Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Otilgan o‘q va gilzalar asosida otish qurolini identifikatsiyalash



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   548
Otilgan o‘q va gilzalar asosida otish qurolini identifikatsiyalash 

 

Qurollarni  identifikatsiya  qilishning  ilmiy  asoslari  qurolning  iz 



hosil  qiladigan  qismlari,  otilgan  o‘q  va  gilzalarning  iz  aks  ettiradigan 

ustki tuzilishlari individuallik xususiyatiga ega ekanligidadir. 

Individual  tashqi  tuzilish  xususiyati  stvolning  ichki  tuzilishidagi 

chuqurcha  oraliqlariga  ham  xos  bo‘lib,  o‘q  stvoldan  chiqish  jarayonida 

siqilib,  sirg‘alib  ana  shu  individual  tashqi  tuzilish  (mikrorelf)ni  o‘zida 

aks ettiradi. Patronning gilza qismida esa uni otishga hozirlash paytida, 

so‘ngra  bevosita  otish  chog‘ida  turli  izlar  aks  etadi.  Ularning  umumiy 

o‘lchovi, shakli birinchi navbatda qurolning qaysi guruhga mansubligini 

aniqlashga  yordam  beradi.  Umumiy  belgilari  bilan  bir  qatorda 

mikrorelfni  ifoda  etuvchi  xususiy  belgilar  yig‘indisi  esa  identifikatsiya 

o‘tkazishga  asos  bo‘ladi.  Otilgan  o‘q  va  gilzalar  asosida  o‘tkaziladigan 

tadqiqot  hodisa  joyida  topilgan  o‘q  va  gilzalarni  umumiy  belgi-

xususiyatlarini  o‘rganishdan  boshlanadi.  So‘ngra  ulardagi  izlarni 

qurolning  muayyan  qismi  bilan  solishtiriladi.  Ko‘p  hollarda  solishtirib 

tekshirish  uchun  shubhalangan  quroldan  eksperimental  otish  yo‘li  bilan 

namuna  o‘q  va  gilza  olinadi.  SHundan  so‘ng  ulardagi  izlar  -  alomatlar 

o‘zaro  solishtirib  tekshiriladi.  Eksperimental  o‘q  otishni  maxsus 



 

101 


tayyorlangan  paxtada,  suv  va  boshqa  sun’iy  to‘siqlarda  amalga 

oshiriladi.  Bunda  o‘qning  tezlik  harakati  to‘siqda  susayadi  va  hosil 

bo‘ladigan izlar o‘zgarmaydi. 

Qurollarni  tadqiq  qilishda  va  solishtirib  tekshirishda  bir  necha 

uslublar qo‘llaniladi. Bu ish eng qulay va ko‘proq ishlatiladigan uslubiy 

solishtirib  tekshirishga  moslangan  mikroskop  yordamida  amalga 

oshiriladi. Kuzatish va tekshirish jarayonida tekshirilayotgan ob’ektlarni 

turli  belgilarini  uzunlik,  kenglik  va  boshqa  holatlarini  imkonini  beradi. 

SHu  bilan  birga  ob’ektlarning  ayrim  holatlarini  fotosuratga  olish  bilan 

bir  yo‘la  kimyoviy  tarkibini  spektografik  tahlil  qilish  mumkin.  Otish 

qurollarining  ayrim  qismlarini,  patronning  gilza,  o‘q,  sochma  o‘q 

donalari,  porox  va  boshqa  ob’ektlarning  spektografik  tahlili  hodisa 

joyida  topilgan  qismlar  bilan  shubhalanilgan  o‘xshash  modda  va 

ashyolarni 

guruh 

va 


turdosh 

mansubligini 

aniqlashda 

keng 


qo‘llaniladigan uslubdir. 

Sochma  o‘qlarning  ayrim  qismlari  hodisa  joyida  yoki  boshqa 

joylarda  topilganda  ularni  yasalishi,  materiali,  saqlanish  sharoitlari, 

alomatlari  kabi  belgilari  yig‘indisi  asosida  ikki  har  xil  joyda  topilgan 

sochma  o‘q  donalarining  manbai  bitta  ekanligi  aniqlanadi.  Bu 

dentifikatsiya  o‘tkazishning  boshlang‘ich  bosqichi  bo‘lib,  guruh 

mansubligi va aynanlik haqidagi xulosaga zamin tayyorlaydi. Ballistika 

ekspertizasiga  yuboriladigan  qurol,  topilgan  joyida  ko‘zdan  kechiriladi, 

uning  umumiy  holati  bayonnomada  qayd  etiladi,  qurolni  holati 

o‘zgarmay  maxsus  rasmiylashtirish  qoidalariga  rioya  qilgan  holda 

amalga  oshiriladi.  Qurol  zaryadlangan,  jangovor  holatga  keltirilgan 

bo‘lsa, undagi patron chiqarib olinadi,  magazinda nechta patron borligi 

qayd  etiladi.  Qurolning  umumiy  ko‘rinishi,  turi,  unda  izlar,  moddalar 

mavjudligi  va  boshqa  ko‘rinarli  alomatlari  bayonnomada  batafsil  qayd 

etiladi. 

Qurolni  otishga  yaroqli-yaroqsiz  ekanligini  tekshirish  uchun  uni 

qismlarga  ajratib  ko‘zdan  kechirish  qat’iyan  man  etiladi,  chunki 

ekspertiza tekshiruviga ahamiyatli bo‘lgan izlarni yaroqsiz qilib qo‘yish 

xavfi bo‘ladi. 

Ekspertiza  o‘tkazish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  turli  to‘siqlardagi 

o‘q  otishdan  hosil  bo‘lgan  (o‘zgarish,  jarohatlar)  izlarni  ko‘zdan 

kechirishda  shu  sohadagi  mutaxassisni  taklif  etish  va  ishni  uning 

ishtirokida  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Otish  natijasida 

patrondan  ajralib  chiqqan  o‘q,  quyma  yoki  sochma  donalari,  chala 

kuygan turli qismlari ekspertizaga alohida-alohida taxlab yuboriladi.  



 

102 


 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish