E’tibor qiling! Jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid xulosa chiqarishga
quyidagi tahlillar asos bo‘lishi mumkin:
1) suv resurslarini muhofaza qilish va undan foydalanish
qoidalari, baliq zahiralarini muhofaza qilish yoki tabiat muhofazasiga
oid boshqa normativ qoidalar buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar;
2) odamlar tomonidan tuproq, suv resurslari, baliq zahiralari,
hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar yoxud atmosfera
havosi ifloslangani to‘g‘risida hujjat;
3) oqova suv, tuproq, havodan olingan namuna tahliliga oid
hujjat;
4) shohidlarning xabari yoki tushuntirish xati, shuningdek o‘z
xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan ekologik zararli oqibatlarga olib
kelgan shaxsning ko‘rsatuvlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |