E’tibor qiling! Sud ekspertizasi – Mutaxassis sifatida shifokor,
pedagog, psixolog, shuningdek, zarur bilim va malakaga ega bo ‘lgan
boshqa shaxslar ham chaqirilishi mumkin, deyiladi prostessual
qonunda. Bu ko ‘rsatma kriminalist mutaxassislarga ham tegishlidir.
318
snaryadlarning harakat qonunlari), ham metallar ekspertizasi ob’ekti bo
‘lishi mumkin yoki tilshunoslikka oid bilimlar dastxatshunoslik,
muallifshunoslik, sud fonoskopiya ekspertizalarida keng qo ‘llanadi.
Aytib o ‘tilgan uch belgiga asosan kriminalistik, sud-tibbiy, sud-
biologik, sud-muhandislik, sud-iqtisodiy, sud qishloq xo ‘jalik va boshqa
turdagi ekspertizalar ajratiladi.
O ‘z o‘rinda bu ekspertizalar turlarga bo‘linadi.
Xususan, kriminalistik ekspertizalar qatoriga asosan xatshunoslik,
izshunoslik va sud ballistik ekspertizalar kiradi. An’anaviy kriminalistik
ekspertizalar deb atalgan sud ekspertizalarining bu turlari jinoyatlarni
ochishda qo‘llanadigan maxsus bilimlarning tarixan birinchi shakllarini
tashkil etgan.
Sud ekpertizasining prostessual turlari bir biridan ularni
o‘tkazishning tashkil etilishi va uslubi bilan farq qiladi.
Sud ekspertiza sohasidagi ixtisoslashuv uni o‘tkazish shart bo‘lgan
holatlarning kengayishiga, ekspertiza muassasalarida bajariladigan
ekspertiza turlarini ko ‘payishiga (JPKning 174-moddasi) asos bo ‘ldi.
Agar ekspertiza xulosasida kamchiliklarni to‘ldirish zarurati
tug‘ilsa qoshimcha ekspertiza tayinlanadi. (JPKning 176-moddasi 1-
qismi).
Birlamchi ekspertiza xulosasi tergov (sud)ning asoslangan fikri
bo‘yicha noto‘g‘ri bo ‘lsa, qayta (yoki takroriy) ekspertiza tayinlashi
mumkin (JPKning 176-moddasi 2-qismi).
Qo ‘shimcha ekspertiza asosiy ekspertizani o ‘tkazgan
mutaxassisga yoki boshqa ekspertga topshirilishi mumkin.
Shuni aytib o ‘tish joizki, ham qo ‘shimcha, ham qayta
ekspertizaga yuborilgan material, tekshiruv ob’ektlari hamda namunalar
va echiladigan masalalar o ‘zgarishsiz qoladi. Aks holda, ya’ni
ekspertizaga yangi ob’ektlar yuborilsa yoki boshqa savollar qo ‘yilsa,
ekspertiza o ‘zining tabiatini o ‘zgartiradi va boshqa yangi ekspertiza o
‘tkazish masalasi tug ‘iladi. Lekin, ekspertiza tayinlangandan so ‘ng
ekspertning talabiga ko ‘ra qayta ekspertiza materiali qo ‘shimcha
namunalar bilan to ‘ldirilishi mumkin.
Takroriy ekspertiza boshqa bir ekspert yoki ekspertlar komissiyasi,
ya’ni ikki va undan ko ‘proq bo ‘lgan ekspertlar tomonidan o ‘tkaziladi.
Birinchi ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazgan mutaxassis o ‘zi bergan
xulosasi va o ‘tkazgan tadqiqotlari yuzasidan tushuntirishlar berishi
mumkin. Lekin u qayta tekshiruvlarni o ‘tkazishda, ularning natijalarini
muhokama qilishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
319
Birinchi ekspertiza natijasi bilan qayta ekspertiza xulosasi bir-
biriga qarama-qarshi bo ‘lgan tadqiqotlarda uning natijalari komissiya
ishtirokida tajribali mutaxassis xodimlar bilan hamkorlikda muhokama
qilinadi va birinchi ekspertiza xulosasi tasdiqlanmaslik sabablari
baholanadi. Ushbu sabablar qayta ekspertiza xulosasida bayon etiladi.
Qayta ekspertiza uchinchi, to ‘rtinchi va undan ko ‘p marta ham
tayinlanishi mumkin. Ekspertiza amaliyotida shunday hollar uchrab
turadiki, ekspertiza fikri bilan ikkinchi qayta ekspert xulosasi bir-biriga
qarama-qarshi chiqadi. Bunda har qaysi ekspertiza ham o ‘zicha
asoslangan va qator sifat belgilariga tayangan bo ‘ladi.
Bu holda tergovchi (sud) har bir xulosani alohida, boshqa dalillar
bilan birgalikda baholashi zarur. Agar shunday baholash natijasida
xulosalarda ish yuzasidan ishonchli faktlarga qarama-qarshiliklar yoxud
prostessual qonun buzilishlari aniqlansa, uchinchi marta takroriy
ekspertiza tayinlash mumkin.
Takroriy ekspertiza materialini o ‘sha oldingi muassasaga
yuborish, lozim bo ‘lsa boshqa ekspertiza laboratoriyasi yoki institutiga
yuborish mumkin. Masalan, birinchi ekspertiza IIVning ekspertiza bo
‘limida o ‘tkazilgan bo ‘lsa, ikkinchisi, Respublika Adliya vazirligi
huzuridagi ilmiy tadqiqot kriminalistika markaziga yuboriladi. Uchinchi
takroriy tekshiruv esa shu markazning o ‘zida yoki boshqa ekspertiza
muassasasida o ‘tkazilgan taqdirda uni o ‘sha joyda albatta boshqa
ekspert yoki ekspertlar komissiya tarkibida o ‘tkazilmog ‘i lozim. Ana
shunday bo ‘lgandagina ekspertiza xulosalari ob’ektiv bo ‘lib, ish uchun
dalil manbai sifatida qo ‘llanilmog ‘i lozim.
Ekspertlar komissiyasini tayinlash va tanlash tergovchiga sud yoki
ekspertiza muassasasi rahbariga bog ‘liqdir. Qayta ekspertizani o
‘tkazish mutaxassislarning tajriba va bilim darajasiga, ish hajmiga qarab
belgilanadi. Qayta ekspertizaning predmeti va tekshiriluvchi ob’ektlari
doirasi o ‘zgarishsiz qoladi.
Shunday qilib, qo ‘shimcha va takroriy ekspertizalar aniq ishning
holatiga qarab tergov va sudning qaror va ajrimiga ko ‘ra o ‘tkaziladi.
Takroriy va qo ‘shimcha ekspertizadan tashqari komissiya tarkibida o
‘tkaziladigan va kompleks ekspertizalar ham bo ‘lishi mumkin.
Komissiya tarkibida o ‘tkaziladigan ekspertiza deb bir sohaga mansub
bir necha mutaxassis tomonidan o ‘tkaziladigan tadqiqotlarga aytiladi.
Tekshiriluvchi ob’ektlar soni ko ‘p bo ‘lib, tekshirish usullari murakkab
bo ‘lsa ekspertiza materiali bir mutaxassisga emas, balki bir necha
ekspertga topshiriladi. Masalan, ko ‘p ob’ektli dastxatshunoslik
320
ekspertizalar bo ‘yicha tekshiruv o ‘tkazish odatda uzoq vaqt talab
qiladi, shunday hollarda ekspertiza materiali bir necha mutaxassisga,
ya’ni ekspertlar komissiyasiga topshiriladi.
Bunday ekspertizalar, odatda, moliyaviy hujjatlar bo ‘yicha o
‘tkaziladigan tekshiruvlarda, ya’ni turli yozuvlar va imzolarni bajargan
shaxslarni identifikastiya qilishda tayinlanadi. Hujjatlar soni va qo
‘lyozmani yozishda shubhalangan shaxslar soni ko ‘p bo ‘lganligi tufayli
ekspertiza tekshiruvini tezlashtirish va xulosani ob’ektiv va asoslangan
bo ‘lishi uchun bunday ekspertizalarni komissiya ishtirokida o ‘tkazish
lozim.
Komissiya a’zolari ishtirokidagi ekspertiza natijalari birgalikda
muhokama etilib, agar ular bir fikrga kelsa, umumiy bitta xulosa
tuziladi. Agar ekspertlar o ‘rtasida hal etiladigan masala yuzasidan
kelishmovchilik ro ‘y bersa, har bir ekspert kelishmovchilik kelib
chiqqan masala bo ‘yicha alohida xulosa beradi (JPK 177-moddasi).
Ayrim hollarda ish uchun ahamiyatga molik biror holatni
aniqlashga bir sohadan bilimlar etarli bo ‘lmay, balki boshqa sohadagi
bilimlarni jalb etish zaruriyati tug ‘iladi. Bu vaziyatda kompleks
ekspertiza tayinlanadi (JPK 178-moddasi)
Kompleks ekspertizalar yordamida turli masalalar hal etiladi.
Masalan, velosipedchi va uni urib yuborgan avtomobil o ‘zaro qanday
yo ‘nalishda harakat qilganligini aniqlash murakkab masala bo ‘lib,
alohida o ‘tkaziladigan sud tibbiy, transport va izshunoslik ekspertizalari
yordamida hal etilishi mumkin. Ammo bu tekshiruvlar kompleks
ravishda o ‘tkazilsa, ularning samaradorligi keskin oshadi. Har bir
mutaxassis o ‘zining bilim doirasida aniqlagan holatlarini boshqa soha
mutaxassisi topgan belgilar bilan taqqoslab, birgalikda yagona xulosa
chiqaradilar. Bunda har bir mutaxassis o ‘zining o ‘tkazgan tekshiruvi
uchun shaxsan javobgar bo ‘ladi.
Bir ob’ekt bo ‘yicha alohida ketma-ket o ‘tkaziladigan mustaqil
tadqiqotlarni kompleks ekspertiza qatoriga qo ‘shish noto ‘g ‘ridir.
Masalan, hujjatni yasash usulini aniqlashga qaratilgan texnik-
kriminalistik ekspertiza undagi yozuvlarni bajargan shaxsni aniqlovchi
xatshunoslik ekspertizalar alohida bo ‘lib, kompleks ekspertizani tashkil
etmaydi. Ammo yirtib tashlangan hujjatni tiklashga qaratilgan birgalikda
o ‘tkaziladigan izshunoslik, texnik kriminalistik va xatshunoslik
tadqiqotlar asosli ravishda kompleks ekspertizasi, deb atalishi mumkin.
321
Do'stlaringiz bilan baham: |