358
jinoyat tusini berilmaydi. Bunday vaziyatlar bosqinchilik, talonchilik,
ayol-qizlarning nomusiga zo‘rlik ishlatib tajovuz qilish va boshqa
moddiy g‘arazlik maqsadida sodir etiladigan qotilliklarda mavjud
bo‘ladi. SHuningdek yuqorida keltirilgan vaziyatlar, ikki jinoiy guruh
orasida kelib chiqadigan nizolar va buyurtma (qotilni yollash bilan sodir
etiladigan) jinoyatlarda ham mavjud bo‘ladi. Ko‘rsatilgan vaziyatlarni
bartaraf qilishlik uchun birinchi navbatda hodisa joyi ko‘zdan
kechiriladi, ko‘rgan-eshitgan guvohlardan ma’lumot olish, jinoyatda
gumon qilinuvchilarni aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘riladi.
Jabrlanuvchining
murdasi ko‘zdan kechirilib, so‘ngra tibbiyot
ekspertizasini o‘tkazish bilan o‘lim sababi, vaqti, jinoyat qurollari va
boshqa masalalar hal etiladi. Tergovning boshlang‘ich davrida
jinoyatning ayrim holatlari, sub’ektlari, ishlatilgan qurollar va bular
haqida to‘g‘ri tusmollar tuzib tergov ishini rejalashtirish, kechiktirib
bo‘lmaydigan tezkor-qidiruv choralarini amalga oshirish, tergov
natijasini muvaffaqiyatli bo‘lishiga asos bo‘ladi.
3. Qotillik yashirincha (xufyona) sodir etiladi, jabrlanuvchining
murdasi mavjud, shaxsi ma’lum bo‘lib, jinoyat sodir etilish mexanizmi
noma’lum bo‘ladi. Ko‘zga tashlanadigan zo‘rlik alomatlari bo‘lmaydi,
o‘lim sababi dastlab aniqlanishicha baxtsiz hodisa, o‘z joniga qasd
qilish, tasodifiy kasallik natijasida yoki qotillikka boshqa jinoyat tusini
berish maqsadida niqoblangan vaziyatlar mavjud bo‘ladi. Keltirilgan
vaziyatlarning har biri yuzasidan tusmollar tuzishda ularga etarli
alomatlar bo‘lishi va ular o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmog‘i
lozim.
4. Qotillik yashirin, guvohlarsiz sodir etilganda, marxumning
tanasi, tashqi ko‘rinishi bir muncha o‘zgargan (vaqt o‘tishi, qurol, o‘ta
rahmsizlik bilan qilinishi va hokazo) bo‘lib, tanib olish ham ancha
qiyinchilik tug‘diradi. Murda tanasidagi jarohatlarning xususiyatlari
qotillik jinoyati sodir bo‘lganligidan darak beradi. Mazkur vaziyatni hal
etishlikda birinchi navbatda sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis
yordamida murdaning yuz tuzilishi, jarohatlarga biroz tibbiy-jarrohlik
choralari qo‘llanilib, iloji boricha tiriklik holati sun’iy tiklanadi,
kiyimlari tartibga keltiriladi, yuzidagi ortiqcha iflosliklar, qon va boshqa
moddalardan tozalanib so‘ng tanib olishga ko‘rsatiladi. Marhumning
shaxsi aniqlangach, tusmol yuritish bilan gumon qilinuvchi iziga ham
tushish mumkin bo‘ladi. Gumon qilinuvchilar ilgari sudlanganlar, spirtli
va giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar orasidan qidiriladi.
5. Qotillik sodir etilgandan so‘ng, ko‘p vaqt o‘tib, murda chirishi
359
natijasida marxumning faqat suyak qoldiqlari (skeleti) topiladi. Ba’zida
marhum
kiyimining
ayrim
bo‘laklari saqlanib qoladi, suyak
to‘qimalarida jinoyat qurolining izlari, kesilish, yanchilish alomatlari
saqlanadi. Tergovning dastlabki bosqichida murdaning shaxsi noma’lum
bo‘ladi, lekin marhumning suyak qoldiqlari topilgan joy, atrof-muhit,
suyak to‘qimalaridagi jarohat izlari va boshqa alomatlar qotillik jinoyati
sodir bo‘lganidan darak beradi. Bunday vaziyatda murdaning suyak
qoldiqlari topilgan joy ko‘zdan kechiriladi, atrof-sharoitlari ham
tekshiriladi, sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis ishtirokida taxminan
jinoyat sodir bo‘lgan vaqti, o‘lim yuz bergandan bo‘yon qancha vaqt
o‘tganligi, o‘limga sabab bo‘lgan jarohatlar va qanday qurol bilan
etkazilganligi aniqlanadi. IIV axborot markazi bo‘limlaridan bedarak
yo‘qolgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni mazkur shaxsi noma’lum
skelet – murdadagi tashqi tuzilish (antropologik) alomatlari bilan
qiyoslash lozim bo‘ladi. Dastlabki tergov va tezkor harakatlaridan
olingan natijalar asosida jabrlanuvchi, jinoyatda gumon qilinuvchi
haqida tegishli tusmollar tuzilib, tergov olib boriladi.
6. Qotillik jinoyati sodir etilganidan so‘ng, jabrlanuvchining
tanasini yashirish, jinoyat izlarini yo‘qotish maqsadida bo‘laklanadi va
har hil joylarga tashlanadi (berkitiladi). Murdaning ayrim bo‘lagi
topilishi natijasida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha mazkur vaziyatni
quyidagicha hal etish tavsiya qilinadi: topilgan murda bo‘lagi qanday
holatda, biror material, qog‘oz yoki paketga solinganmi; o‘rash, ip,
kanaf, bint va boshqalar bilan bog‘langanlik usullari; qotillik va
bo‘laklash qachon sodir qilingan, jinoyat quroli, bo‘laklash usuli;
tananing boshqa qismlari topilganda ular bir shaxsniki ekanligi va
boshqa holatlar ham aniqlanadi.
7. Bedarak yo‘qolgan shaxslarning “jinoyat qurboni” degan
taxmin asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Bedarak yo‘qolgan shaxsning
murdasi topilmagan bo‘lib, u haqiqatda qotillik jinoyati qurbonimi yoki
o‘z ixtiyori bilan kimlardandir yashirindimi (jinoiy javobgarlikdan, biror
dushmanidan, hayoti xavf ostida bo‘lganidan va h.k), boshqa hududlarda
yoki kasalxonalarda ismi-sharifini o‘zgartirib yashab, davolanib
yuribdimi. Bunday vaziyatni hal etishda yuqorida keltirilgan barcha
holatlar yuzasidan tusmollar tuzilib, tekshiriladi. Murda topilmagan
hollarda, jinoyat izlari, bedarak yo‘qolgan shaxsga tegishli buyumlar
topilishi va qotillik haqida etarli ma’lumotlarning to‘planishi “qotillik
jinoyati sodir etilgan” degan tusmolga asoslanadi. Umuman tergov va
tezkor choralari ana shu asosli tusmolni tekshirishga qaratilishi lozim.
360
8. YAngi tug‘ilgan chaqaloq bolaning murdasi topilishi asosida
qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari. Bunday vaziyatda bolani onaning o‘zi
yoki boshqa unga yaqin bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘ldirilgan, degan
tusmollar hosil bo‘ladi. Dastlab bolaning o‘ldirilish mexanizmi, o‘lim
sababi, tug‘ilganda tirik edimi yoki o‘lik holda tug‘ildimi, degan
masalalar hal etiladi. Tergovning dastlabki bosqichida va so‘nggi
bosqichlarida ham bolaning onasi qidirilmog‘i lozim, chunki tergovda
hal qilinadigan barcha masalalar va holatlar unga bog‘liq bo‘lib, ishning
ochilish kaliti ham bolaning onasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: