Kriminalistika tizimi – kriminalistikaning ilmiy asoslari va
metodologiyasi, kriminalistik texnika, kriminalistik taktika hamda
jinoyatlarning alohida turlarini tergov qilish metodikasi.
Kriminalistikada diagnostika – bu tekshirilayotgan holatni odatiy
holat bilan o'hshashligini aniqlashdan tashqari farqlash, ya'ni shu holatni
unga o'hshash holatlardan ajratish, differentsiyalashtirish tushuniladi.
Kriminalistikaning maxsus vazifalari – tergov va ekspert
amaliyotida samarali foydalanishga yo‘naltirilgan texnik vositalar, taktik
usullar va metodik tavsiyalarning yangilarini ishlab chiqish va
mavjudlarini takomillashtirish; huquqbuzarlikning oldini olish vositalari
va
metodlarini vujudga keltirish va ularni
takomillashtirish;
kriminalistikada hozirgi tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlar: matematika,
informatika, biologiya, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa fanlarni
samarali joriy etish yo‘llarini izlab topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |