Ekspertiza tadqiqoti uchun tayyorgarlik ko ‘rish
va namunalar olish
Ish uchun ahamiyatga molik bo ‘lgan boshqa holatlarni aniqlashda,
jumladan, kriminalistik ekspertizaning ayrim turlarini tayinlash, hal
qilinadigan masalalar, kriminalistik texnika sohasidagi maxsus bilim
talab qilgan taqdirda zarur bo ‘ladi. Ekspertiza o ‘tkazish zarur deb
topilsa, uni tayinlash haqida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa
ajrim chiqaradi (JPK 180-moddasi)
Kriminalistik ekspertizaning ob’ektlaridan olingan namunalar,
daliliy ahamiyatga ega bo ‘lgan boshqa moddiy narsalar, turli hujjatlar
solishtirib ko ‘rish uchun ashyoviy dalillar bo ‘lishi mumkin.
Mazkur ob’ektlarda ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda yoki
ajrimda ularning nomlari, belgi sifatlari alohida ko ‘rsatiladi. Qaror
(ajrim)da ekspertiza tayinlash uchun asoslar va ekspert hal qilishi lozim
bo ‘lgan savollar qayd etiladi. Savollar aniq, ravon va ekspertning
maxsus bilimi doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
Kriminalistik ekspertiza materialini qaror, ajrim, tekshiruv
ob’ektlari tergov va sud davlat ekspertiza muassasasiga yuboradi.
Muassasa rahbari ekspertiza o ‘tkazishni tegishli mutaxassis xodimga
topshiradi. Shu bilan birga prostessual qonunda belgilanganidek, ekspert
sifatida ekspertiza muassasasidan tashqari joylarda xizmat qiluvchi
mutaxassislar yoki alohida shaxslarni ham jalb etib, ekspertiza
materialini ularga bevosita topshirish mumkin.
Ekspertizada tekshiriluvchi ob’ektlar - ashyoviy dalil, uning ayrim
qismlari, moddiy qoldiqlari bilan bir qatorda solishtirib tekshirish uchun
zarur bo ‘lgan namunalar - nusxalar ham yuborilishi lozim.
Namunalarning hajmi, sifati ekspert tekshiruvini to ‘la va ob’ektiv
bo ‘lishini ta’minlaydi. Ekspertiza tekshiruvi uchun olinadigan
namunalarning turlari va ularni olish tartibi JPK 188-moddasida ko
‘rsatilgan. Kriminalistik ekspertizani o ‘tkazish uchun olinadigan
namunalarning turlari asosan quyidagilardir: qo ‘lyozma, xat, imzo,
raqam yozuvlari, ko ‘paytiradigan vositalardan olinadigan namunalari,
izlarni hosil qiladigan qolip, nusxalar, otish qurollarining turli
qismlaridan hosil bo ‘ladigan namunalar va boshqalar.
Kriminalistik tadqiqot o ‘tkazish uchun zarur bo ‘ladigan
namunalar, erkin va eksperimental bo ‘lishi mumkin. Bundan tashqari,
dastxatshunoslik ekspertizasida shartli - erkin namunalar ham ajratiladi.
322
Erkin namunalar jinoyat ishi qo ‘zg ‘alishidan avval mavjud bo ‘lgan
ob’ektlardir. Masalan, dastxatshunoslik tekshiruvi o ‘tkazish va gumon
qilinuvchining o ‘zi yozgan xati imzolari uyida, xizmat xonalaridan
olingan hujjatlarda bo ‘ladi. Eksperimental namunalar esa ekspertiza
tayinlangan xodim tomonidan uning maxsus topshirig ‘i bilan olinadi.
Tekshiriladigan hujjatdagi yozuvga, imzolarga, raqamlarga o ‘xshash
matnlarni bir necha alohida qog ‘oz hujjatga yozish buyuriladi va
tekshiriluvchi tomonidan - imzolarga mansub bo ‘lgan harf va shakllar
bajarilishi kuzatib turiladi.
Eksperimental namunalar, odatda, kishilar harakati natijasida
vujudga keltirilib olinadi, masalan, dastxat, qo ‘l-oyoq izlarining
namunalari yoki inson organizmining yashash faoliyatidagi moddalardan
(qon, soch, so ‘lak va boshqa namunalar) shular jumlasidandir.
Nusxalarning har ikki turi JPKga asoslangan holda ekspertizani
tayinlovchi sud yoki tergovchi tomonidan olinadi va ular qaror (ajrim)da
ko ‘rsatiladi.
Ko ‘pincha eksperimental namunalar ekspertiza tekshirishlari
vaqtida ekspertlar tomonidan ham olinadi. Shuning uchun qaysi vaqtda
ekspert, eksperimental nusxa namunalarni olinishini yaxshi farqlay olish
kerak. Eksperimental namunalar zarur bo ‘lgan hollarda majburiy
ravishda ham olinishi mumkin. Bu harakat tergovchiga yuklatilgan.
Qonunga asosan ekspert majburiy ravishda namuna olish huquqiga
ega emas. Tergovchi eksperimental nusxalar olishda ayblanuvchi yoki
gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlardan tashqari yana hajm
jihatidan yoki ba’zi holatlar sababli ekspert ixtiyoriga topshirish
imkoniyatlari bo ‘lmagan ob’ektlardan ham eksperimental namunalar
olishi mumkin.
Tergovchi bu ishlarga maxsus mutaxassislarni taklif qilish
huquqiga ega. Ular o ‘zlarining maslahatlari, shaxsiy ishtiroki va
harakatlari bilan sifatli namunalarni olishga yordam beradilar. Tergovchi
tomonidan olinadigan erkin va eksperimental namunalar soni va sifati
jihatidan ekspert tekshirishlari uchun etarli bo ‘lishi kerak. Olingan
namunalar ob’ektning haqiqiy o ‘zidan kelib chiqqanligi shubhasiz bo
‘lishi uchun prostessual rasmiylashtirilgan bo ‘lishi shart.
Tekshiruv uchun zarur bo ‘lgan namunalarni olish uchun tergovchi
qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Nusxalar olinganligi haqida bayonnoma
tuzilib, unda olingan namunalarning soni, namuna olishdagi shart-
sharoitlar, tergov usullari batafsil yozilishi, tuzilgan bayonnoma
tergovchi va xolislar imzolari bilan tasdiqlanishi lozim. Ayblanuvchi,
323
gumon qilinuvchi, guvoh va jabrlanuvchidan qog ‘oz ustiga yozdirib
olingan namunalar tergovchi hamda namunani bajaruvchi tomonidan
tasdiqlanib imzolanadi. Olingan namunalar boshqa ob’ektlar kabi
tegishli tartib va usulda joylashtiriladi va muhrlanadi.
Ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazish jarayonida, ekspertning o ‘zi
ham eksperimental namunalar tayyorlashi mumkin. Prostessual qonunda
qayd qilinishicha, ba’zi kriminalistik tekshiruvlari uchun ekspert tajriba-
eksperiment o ‘tkazib ham namuna oladi. Ballistik ekspertiza o
‘tkazishda o ‘q otish qurolini identifikastiya qilishda ekspert hodisa
joyidan topilgan o ‘q va gilzalarni solishtirib tekshirish uchun ashyoviy
dalil bo ‘lgan quroldan bir necha marta o ‘q otib eksperimental o ‘q va
gilza namunalarini tayyorlaydi. Shuningdek, trasologik tekshiruvi uchun
ekspert ashyoviy dalil bo ‘lgan poyabzal, buzish quroli, chopish va
kesish asboblaridan ularning iz hosil qiluvchi tashqi qismidan
eksperimental izlar namunalarini olishi mumkin.
Ekspertiza uchun olingan namunalar jinoyat prostessual qonuniga
binoan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspert o ‘zi tashkil qilib
olgan namunalari va eksperiment tekshiruvlarini o ‘zining xulosasini
bayonot, ya’ni tadqiqot qismida to ‘la va aniq aks ettiradi.
Tekshiruv uchun olingan namunalar ekspertizaning boshqa
ob’ektlari qatorida tegishli usulda o ‘rab-joylab, ularning turi va soni
qaror (ajrim)da ko ‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |