Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq qilish taktikasi
So‘roqni boshlashdan oldin gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ga
uning huquqlari, shu jumladan ko‘rsatuvlar berish yoki ko‘rsatuvlar
berishdan bosh tortish huquqi tushuntiriladi. So‘roq qilinuvchiga u
ko‘rsatuvlar berish orqali o‘z manfaatlarini yanada faol himoya qilishi,
masalan, o‘zining aybini engillashtiradigan yoki uni istisno etadigan
holatlar to‘g‘risida xabar qilishi mumkinligi tushuntirilishi lozim.
SHunda u iltimosnomalar va rad etish to‘g‘risida arizalar berishi, dalillar
taqdim etishi osonlashadi.
So‘roq qilish jarayonida tergovchi haqqoniy ko‘rsatuvlar berish
uchun qulay psixologik muhit yaratishga harakat qilishi, o‘zining tergov
ostidagi shaxs va uning himoyachisiga bo‘lgan hurmatini namoyish
etishi, ular egallagan pozitsiya va himoya taktikasini tushunishiga urg‘u
berishi lozim. Agar advokat gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlar
berishdan bosh tortishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, so‘roq
qilinuvchiga buning salbiy oqibatlarini, shuningdek u o‘z huquqlari va
qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qilishga haqli ekanligini, buning
uchun sukut saqlagandan ko‘ra ko‘rsatuvlar bergan foydaliroq ekanligini
unga tushuntirish zarur.
Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ni so‘roq qilishning muvaffaqiyati
tegishli taktik usullarni to‘g‘ri tanlash va samarali qo‘llashga bog‘liq
bo‘ladi. Nizosiz vaziyatda, so‘roq qilinuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan
sharoitlarda so‘roq qilayotganda tergovchi asosiy e’tiborni tergov
qilinayotgan jinoyatning barcha holatlari to‘g‘risida mumkin qadar
batafsil ko‘rsatuvlar olishga qaratishi lozim. Olinayotgan ma’lumotlarga
baho berishda gumon qilinuvchi (ayblanuvchi), odatda, o‘z aybini
kamaytirib ko‘rsatishga, javobgarlikning bir qismini o‘z sheriklari yoki
277
jabrlanuvchiga yuklashga, o‘zini noqulay vaziyat qurboni qilib
ko‘rsatishga harakat qilishini doim yodda tutish kerak.
So‘roq qilinuvchi yaqin odamining aybini o‘z bo‘yniga olishi ham
ehtimoldan xoli emas. Bularning barchasi vaziyat nizoli tus olishiga olib
keladi,
shu
sababli
so‘roq qilinuvchining e’tiborini uning
ko‘rsatuvlaridagi ziddiyatli jihatlarga darhol qaratish doim ham
maqsadga muvofiq emas. Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ning
ko‘rsatuvlarida mavjud yolg‘on tafsilotlar o‘z-o‘ziga tuhmat qilish
natijasi bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. O‘z-o‘ziga tuhmat
qilish zamirida ko‘pincha muayyan shaxsiy xususiyatlar yotadi. Soxta
iqrorda ifodalangan ma’lumotlar odatda tergovchiga ma’lum tafsilotlar
doirasidan chetga chiqmaydi, bunda ularning aksariyat qismini o‘z
aybiga chin dildan iqror bo‘lganlik va tergovga ko‘maklashishga
tayyorlik haqidagi arizalar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |