Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)larni so‘roq qilish taktikasi.
Tergovchi gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ni so‘roq qilish rejasini
tuzganda gumon qilinuvchi o‘zini himoya qilish uchun keltirishi
mumkin bo‘lgan vajlarni e’tiborga olib tusmollar tuzadi. Gumon
qilinuvchining alibisini tekshirish uchun nomusga tegish jinoyati sodir
etilgan vaqtda qaerda va qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullanganligi
to‘g‘risida gumon qilinuvchining vajini tasdiqlovchi shaxslar so‘roq
qilinadi.
Gumon qilinuvchi jinsiy aloqani ixtiyoriy bo‘lgan deb jabrlanuvchi
bilan jinsiy munosabati mavjudligini asos qilib ko‘rsatishi mumkin. Bu
tusmolni tekshirish uchun u so‘roq qilinganda o‘zaro aloqalari
qachondan beri davom etgani, bundan o‘zining va jabrlanuvchining
yaqin qarindoshlari xabardormi va bunga ularning munosabati
aniqlanishi lozim.
Gumon qilinuvchi jabrlanuvchi bilan uchrashganligini inkor
etmasligi mumkin. Lekin ular o‘rtasida hech qanday jinsiy aloqa
bo‘lmaganligi to‘g‘risida ko‘rsatuvi tanasida tajovuzdan qolishi mumkin
bo‘lgan izlar bor yoki yo‘qligi orqali aniqlanadi. Gumon qilinuvchini
so‘roq qilishda quyidagi savollar berilishi mumkin: oxirgi paytda kim
bilan jinsiy aloqaga kirishgan va qachon, uchrashuv qanday xarakterda
bo‘lgan, o‘sha uchrashuvdan uning tanasida, kiyimida qanday izlar
qolganligi to‘g‘risida so‘ralishi mumkin. Gumon qilinuvchi bilan
jabrlanuvchining uchrashuvi xarakterini aniqlash maqsadida quyidagi
savollar aniqlanadi: qaerda va nima sabab bilan uchrashganlar, ular
qancha vaqt birga bo‘lishgan, nima qilishgan, nima haqida
gaplashishgan, ularni biron kishi ko‘rganmi, uchrashuvdan qaytishda
kimlarni uchratgan va bu uchrashuv haqida kimlar xabardor ekanligi
masalalariga aniqlik kiritiladi.
Ayblanuvchi tergov davomida o‘z ko‘rsatuvi va jabrlanuvchi bilan
uchrashganlik holatini inkor etishi mumkinligini nazarda tutib, hodisa
384
sodir bo‘lgan joyda uning ko‘rsatuvi tekshirilishi va bu bayonnomada,
fotosuratga, videoyozuv orqali qayd etilishi lozim.
Ayblanuvchining ko‘rsatuvlari yolg‘on ekanligi fosh qilish
maqsadida unga quyidagi dalillarni ko‘rsatish lozim: so‘roq
bayonnomasi, ekspert xulosasi, tintuv va hodisa sodir bo‘lgan joydan
topilgan ashyoviy dalillar, guvohlarning ko‘rsatuvlari.
Ko‘p hollarda so‘roq qilishdan tashqari, yuzlashtirish tergov
harakati ham rejalashtiriladi. Chunki bu tergov harakati jabrlanuvchining
ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yuzlashtirish zaruriyat
tug‘ilganda, ya’ni qarama-qarshilikni boshqa tergov harakatlari bilan
aniqlash iloji bo‘lmaganda hamda bu tergov harakati orqali kutilgan
natijaga erishish mumkinligiga etarli asos bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
Jabrlanuvchi so‘roqda aybdorning anatomik va funksiyaviy belgilari
haqidagi ko‘rsatuvini tekshirish gumon qilinuvchini guvohlantirish, sud-
tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish orqali aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |