294
doirasidan tashqarida yuz bersa, ikkinchi va uchinchi bosqichlar
dastlabki tergov jarayonida amalga oshiriladi va ularning optimal
kechishi huquqiy tartibga solish yo‘li bilan ta’minlanishi lozim.
Tanib olish uchun ko‘rsatish tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan
ob’ektning tergov qilinayotgan faktga bog‘liq ekanligini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi. Masalan, jabrlanuvchiga ko‘rsatilayotgan
shaxs aynan talonchilik maqsadida unga hujum qilgan shaxs ekanligi
aniqlanadi. Mazkur harakatning mazmuni tanib oluvchi tomonidan
uning xotirasidagi obraz bilan u yoki bu ob’ektni bir-biriga
solishtirishdan iboratdir.
Ob’ektlarni tanib olish uchun ko‘rsatish jinoyat ishlari bo‘yicha
keng qo‘llaniladigan tergov harakati – dalil to‘plash vositalaridan biridir.
Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan ob’ektlar odamning sezgi
organlari qabul qilishi mumkin bo‘lgan moddiy borliqlardir.
Ko‘rsatilayotgan shaxs va predmetlarning xususiyatlari ularni
o‘xshatish, farq qilish, tanib olish uchun xizmat qiladi.
Xavfli jinoyatlar bilan kurashda ayniqsa odam o‘ldirish,
bosqinchilik,
talonchilik,
o‘g‘irlik, poraxo‘rlik, bezorilik kabi
jinoyatlarni tergov qilishda odam, narsa, hayvon va turli predmetlarni
tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati ko‘p qo‘llanadi.
Tanib olish uchun ko‘rsatish deyarli hamma turdagi jinoyatlarni
tergov qilishda qo‘llanishi mumkin. Ba’zi jinoyat ishlarining tergovida
tanib olish uchun ko‘rsatish asosiy rol o‘ynaydi va jinoyatni ochish,
jinoyatchini aniqlashda yaxshi natijalar beradi.
Tanib olish uchun ko‘rsatish nafaqat gumon qilinuvchilar orasidan
jinoyatchini topish yoki shubhali narsalar orasidan o‘g‘irlangan
buyumlarni aniqlash uchun, balki, shaxsni tanib olish uchun ham
qo‘llaniladi.
Xususan, shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish asoslari:
– guvoh jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki ovozini
eshitgan) shaxs ilgaridan tanish emas edi, deb ko‘rsatuv bersa; guvoh
jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki ovozini eshitgan) shaxs
ilgaridan tanish edi desayu, lekin shaxsning o‘zi bunday tanishlikni
inkor qilsa; guvoh jinoyat hodisasi munosabati bilan ko‘rgan (yoki
ovozini eshitgan) shaxs ilgaridan tanish edi desayu, lekin uning ism
familiyasini xato aytsa;
– ayblanuvchi jinoyatga aloqadorligini inkor qilib, o‘zining
jinoyatga aloqasi yo‘qligini tasdiqlovchi shaxslarning nomlarini bil
masa-da, ularni ko‘rsatilgan taqdirda tanishini bildirsa;
295
– ayblanuvchi jinoyatni tan olib, sherigi borligini bildirsa, lekin
sherigi aloqasi yo‘qligi va uni tanimasligini aytsa va, nihoyat,
ayblanuvchi bu jinoyatning guvohlarini (jabrlanuvchini) tanishini
bildirsa.
Ba’zan jabrlanuvchi jinoiy voqeani ko‘rgan yoki eshitgan
guvohlarning nomlarini bilmasa-da, taniy olishi mumkin. Ayblanuvchi
tergovni noto‘g‘ri yo‘lga solish yoki chalg‘itish maqsadida ishga aloqasi
bor shaxsni tanishi haqida tushuntirish berishi, ammo bu shaxsni
tergovda ko‘rsatilganda tanimasligi mumkin.
SHaxslarni tanib olish uchun ko‘rsatish jinoyat ishi yuzasidan
tergov boshlanganidayoq shuningdek, tanib olish uchun ko‘rsatish
harakati yoki tergovning oxirgi davrlarida ham o‘tkazilishi mumkin.
Vafot etgan shaxsni aniqlash maqsadida murda hamma vaqt
tanuvchilarga ko‘rsatiladi. Narsalarning kimga tegishliligini aniqlash
maqsadida ob’ektlarni tanib olish uchun ko‘rsatish ham barcha
holatlarda zarurdir.
Tanib olish uchun biror ob’ektni ko‘rsatishdan maqsad dalil
to‘plashdir. Bu dalil tanuvchining u tomonidan ilgari kuzatilgan ob’ekt
unga ko‘rsatilayotgan ob’ektning o‘zi ekanligi yoki o‘zi emasligi, ular
o‘rtasida o‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqidagi fikridan iborat.
Tanib olish uchun ko‘rsatish vositasi orqali erishilgan dalil gumon
ostiga olingan shaxsga qarshi bo‘lishi ham, qarshi bo‘lmasligi ham
mumkin. CHunonchi, ayblanuvchi e’lon qilingan aybga iqror
bo‘lmasdan, o‘zini aybsiz ekanligini tasdiqlovchi guvohlarning
nomlarini bilmasa-da, ularni ma’lum joyda ishlashi yoki yashashi va
agar ko‘rsatilsa tanishligini bildiradi. Bu holda tanib olish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: