2.Elektromagnit ushlab olish – Ushlab olishning ushbu turidan
kontakt bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishmay, undagi ma’lumotlarni
ma’lum masofadan turib elektromagnit to‘lqin orqali olishda keng
foydalaniladi. Jinoyatchilar ko‘p holatlarda ma’lumot olinayotgan
binodan uncha uzoq bo‘lmagan, ko‘zdan pana joylarda mashinadan turib
yoki oddiy portfel, sumka ichiga o‘rnatilgan moslama orqali, o‘zlariga
e’tiborni tortmasdan EHM xotirasidagi ma’lumotlarni osongina qo‘lga
kiritishi yoki ish jarayondagi holatlarni kuzatib o‘tirishlari mumkin.
Ushbu vositlardan ko‘p holatlarda markaziy protsessor, displey, telefon,
printer, mikroto‘lqinli aloqa liniyalari xatto oddiy televizordan
tarqatilayotgan ma’lumotlarni ushlab olishda ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |