Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsdan o‘tkaziladigan tergov harakatida ishtirok
Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxsga hodisa joyiga borish yo‘lini tanlash,
Ko‘rsatuvlari tekshiriladigan shaxslar bir nechta bo‘lsa, ularning har qaysilari bilan
Ko‘rsatuvlarni tekshirish jarayonida so‘roq qilingan shaxs hodisa joyidagi
harakatlarini tushuntirib, qo‘shimcha ma’lumotlar berib to‘ldirish imkonini yaratish
Кo‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlari bilan hodisa joyidagi muayyan
Ҳodisa joyida yangi izlar-ashyolarni topish maqsadida qidiruv ishlarini o‘tkazish,
239
shaxslarning ko‘rsatuvidagi holatlariga mos kelishi haqida ma’lumotlar
mazkur qismda yoziladi.
Ko‘rsatuvning hodisa joyida tekshirish jarayonida ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxsning nomidan uning bergan tushunchalari,
ko‘rsatilgan joylari haqida tergovchining aniqlashtirishga qaratilgan
savollari va ularga berilgan javoblari batafsil yozilishi kerak. Tergov
harakatining ishtirokchilari, jumladan, xolislar ham savol berishlari
mumkin. Qatnashchilar aniqlangan ma’lumotlar, topilgan ashyolarni
kuzatib qayd qilinganligi haqida bayonnomada aks ettiriladi.
Ko‘rsatuvni hodisa joyida tekshirish bayonnomasida mazkur
tergov harakatini o‘tkazishning butun jarayoni va uning natijalari to‘liq
yoziladi. Bu ko‘rsatuvni tekshirish harakati ishtirokchilarining voqea
joyida borgan yo‘l marshruti, hodisa joyidagi sharoit, predmetlar va
boshqa
holatlar
ko‘rsatiladi. So‘roq qilingan va ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxsning harakatlari va tushuntirishlari, unga berilgan
savollar va bu savollarga olingan javob-tushuntirishlarning ma’nosini
o‘zgartirmasdan, qanday ifodalangan bo‘lsa, shunday shaklda qayd
qilmoq lozim. Bayonnomaning bayonot qismida ma’lumotlar, ko‘rsatuvi
tekshirilayotgan shaxsning aytgan xabarlari, tushuntirishlari so‘zma-so‘z
uning nomidan yoziladi. Mazkur shaxsning tushuntirishlari savolga
bergan javoblari birinchi shaxs, harakatlari esa uchinchi shaxs nomidan
bayon qilinadi. Tergov harakatini o‘tkazish jarayonida bayonnomada
qanday ilmiy-texnika vositalari qo‘llanilganligi to‘g‘risida, ya’ni
fototasvirga yoki videotasvirga tushirilganligi, qidiruv asboblarining
qo‘llanilganligi, fotosuratlarning tartib raqami, shuningdek, videoga
olishning boshlangan va tugallangan vaqti hamda bu ishlarni amalga
oshirishi apparatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatuvni
hodisa
joyida
tekshirish
bayonnomasining
Do'stlaringiz bilan baham: