Noma’lum jinoyatchini topish. Noma’lum jinoyatchini
aniqlashda jabrlanuvchining ko‘rsatuvlaridan tashqari ishdagi barcha
ma’lumotlar va tusmollardan foydalaniladi. Gumon qilinuvchining
tashqi ko‘rinishi, belgilariga e’tibor beriladi. Jinoyatchini tashqi
ko‘rinishi o‘ziga xos anatomik va funksional belgilari, alohida belgilari,
jinoyat sodir etilish jarayonida shikastlanganligi, kiyimi, papkasi va
jinoyatchi foydalangan boshqa narsalar ham aniqlanadi. YUqorida sanab
o‘tilgan ma’lumotlarni jabrlanuvchi, shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan
joyni ko‘zdan kechirish natijasida hamda tezkor- qidiruv harakatlari
orqali olishi mumkin.
Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha jinoyatchining sub’ektiv
xususiyatlari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Masalan, jabrlanuvchi bilan
dastlabki tanishishdagi odati qanday bo‘lganligi, uning mashg‘uloti
to‘g‘risidagi ma’lumotlar jinoyatchini aniqlashga yordam beradi.
Sub’ektiv xususiyatlar shaxslar bilan munosabatda namoyon bo‘ladi.
Bularga jabrlanuvchini, unga tajovuz qilish vaqti, joyi va jinoyatni sodir
etish usulini tanlashi kiradi. Jabrlanuvchi bilan bo‘lgan joyda qolgan
izlarni tahlil qilib faqat jinoyatchining bo‘yi, vazni emas, balki o‘ziga
xos harakatlari, odati, individual belgilari ham aniqlanishi mumkin.
Shubhalangan shaxsni nomusga tegish jinoyatini sodir etgandan
keyingi xulqi (yaqin kishilariga bu haqda bayon qilishi yoki sukut
saqlashi) ham jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida tusmol yuritishga asos
bo‘ladi.
Jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida ma’lumot guvohning ko‘rsatuvida
ham bo‘ladi. Shuning uchun tergovni borishini rejalashtirish jarayonida
guvohlarni topish masalasiga e’tibor berishi lozim. Bu masalani hal
qilish jinoyatchi jinoyat sodir etgunga qadar va undan keyin qaerlarda
bo‘lganligini aniqlashdan boshlanadi. Qaysi hududdan izlash kerakligi
jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari orqali bilish mumkin.
381
Tergovchi bunday hududni aniqlab, qaysi guruhdagi shaxs guvoh
bo‘lishi mumkinligini faraz qiladi. Bu maqsadda tergovchi ichki ishlar
xodimlariga hodisa sodir bo‘lgan joyda hodisani ko‘rgan shaxslarni
qidirish vazifasini topshiradi. Undan tashqari, tergov organi ish
yuzasidan qidiruv harakatlari bo‘yicha radio, televidenie, gazeta orqali
aholiga murojaat qiladi. Guvohdan jinoyatchining anatomik va
funksional belgilari, uning va jabrlanuvchini xulqi to‘g‘risida, jinoyatni
tavsiflovchi boshqa holatlar to‘g‘risida ma’lumot olinadi. Gumon
qilinuvchining jinoyat sodir etgan joyda bo‘lganligini, jabrlanuvchining
qarshiligiga qaramay zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqa qilganligini aniqlanadi.
Gumon qilinuvchini hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligini guvohning
ko‘rsatuvlaridan, hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan izlar: qo‘l, oyoq va
poyabzal, tish, qon, sperma, so‘lak, kiyim parchalari kabilarni tekshirib
aniqlaydi. Qoldirilgan narsalar aynan gumon qilinayotgan shaxsga
tegishli ekanligini u bilan birga ishlovchi xodimlarga, qo‘shnilarga
ko‘rsatib aniqlash mumkin. Bunday predmetlarga kiyim, poyabzal,
taqinchoq va boshqalar kiradi. Hodisa joyidan topilgan narsalardan,
qolgan izlardan ekspertiza yordamida gumon qilinuvchiga yoki boshqa
shaxsga tegishli ekanligi aniqlanadi. Agarda jabrlanuvchi tajovuz qilgan
shaxsning tavsifini so‘zlab, qanday predmetlardan foydalanganini aniq
aytib bersa, tergovchi gumon qilinuvchidan ushbu predmetlarni topishga
harakat qilmog‘i lozim. Gumon qilinuvchini yonidan yoki uyidan ushbu
predmetlar topilmasa, boshqa joylardan, ya’ni gumon qilinuvchining
saqlash kamerasiga qo‘yganligi yoki sotib yuborganligini ehtimol.
Bundan tashqari, gumon qilinuvchi bu narsalarni o‘rtog‘idan
vaqtinchaga olgan bo‘lishi mumkin. Buni ham nazardan chetda
qoldirmaslik kerak. Sinchkovlik va maxsus so‘roq qilish bunday
holatlarda ijobiy natijalar beradi.
Gumon qilinuvchi o‘zini himoya qilish maqsadida har xil
tusmollarni keltirishi tabiiy hol, albatta. Ya’ni tanasida topilgan tirnalgan
joylar boshqa ayol bilan bo‘lgan jinsiy aloqa natijasida paydo bo‘lgan
deb vajlar keltirishi mumkin. Bu tusmolni aniqlash uchun gumon
qilinuvchiga, quyidagi savollar beriladi: boshqa ayol bilan jinsiy aloqada
bo‘lganmi, oxirgi paytda kim bilan, qaerda va qachon. Bunday
holatlarda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi.
Jinsiy aloqani ayolning erkiga qarshi amalga oshirilganligini
isbotlash maqsadida tergovchi sud-tibbiyot xodimi ishtirokida gumon
qilinuvchi badanidagi olishuv izlarini, tirnalgan, tishlangan joylarni,
kiyimlardagi shikastlangan qismini aniqlaydi. Jinoyatchi men faqat
382
ayolning tabiiy uyalishini engib harakat qildim, ayol bunga qarshilik
ko‘rsatmadi va mening tomonimdan tajovuz bo‘lgani yo‘q, degan vajni
bildirishi mumkin. Bu holatni aniqlash maqsadida gumon qilinuvchiga
quyidagi savollar berilishi mumkin: aynan ayol tomonidan jinsiy aloqa
qilish xohishi borligini qanday his qildi, tanasidagi tirnalgan, tishlangan
holatni jabrlanuvchiga etkazilgan tan jarohatlarni qanday izohlaydi.
Yuqoridagi holatlarni aniqlashda nafaqat hodisa sodir bo‘lgan joydan
izlarni analiz qilish orqali, balki qarshilik ko‘rsatishning davomiyligi,
chaqiriq, yordamga chorlash kabi holatlar ham e’tiborga olinadi. Agar
qarshilik shunchaki yoki umuman bo‘lmagan bo‘lsa, bu gumon
qilinuvchining jismoniy ustunligi bilan bog‘liq emasmi, hodisa sodir
bo‘lgan joy sharoiti qarshilik ko‘rsatish befoydaligi sababli befoyda
emasmi? Bundan tashqari, jabrlanuvchi qo‘rqish yoki jismoniy, ruhiy
holati, kasalligi tufayli qarshilik ko‘rsata olmaganligi ham tekshirilib
ko‘riladi. Sud psixiologik va sud-psixiatriya ekspertizalari tergovchiga
bunday masalani hal qilishda yordam beradi.
Tergovchi tajovuz jarayonida jabrlanuvchi nochor ahvolda
bo‘lganligini aniqlasa, bu holatga gumon qilinuvchi olib keldimi yoki u
bundan faqat foydalangandimi aniqlanadi. Jabrlanuvchi ruhiy kasallikka
chalingan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiluvchi boshqa vositalar (spirtli
ichimlik, ruhiyatga ta’sir qiluvchi moddalar)dan iste’mol qilgan bo‘lsa,
tajovuzchining mohiyatini anglay olmagan va qarshilik ko‘rsatishga
ojizlik qilgan bo‘lishi ehtimol. Yuqoridagi holatlar jabrlanuvchidan,
gumon qilinuvchi va guvohlardan so‘roq orqali aniqlashtiriladi.
Guvohlar so‘roq qilinganda jabrlanuvchining holatini ta’riflovchi
savollar: yurishi, gapirishi, sababsiz baqirishi, kulishi yoki yig‘lashi kabi
dalillar aniqlanadi. Tergovni ob’ektiv olib borish maqsadida quyidagi
holat aniqlanadi: ayblanuvchining harakatini jabrlanuvchi ig‘vo yo‘li
bilan tajovuz deb ko‘rsatmoqchi emasmi, u bilan birga spirtli ichimlik
iste’mol qilmaganmi?
Shaxsga tuhmat qilayotgan bo‘lishi mumkin, degan tusmolni
alohida tekshirib ko‘rish lozim. Bunday tusmol yuritishga asos qilib
arizani kechiktirib berilishi, bunday qilishga yaqin qarindoshlarining
ta’siri bo‘lganligi, tajovuz vaqtini va joyini taxminiy tasvirlashi,
jabrlanuvchining ko‘rsatuvi va ish yuzasidan yig‘ilgan ma’lumotlar
o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar mavjudligi, ayrim ko‘rsatuvlarning noto‘g‘ri
ekanligi, bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risida erkin, beparvolik bilan so‘zlash
holatlari olinadi. Bundan tashqari ushbu tusmolni tekshirib ko‘rish
uchun quyidagi masalalar: jabrlanuvchining nomusiga tegilganligi uning
383
yaqin qarindoshlarga qanday ma’lum bo‘ldi, arizani o‘zining xohishi
bilan yoki boshqa shaxslar ta’sirida berganligi, tajovuz izlari mavjudmi,
jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar hodisaga qadar o‘zaro munosabati,
ular qanday tanishishgan, tuhmat motivi mavjudligi yoki mavjud
emasligi aniqlanadi. Bu savollarga javob topish uchun nafaqat gumon
qilinuvchi va jabrlanuvchi so‘roq qilinadi, balki gumon qilinuvchi va
jabrlanuvchini tanuvchi guvohlar, ular ahvolidan xabardor (hodisaga
qadar yoki hodisadan so‘ng o‘z kechirmalari bilan hamsuhbat bo‘lgan)
shaxslarni topib so‘roq qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |