7. "Devorsiz ombor" - Sanksiyasiz kirish tizimdagi sinish, buzish
yoki buzilishlar jarayonida amalga oshiriladi. Masalan, foydalanuvchiga
taaluqli bo‘lgan muayyan bir fayllarning ochiq qolishi, noqonuniy
foydalanuvchiga ikkinchi yoki uchinchi shaxslarga taaluqli bo‘lgan
ma’lumotlardan foydalanish huquqini beradi.
III. Manipulyasiya metodlari.
Ma’lumotlarni almashtirib qo‘yish - yangi ma’lumotlarni
o‘zgartirish yoki kiritish odatda EHMga axborotlarni o‘tkazish yoki
undan chiqarib olish orqali amalga oshiriladi. Bu usul manipulyasiya
metodining bir ko‘rinishi hisoblanib, bundan tashqari ushbu metodning
yana quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
kompyuterni pult yordamida boshqarib manipulyasiyalash;
troya oti;
bomba;
modellashtirish;
uchar ilon va shu kabilar.
Kompyuter axborotlaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar
bo‘yicha quyidagi holatlar aniqlanishi lozim.
Odatda, bu turdagi jinoyatlarda uni sodir etgan jinoyatchi
shaxslarni oldindan kuzatish imkoniyati mavjud emas. Aksariyat
hollarda tergovchi bunday jinoyatlar sodir etilganidan so‘ng habardor
bo‘ladi yoki unga habar qilinadi. SHundan so‘ng tergovchi uni aynan
qaysi vaqtda sodir etilganini aniqlashi lozim bo‘ladi. Kompyuter
jinoyatlari to‘saddan sodir etiladigan jinoyatlar hisoblanmaydi. Balki,
ular aksariyat vaziyatlarda oldindan rejalashitirilgan holda muayyan
murakkab algoritmlardan foydalanish orqali sodir etiladigan jinoyatlar
hisoblanadi. SHu sababli uni aniq vaqtini aniqlashda tergovchi
informatsion operatsiyalar tarixini o‘rganishdan ishni boshlashi
maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi jinoyatlarda jinoyatni sodir etish vaqti
muayyan vaqt oralig‘ini tashkil etishi mumkin.
Kompter axborotlaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarda
jinoyatchilar yashirin, qo‘zdan pana joylarni tanlashadi. Bunda ular
xonadon, kvartira, ish xonasi, pakr, kafe, bar va shunga o‘xshash
joylarda o‘tirib o‘z jinoiy qilmishlarini sodir etishi mumkin. Tergov
jarayonida tergovchi jinoyatchilarni ijtimoiy havfli qilmishni aynan
qaerda sodir etganini aniqlashi birlamchi ahamiyatga ega.
508
Tergovchi jinoyat tufayli kim moddiy yoki ma’naviy zarar
ko‘rganini aniqlashi ham ish uchun juda ahamiyatli hisobalanadi.
Odatda, kompyuter jinoyatlari juda katta moddiy zarar keltiruvchi
jinoyat hisoblanadi. Aytish mumkinki, bu turdagi jinoyatlar keltirilgan
zarar miqdori boshqa jinoyatlar keltirgan zarar miqdoridan ko‘ra ancha
ko‘p. Uni aniqlanishi tergov va jabrlanuvchi uchun birlamchi
ahamiyatga ega. SHu sababli, tergovchi mazkur huruj orqali kimga
qanday zarar etganini aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |