Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   548
Trasologik ekspertiza hal qiladigan masalalar 

 

Sud  trasologik  ekspertizasi  kriminalistik  ekspertizaning  bir  turi 



hisoblanadi.  Trasologik  ekspertiza  yordamida  turli-tuman  masalalar  hal 

etilishi  mumkin. SHulardan eng  muhimi iz hosil qiluvchi ob’ekt va uni 

qoldirgan izi bo‘yicha individual identifikatsiya qilishdir. Sud trasologik 

ekspertizasining  ob’ektlari  bo‘lib  qo‘l,  oyoq,  buzish  qurollari,  transport 

vositalari va boshqa izlar hisoblanadi. 

 

Daktiloskopik  ekspertizasi  hodisa  joyida  barmoq  izlari  qoldirgan 



shaxs,  iz  hosil  bo‘lgan  vaqt  va  sharoitni  aniqlash  imkoniyatini  beradi. 

Daktiloskopik ekspertizaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi: 

Ma'lumot  uchun!  So'nggi  vaqtlarda  izlardan  mikrorelefi  saqlangan 

nushalar olishda yangi kimyoviy materiallardan foydalanila boshlandi. 

Bu  materiallardan  biri  polimer  hisoblanadi.  Bu  polimer  silikon  pasta 

“K” nomi bilan yurgiziladi. Pasta “K”  - tez quruvchan, kul rang, har 

qanday  yuzada  yahshi  joylanadigan  hususiyatga  ega.  Pastaning 

qo'yilib  qolishini  tezlatish  maqsadida  yuz  qism  pastaga  7-10  qism 

katalizator qo'shiladi.  

Ayrim  hajmli  izlardan  nushalar  olishda  plastilindan  ham  foydalanish 

mumkin. Ammo plastilin yopishqoq bo'lgani uchun uni glitserin yoki 

vazelin bilan yumshatib keyin izdan nusha ko'chirib olinadi. 

E'tibor qiling! Sud trasologik ekspertizasi quyidagi turlarga bo'linadi: 

daktiloskopik ekspertiza; 



oyoq (poyabzal) izlari bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza; 

buzish  qurollari  va  uskunalardan  qoladigan  izlar  bo'yicha 



o'tkaziladigan ekspertiza; 

transport  vositalaridan  qoladigan  izlar  bo'yicha  o'tkaziladigan 



ekspertiza; 

tishlardan qoladigan izlar bo'yicha o'tkaziladigan ekspertiza; 



bo'laklardan  bir  butunlikni  aniqlash  bo'yicha  o'tkaziladigan 

ekspertiza. 

 

 




 

91 


-  barmoq izlari qoldirgan predmetlar yoki ularning qismlari; 

-  ko‘zga  xira  ko‘rinadigan  barmoq  izlari  mavjud  bo‘lgan 

predmetlar; 

-  daktiloskopik plyonkaga ko‘chirib olingan barmoq izlari; 

-  predmetlardagi izlarning keng ko‘lamli olingan fotosurati; 

-  barmoq izlardan olingan gipslik nusxalar; 

-  jinoyat  ishining  boshqa  materiallari  (bayonnomalar,  dastlabki 

ekspertiza xulosasi); 

-  taqqoslab  tekshirish  uchun  gumon  qilinganning  barmoqlaridan 

olingan nusxalar. 

 

Buzish  qurollaridan  qoladigan  izlar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan 



ekspertizada  hodisa  joyida  qoldirilgan  izlar,  buzish  qurollari  va 

uskunalarni  identifikatsiya  qilish,  hamda  sud  trasologiyasi  bo‘yicha 

mavjud  bo‘lgan  maxsus  bilimga  asoslanib  izlarning  hosil  bo‘lish 

mexanizmi aniqlanadi: 

-      buzish  qurollari  izlari  mavjud  bo‘lgan  predmet  yoki  uning  bir 

qismi; 


-  hodisa joyidan topilgan izlardan olingan nusxa; 

-  iz topilgan predmet va izning fotosurati; 

E'tibor  qiling!  Oyoq  (poyabzal)  izlari  bo'yicha  o'tkaziladigan 

ekspertizada  hodisa  joyida  iz  qoldirgan  shahs  va  uning  ayrim 

hususiyatlari (bo'yi, yoshi va h.k.) aniqlanadi. Bu turdagi ekspertizaning 

ob'ektlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 

u  yoki  bu  predmetda  qoldirilgan  yuzaki  oyoq  izlaridan 



daktiloskopik plyonkaga ko'chirib olingan nushalar; 

botiq oyoq izlaridan olingan gips nushalar; 



oyoq izlari olingan fotosurat; 

jinoyat ishi materiallari; 



gumon qilingandan olingan poyabzal; 

agar  hodisa  joyida  paypoq  izi  topilgan  bo'lsa,  gumon  qilingandan 



olingan paypoqlar; 

agar hodisa  joyida yalang oyoq izi topilib, undan gipslik nushalar 



olingan bo'lsa, gumon qilingan shahs oyog'ining 2-3 nafar eksperimental 

nushasi. 




 

92 


-  hodisa joyidan topilgan yoki gumon qilingan shaxsdan olingan 

buzish qurollari; 

-  hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi. 

Transport  vositalaridan  qoldirilgan  izlar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan 

ekspertizada  yo‘l  transport  hodisasida  ishtirok  etgan  transport 

identifikatsiya qilinadi. Uni sodir etish holatini va sud trasologiyasi, sud 

avtotexnikasi  bo‘yicha  maxsus  bilimga  asoslanib  hodisa  mexanizmini 

aniqlash hisoblanadi. Ekspertizaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi: 

- transport vositasi yoki uning qismlari; 

-  transport  vositasining  hodisa  joyidan  topilgan  qismlari  (gayka, 

singan oyna bo‘laklari va boshqalar); 

-  odamni 

bosib 

ketish 


hodisasi 

sodir 


etilgan 

taqdirda, 

jabrlanuvchining kiyimi; 

- hodisa joyida mavjud bo‘lgan izlardan olingan gipslik nusxa; 

- fotosuratlar; 

- jinoyat ishi materiallari; 

-  tekshirilayotgan  transport  vositasining  g‘ildiragidan  qog‘oz  yoki 

gazmolga olingan nusxalar; 

- hodisa joyidan topilgan transport vositasidan olingan qismlar. 

Tishlardan  qoladigan  izlar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  ekspertizada 

hodisa  joyidan  topilgan  turli  ob’ektlarda  (jabrlanuvchining  tanasida, 

oziq-ovqatlarda,  sigareta  qoldiqlarida)  qoldirilgan  izlari  orqali  shaxs 

identifikatsiya qilinadi. 

Bo‘laklardan  bir  butunlikni  aniqlash  bo‘yicha  o‘tkaziladigan 

ekspertizada  hodisa  joyidan  topilgan  ob’ekt  bo‘lakchalari  aniqlanadi. 

Hodisa  joyidan  topilgan  bir  tusdagi  predmetga  oid  barcha  bo‘lakchalar 

ekspertiza  ob’ektlari  bo‘lib  hisoblanadi.  Masalan,  yirtib  tashlangan 

qo‘lyozma  bo‘lakchalari,  bo‘laklab  tashlangan  odam  tanasi.  Bu 

bo‘lakchalar  bir-biri  bilan  taqqoslab  tekshirilib  bir  ob’ektga  tegishli 

ekanligi aniqlanadi.

 

Sud  trasologik  ekspertizasini  o‘tkazish  uchun  barcha  materiallar 



to‘plangandan  keyin  tergovchi  JPKning  180-moddasiga  asosan  qaror 

chiqaradi  va  unda  ekspert  oldiga  qo‘yiladigan  aniq  savollar,  ekspertiza 

tekshiruviga yuboriladigan materiallar ko‘rsatiladi. 

Barcha materiallar ekspertiza o‘tkazishga yaroqli va etarli bo‘lishi 

lozim. Ekspertiza tekshiruvi quyidagi bosqichlardan iborat. 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish