Jinoyat ishini qo‘zg‘atish
Ekologik jinoyat to‘g‘risida ish suv-texnika nazorati, baliqchilik
nazorati, sanitariya-epidemologiya stansiyasi organlari, korxona
ma’muriyati, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, alohida
fuqarolar axborotlariga asoslanib qo‘zg‘atiladi.
Ekologik jinoyat bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organ
xodimlari tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Dastlabki tekshirishda
jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan holatlarni aniqlash, suv
havzalari, tuproq yoxud havo qanchalik ifloslanayotganligi, bu
ifloslanishning xarakteri va hajmi, ularning odamlar sog‘ligiga,
hayvonot dunyosiga, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaliklari yoki
boshqa ishlab chiqarishlarga keltiradigan zararini belgilab olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |