2) izlar bosilmay turib ishlash. Bu hodisa eriga chiqqan
guruhning aynan o‘zi, ko‘zdan kechirish bilan cheklanmay jinoyatni
ochish va jinoyatchini ushlash bilan shug‘ullanadi;
3) xavfli jinoyatlarning muayyan turlarini ochish: o‘g‘irlik,
bosqinchilik, jinsiy jinoyatlar va hokazo. Bunday tergov-tezkor guruh
doimiy bo‘lib, xizmat ko‘rsatish hududida sodir etilgan jinoyat turini
ochishga ixtisoslashadi;
4) uyushgan jinoyatchilik tomonidan sodir etilgan har qanday
jinoyatni tergov qilish va ochish. Bu holatda tergov-tezkor guruh
tarkibiga ichki ishlar uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish maxsus
bo‘linmalarining tezkor xodimlari kiradi;
5) murakkab, ko‘p epizodli ishlarni tergov qilish bo‘yicha
tergov-tezkor guruh tarkibi o‘zgaruvchan bo‘ladi; tergov davomida
uning tarkibiga turli ixtisosliklar bo‘yicha tezkor xodimlar va
qo‘shimcha jalb etilgan tergovchilar qo‘shiladi;
349
Do'stlaringiz bilan baham: |