Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-rasm. Transport vositasi g‘ildirak qoplamasidan izlari  Izlarni ko‘zdan kechirish va protsessual rasmiylashtirish



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   548
 

5-rasm. Transport vositasi g‘ildirak qoplamasidan izlari 



Izlarni ko‘zdan kechirish va protsessual rasmiylashtirish 

 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  topilgan  izlarni  albatta  ko‘zdan 




 

88 


kechirib,  bayonnomada  qayd  etish  zarur.  Bayonnoma  JPKning  90-

moddasiga  asosan  tuzilib,  unda  topilgan  izning  turi,  xususiyati  va 

individual belgilari aks ettiriladi. 

Izlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi uch qismdan iborat bo‘lib, 

birinchi  qismda:  kim  tomonidan,  qaerda  va  qachon,  qanday  hodisa 

yuzasidan  izlar  qidirilgani  kabi  ma’lumotlar  bayon  etiladi.  Ko‘zdan 

kechirish  qanday  sharoitda,  qanday  yorug‘likda,  qanaqa  optik  asboblar 

yordamida  o‘tkazilganligi,  ko‘zdan  kechirish  qachon  boshlanib  qachon 

tugaganligi va ishtirokchilar yoziladi. 

 

Bayonnomaning  uchinchi  yakunlovchi  qismida  ko‘zdan  kechirish 



ishtirokchilari  tomonidan  tushgan  takliflar,  izohlar  aks  ettiriladi.  Bu 

qismda  qanday  izlardan  nusxalar  olinganligi,  hodisa  joyidan  dalil 

sifatida  nimalar  olinganligi  yoziladi.  Bayonnoma  barcha  ishtirokchilar 

tomonidan imzolanadi. 

Izlar  odatda  fotografik  o‘lchov  metodi  asosida  mufassal  detalni 

suratga olish yo‘li bilan qayd etiladi. Fotografik usulda qayd etilishi va 

izlarning  sxematik  tasviri  bayonnomaga  qo‘shimcha  qayd  etish  usuli 

bo‘lib hisoblanadi.  

Fotografik  usulda  izlarning  asl  holatiga  hech  qanday  o‘zgarish 

kiritilmasdan  uning  tasviri  tushirib  olinadi.  SHuning  uchun  har  qanday 

holatda izni dastavval suratga olish kerak. 

 

Mexanik  usulda  izlarni  qayd  etish  asosan  botiq  izlardan  gips 



yordamida  quyma  nusxalar  olish,  yuzaki  izlardan  esa  iz  ko‘chirib 

oluvchi materiallarga ularning nusxasini tushirib olishdan iborat. Agar iz 

E'tibor  qiling!  Bayonnomaning  ikkinchi  qismida:  iz  topilgan 

predmetning nomi; shu predmetning qayeridan, qanday usulda va qanday 

tehnik  vositalar  yordamida  izlar  topilganligi;  izlarning  turi,  soni; 

izlarning  razmeri,  aniq  ifoda  etilgan  hususiyatlari;  izlar  qanday  usulda 

qayd  etilganligi  va  olinganligi,  bayonnomaga  qanday  ko'rinishda  ilova 

etilganligi; izlarning shematik tasviri qayd etiladi. 

 

 

E'tibor  qiling!  Izlarni  suratga  olishda  stereoskopik,  panorama, 



masshtabli  va  yirik  masshtabli  usullarni  qo'llash  maqsadga  muvofiq 

bo'ladi.  Izning  hususiyatiga  qarab  aniq  va  soyalantiruvchi  nur  berish 

lozim.  



 

89 


qabul qilgan ob’ektning o‘zini izi bilan olish imkoniyati bo‘lmasa, ushbu 

usuldan  foydalaniladi.  Izdan  nusxalar  ko‘chirib  olishda  uning  har  bir 

katta-kichik elementlarini maksimal darajada aniq va ravshan bo‘lishiga 

erishish zarur.  

Trasologiyada  umuman  iz  qabul  qilgan  ob’ektning  o‘zini  olgan 

ma’qul.  Imkoni  bo‘lmagan  taqdirdagina  yuqorida  qayd  etilgan 

usullardan  foydalaniladi.  Iz  qabul  qilgan  ob’ektdan  nusxa  olishda  unga 

moddiy zarar keltirmaslik chorasini ko‘rish zarur.  

Iz tushgan ob’ektni unga biror o‘zgarish, tashqi ta’sir bo‘lmasligini 

ta’minlaydigan  qilib  joylashtirish  lozim.  Izga  nisbatan  biror  usul 

qo‘llanishidan  oldin  unga  tushgan  chet  narsalarni  (barg,  cho‘p  va 

hokazolar) olib tashlash kerak. Botiq izlar agar suv bilan to‘lgan bo‘lsa, 

suvni  rezina  so‘rg‘ichi  yoki  qog‘oz  so‘rg‘ich  yordamida  olinadi.  Agar 

botiq  izlar  sayoz, ya’ni  unchalik  chuqur  bo‘lmasa,  izning  qolipi kerakli 

darajadagi qalinlikda bo‘lishi uchun iz atrofiga devorcha aylantiriladi.  

Ba’zan  iz  mayda  va  o‘zaro  yaxshi  jipslanmagan  zarrachali 

ob’ektlarda  qoladi  (masalan,  qum,  un,  sement,  quruq  tuproq  va  shu 

kabilarda). SHu tufayli bu izlarni olish yoki ulardan nusxalar ko‘chirish 

mumkin  bo‘lmaydi.  CHunki  bu  zarrachalar  tarqalib  ketib  iz  shaklini 

buzib yuboradi. Bunday hollarda ilgarigi izni vaqtinchalik qotirib, undan 

nusxa ko‘chirib olinadi. Lekin iz bor ob’ektning o‘zini olib ketish, ishga 

daliliy  ashyo  sifatida  qo‘shish  juda  katta  qiyinchilik  tug‘dirganligi 

tufayli hozir izni perxlorvinil eritmasi bilan mustahkamlash usuli ishlab 

chiqilgan.  Bu  usulda  sochilib  ketuvchi  narsalar,  o‘ziga  purkalgan 

perxlorvinilni  asta-sekin  shimib  olib,  mayda  zarrachalar  bir-biri  bilan 

qattiq  yopisha  boshlaydi.  Natijada  ular  bir  butun  qattiq  ob’ektga 

aylanadi.  So‘ngra  izli  ob’ektni  olish,  jinoyat  ishiga  qo‘shish  imkoniyati 

tug‘iladi.  Bunday  izlarni  mustahkamlash  uchun  atsetonda  6-8  foizli 

perxlorvinillik  eritma  tayyorlanadi  va  pulverizator  orqali  purkaladi. 

Taxminan 20-50 minutlardan so‘ng izni ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi.  

Hajmli  izlardan  nusxa  olish.  Agarda  izni  qabul  qiluvchi  ob’ekt 

bilan  birga  olish  imkoniyati  bo‘lmasa,  u  holda  izning  shaklini,  hajmini 

hamda releflardagi xususiyatlarini maksimal darajada aniq va to‘g‘ri aks 

ettiradigan ko‘chirma nusxa olish zarur bo‘ladi.  

Hajmli  izlardan  nusxa  olishda  gipsdan  foydalanish  mumkin. 

Gipsdan qattiq va yumshoq yuzalarda qolgan hajmli izlarni olish uchun 

foydalaniladi. Gips suvda qaymoq suyuqligida qorilib izga qo‘yiladi va 

ob-havo vaqtiga qarab taxminan 10-20 minutdan so‘ng uni olib, turli loy 

va boshqa predmetlardan tozalanadi. Ikkinchi usuli qatlamlash deyiladi. 



 

90 


Bunda  quruq  gips  namlangan  iz  ustida  bir  qatlam  sepiladi,  gips  bir  oz 

qotgandan so‘ng ikkinchi qatlam sepiladi va shu tariqa istalgan qalinlik 

hosil qilinib olinadi. 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish