikkinchi  holatda  –  yuqorida  qayd  etilgan  vazifalardan  tashqari, 

jinoyatchini  qidirish  va  qo‘lga  olish  zarur.  Nihoyat,  eng  noqulay 

(uchinchi) holatda jinoyat mexanizmini aniqlash zarur.  

Tergov,  taftish  yoki  olib  qo‘yishga  tayyorgarlik  ko‘rishda 

tergovchi  qaror  qabul  qiladi.  Bu  ehtiyoj  kompyuter  harakati  sohasidagi 

jinoyat  tarkibi  belgilaridan  tashqari  quyidagilarga  asoslangan  bo‘lishi 

mumkin: 

gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  jabrlanuvchilar,  ba’zi 

guvohlar  hisoblash  texnikasi  va  informatika  sohasida  maxsus 

ma’lumotga, shuningdek, shaxsiy kompyuter texnikasiga ega bo‘lsa; 

ish  materiallari  hujjatlarida  EHM  orqali  yozilgan  hujjatlarning 

borligi (so‘rovnomalarga javob, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafidan 

olingan ma’lumotnomalar); 

kompyuter ma’lumotini tarqatuvchi buyumlarni o‘g‘irlash; 




 

509 


yuqorida 

ko‘rsatilgan 

shaxslarni 

hisoblash 

texnikasi, 

programmalashtirish  bilan  qiziqishi  yoki  ularning  shunday  qiziqishga 

ega bo‘lgan shaxslar bilan aloqasi borligi. 

Ko‘zdan  kechirish  yoki  tintuvga  tayyorgarlik  ko‘rish  chog‘ida 

ishlatilayotgan  EHMning  turi  va  konfiguratsiyasi  to‘g‘risida  aniq  va 

ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish zarur;  mahalliy  yoki global tarmoqqa 

(internetga)  ulanganligi;  informatsiyaviy  xavfsizlik  va  noqonuniy 

foydalanishdan  himoya  xizmati  mavjudligi;  hisoblash  texnikasi 

o‘rnatilgan joydagi elektr ta’minlash tizimi; foydalanuvchilar  malakasi; 

hisoblash texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar to‘g‘risida ma’lumot 

to‘plash  zarur.  Bunday  ma’lumotga  ega  bo‘lish  tergovchiga 

kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotga ega bo‘lishni engillashtiradi va 

uning daliliy kuchini maksimallashtiradi. 

 Kompyuter  ma’lumotini  tezda  yo‘q  qilish  mumkin  bo‘lganligi 

uchun  qo‘qqisdan  qilingan  tintuv  yoki  tezkorlik  bilan  o‘tkazilgan 

ko‘zdan  kechirish  ko‘pinchalik  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Agar 

kompyuterlarda mahalliy kompyuter tarmog‘i hosil qilganligi to‘g‘risida 

ma’lumot  olinsa,  bu  tarmoqqa  ulangan  barcha  kompyuter  texnikasi 

joylashgan  joyni  aniqlash  va  EHM  o‘rnatilgan  barcha  joylarda  bir 

vaqtning  o‘zida  tintuv  tashkil  qilish  zarur.  Tintuvdan  (ko‘zdan 

kechirish)dan  avval  kompyuter  informatsiyasini  yo‘q  qilish  yoki  unga 

zarar  etkazish  imkoniyatini  oldini  oluvchi  choralar  ko‘rish  lozim. 

Buning  uchun  ko‘zdan  kechirish  paytida  EHMni  elektr  quvvati  bilan 

uzluksiz  ta’minlash,  ko‘zdan  kechirish  yoki  tintuv  o‘tkazilayotgan 

joydan begonalarni chiqarib yuborish va hech kimni qo‘ymaslik; qolgan 

shaxslarni  hisoblash  texnikasi  va  elektr  toki  ta’minoti  moslamalariga 

tegish imkoniyatidan mahrum qilish uchun choralar ko‘rish zarur. Agar 

ob’ektda portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli moddalar, elektromagnit 

nur tarqatuvchi buyum va apparatlar bo‘lsa, ularni bartaraf qilish kerak. 

Ko‘zdan  kechirish  yoki  tintuvni  informatika  va  hisoblash  texnikasi 

mutaxassisi bilan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Xolislar sifatida ham 

EHMda  ishlash  bilan  tanish  bo‘lganlarni  taklif  qilish  foydadan  xoli 

emas. 

Kompyuter 



ma’lumotini 

qidirish 

taktikasi, 

birinchidan, 

ma’lumotning  himoyalanish  darajasi,  ikkinchidan,  tergov  harakatlari 

davrida  kompyuterning  va  periferiya  moslamalarining  funksional 

holatidan kelib chiqqan holda tanlanishi zarur.  

Kompyuterni  yuqori  darajada  himoyalanganligiga  noqonuniy 

ma’lumotdan  foydalanishga  qarshi  va  yoki  sertifikatlangan  maxsus 



 

510 


himoya  vositalarining  mavjudligi;  kompyuter  tizimi  joylashgan  hudud 

va  binolarni  (texnik  vositalar  va  maxsus  personal  yordamida),  uzluksiz 

qo‘riqlash,  jiddiy  kirib-chiqish  rejimlarini  qo‘llash,  binolarni  maxsus 

jihozlash;  ma’lumot  muhofazasi  ma’muriyati  mavjudligi,  normal 

ishlashi va ish nazorati guvoh bo‘ladi. 

Parollar  avvaldan  operatsiyaviy  tizim  va  boshqa  servis 

programmalarga  o‘rnatiladi.  To‘g‘ri  ishlatilganda,  ular  ko‘pgina 

tashkilotlarga  xavfsizlikning  maqbul  darajasini  ta’minlay  oladi. 

SHunday bo‘lsa-da, xususiyatlar majmui bo‘yicha ular asliga to‘g‘rilikni 

tasdiqlovchi  eng  zaif  vositadir.  Parollarning  ishonchliligi  ularni  esda 

saqlash  va  sir  tutish  qobiliyatiga  asoslangan.  Parol  esda  qoladigan 

bo‘lishi  uchun  uni  oddiy  tuzishadi,  biroq  qonuniy  iste’molchilarning 

qiziqishlari,  tanishlari  doirasi  avvaldan  o‘rganib  chiqilsa,  parolni  topish 

qiyinchilik  tug‘dirmaydi.  Ba’zi  parollar  boshidan  sir  tutilmaydi,  chunki 

ular  hujjatlarda  ko‘rsatilgan  standart  ma’noga  ega  bo‘ladi  va  tizim 

o‘rnatilganda  har  doim  ham  o‘zgartirilmaydi.  Parolni  kiritishni  optik 

vositalar  va  protsessor  va  monitor  tarqatuvchi  elektromagnit  nurni 

qo‘lga olish mobaynida aniqlash mumkin.  

YAngi  elektron  texnologiyalarga  elektron  kalitlarni  ishlatish 

kiradi.  Elektron  kalit  kattaligi  gugurt  qutisidan  katta  bo‘lmagan 

mikrosxemada  ishlangan  xotirali  moslamadir.  Kompyuterni  ko‘zdan 

kechirish  paytida  himoyalangan  programma  ishlatilsa,  u  o‘z  kaliti 

mavjudligini  tekshiradi.  Kalit  topilsa,  programma  bajariladi;  aks  holda 

xato  to‘g‘risida  ma’lumot  paydo  bo‘ladi  va  ish  jarayoni  to‘xtatiladi. 

Kalitning  o‘zi  printer  ulanadigan  portga  kirgiziladi  va  osonlikcha 

chiqariladi. 

Agar  ma’lumot  qidiruvi  uchun  tergovchi  ishlatayotgan,  lekin 

kompyuterda  bo‘lmagan  programma  mahsulotlari  ishlatilsa,  bu  narsa 

tekshiruv  yoki  tintuv  bayonnomasida  qayd  etilishi  kerak.  Bunday 

programmalar  standart  bo‘lishi  kerak.  Nazorat  yaqqolligi,  ya’ni, 

programma  ishining  asosiy  etaplarini  displey  ekranida  ko‘rinishi, 

tergovchi  va  mutaxassisning  izoh  berishi  zarurdir.  Xolislarning 

maksimal  faolligi  qidirilayotgan  programma,  tekst  yoki  grafik  hujjat 

emas, balki audio yoki videorolik (verbal yoki vizual ma’lumot) bo‘lishi 

mumkinligi  uchun  juda  muhimdir.  Programma  ishining  bunday  natijasi 

betakror bo‘lib, bayonnoma yordamida qayd etiladi. 

Qidirilayotgan  ma’lumot  topilganda  displeyning  joriy  tasviri 

suratga  tushirilishi  va  standart  vositalar  yordamida  ma’lumotni  doimiy 

tarqatuvchiga  (odatda  -  magnit  disk)  yozib  olish  yoki  printer  orqali 



 

511 


qog‘ozga  chiqarish  zarur.  Qog‘ozga  tushirilgan  nushalar  holislar 

tomonidan imzolanishi shart. 

Kompyuter va uning moslamalari muhrlanadi: raz’emlarga qog‘oz 

qo‘yib, egasi yoki ekspert yo‘qligida foydalanishning oldini olish uchun 

uning  chetlarini  kompyuterning  yon  devoriga  quyuq  kley  yoki 

yopishqoq  lenta  yordamida  mahkamlanadi.  Magnit  tarqatuvchilar  turli 

hil  elektromagnit  va  magnit  maydonlarning  ta’siri  va  yo‘naltirilgan  nur 

tarqatishning salbiy ta’sirini oldini olish uchun maxsus ekranlashtirilgan 

konteyner yoki futlyarlarda saqlanadi. Faqat konteyner va futlyarlargina 

muhrlanadi.  Izohlovchi  yozuvlar  disketaga  yopishtiriluvchi  maxsus 

etiketkalarga  yoziladi.  Bunda  avval  etiketkaga  yozuv  tushiriladi  va 

so‘ngra  disketaning  maxsus  mo‘ljallangan  eriga  yopishtiriladi.  Agar 

disketada  yozuvli  etiketka  mavjud  bo‘lsa,  u  holda  faqat  tartib  raqami 

qo‘yiladi,  izohlovchi  yozuvlar  esa  shu  raqam  ostida  alohida  varaqqa 

yozilib,  korobkada  saqlanadi.  Magnit  tarqatuvchilarni  bevosita  kanop 

bilan  o‘rash,  ularni  teshish  va  ularga  imzo,  belgi  va  muhr  qo‘yish 

mumkin emas. 

Ko‘pincha  apparat  vositalarida  ma’lumot  izlaridan  tashqari 

kriminalistika  uchun  odatiy  izlar  ham  uchrab  turishi  sababli,  ko‘zdan 

kechirishga  mutaxassis-kriminalistni  taklif  qilish  ham  maqsadga 

muvofiqdir.  Tergov  amaliyotida  kompyuter  vositalarining  ichki 

elementlarida  barmoq  izlari,  metallni  qayta  ishlash  asboblari,  qo‘lda 

ulash izlari qolganligi holatlari ma’lum. 

Guvohlar  va  jabrlanuvchilarni  boshlang‘ich  so‘roq  qilishda 

kompyuter  tizimining  funksiyasi  va  maqsadi,  kompyuter  texnikasi  va u 

joylashgan  erga  kim  bemalol  kirishi  mumkinligi,  u  erda  begonalarni 

paydo  bo‘lishi  va  qanday  himoya  vositalari  ishlatilganligini  aniqlash 

zarur.  agar  ma’lumotning  bir  qismi  maxfiy  bo‘lsa,  kim  undan 

foydalanishga  ruxsat  bergan  va  aslida  kim  foydalangan:  jinoyat 

natijasida  qanday  zarar  (mulk,  nomulk  shaklida)  etkazilgan  va  uni 

kamaytirish yo‘li bormi? 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish