6-rasm. Gilza turlari (butilka va silindr shaklida) raqamlar bilan otishdan
qoladigan belgilar ko‘rsatilgan
Otishdan qoladigan jarohatlarni, otish masofasini, o‘qning yo‘nalish
tomonini aniqlash
Otishdan qoladigan jarohatlar turli to‘siqlarda, masofasi va
yo‘nalishi bo‘yicha turli izlarni hosil qiladi. Amaliyotda o‘q to‘siq
qalinligini teshib o‘tishi, ichki qismida qolishi yoki qiyalab to‘siqni
tirnab o‘tishi hollari uchrab turadi. Teshib o‘tgan jarohatlarda o‘qning
to‘siqqa kirish va chiqish joylariga qarab o‘qning to‘siq qatlamida
yo‘nalish kanali belgilanadi.
O‘qning shikastlash kuchi to‘siq materialining buzilish, sinish va
parchalanish xususiyatlariga bog‘liq. Jismi qattiq bo‘lgan yog‘och,
temir, to‘siqlarni o‘q muayyan masofada teshib, o‘tadi. Bu holda teshik
diametri o‘qning o‘lchovidan kichik baladi. Mo‘rt materiallarda, g‘isht,
shisha kabilarda sinish, parchalanish natijasida jarohat o‘lchovi o‘qning
diametridan bir muncha kattaroq bo‘ladi. O‘q matolardan teshib
o‘tishida materialning teshilgan joyi kuyib, uzilib ketganligini kuzatish
mumkin. O‘q yaqin masofada yoki taqab otilganda matoda kuyish va
erish alomatlarini hosil qiladi. Bular stvoldan chiqayotgan poroxning
gazi va o‘qning qizib cho‘g‘ bo‘lib hali sovushiga ulgurmaganligi
hisobiga yuz beradi.
To‘siqda o‘qdan hosil bo‘lgan izlarni kuzatish va o‘rganish bilan
otish masofasini yaqindan otishda hosil bo‘ladigan alomatlarni, o‘qning
turi, shakli, kalibri, ishlatilgan porox turini, o‘qning yo‘nalishi, otgan
shaxsning qaerdan turib otganligi kabi ma’lumotlarni aniqlash mumkin.
103
Mazkur ma’lumotlarni hodisa joyida tergovchining o‘zi yoki
tegishli mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirish bilan aniqlanadi. Ular
ballistik ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lgan holatlar sifatida xizmat
qiladi. To‘siqdagi otish jarohatlari bitta yoki bir necha o‘qdan
qolganligini, o‘qdan hosil bo‘ladigan kirish-chiqish teshiklari, ularning
soni, shakli, o‘lchovi va boshqa belgilarini kuzatish bilan amalga
oshiriladi.
Otish jarohati atrofida poroxdan qolgan tutunlarni va yonmay
qolgan porox zarrachalarini kimyoviy usulda tekshirish porox uning turi
(tutunli, tutunsiz) ishlab chiqarilgan zavodning markasi kabi
ma’lumotlarini olish mumkin.
Bu holat o‘qning harakati, tezligi, kuchi birinchi qavat to‘siqdan
o‘tib susaygani va ikkinchi qavatga urilish kuchi ancha kamayganligi
sababli bo‘ladi.
YAqin masofadan otilganda, o‘qning issiqligi, porox gazlarining
ta’siri natijasida to‘siqning ustki qismida kuyish alomatlari poroxning
tutuni va yonmay qolgan zarrachalari qoladi. Bularni oddiy ko‘z bilan
ham ayniqsa rangi oq bo‘lgan materiallarda kuzatish mumkin. Qora va
xira rangli to‘siq materiallarni mikroskop orqali ko‘rish, tekshirish va
fotosuratga tushirish mumkin. SHuningdek, ko‘zga ko‘rinmaydigan
jumladan, infraqizil nurlarda tekshirish, kimyoviy va elektrokimyoviy va
boshqa uslublarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Otish masofasi
“yaqindan turib otilgan” degan tushunchani asoslaydigan belgilar
to‘siqdagi erish, yonmay qolgan porox zarrachalarini to‘siq qatlamiga
singib qolishi kabi alomatlari mavjud bo‘lgan holda aniqlanadi. Boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |