Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   548
Esda  tuting!  Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  taktikasi  shu  bilan 

tavsiflanadiki,  1)  uni  o‘tkazishda  bir  necha  kishi  ishtirok  etadi;  2) 

tanib  oluvchi  o‘z  xulosasini  shakllantirishiga  ob’ektiv  va  sub’ektiv 

omillar  (noqulay  ob-havo  sharoitlari,  toliqish,  sarosimaga  tushish  va 

sh.k.)  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin;  3)  natijalargina  emas,  balki  tanib 

olish  jarayoni  ham  qayd  etilishi,  ularni  tekshirish  imkoniyati 

ta’minlanishi lozim. 



 

303 


Tasdiqlovchi  javob  bergan  holda  tanib  oluvchi  o‘zi  tanib  olgan 

ob’ektni ko‘rsatishi, uning boshqalar orasidagi o‘rnini aytishi, uni qaysi 

belgilarga  ko‘ra  tanib  olganini  tushuntirishi  lozim.  Agar  tanib  oluvchi 

rad  javobini  bergan  bo‘lsa,  bayonnomada  tanib  olish  nima  uchun  yuz 

bermagani aks ettiriladi. 

Shaxsni  nafaqat  tashqi,  balki  funksional  belgilariga  ko‘ra  ham 

tanib olish uchun ko‘rsatish zarur bo‘lgan holda, bu bosqichma-bosqich 

amalga  oshirilishi  lozim:  avval  ovozi  va  nutqining  xususiyatlari  yoki 

qadam  tashlashiga  ko‘ra,  so‘ng  esa  tashqi  ko‘rinishi  belgilariga  ko‘ra. 

Ayni bir ob’ektni tanib olish uchun ko‘rsatish, qoida tariqasida, faqat bir 

marta  o‘tkazilishi  mumkin.  Qayta  ko‘rsatishga  faqat  favqulodda 

hollarda,  masalan,  tanib  olinayotgan  ob’ekt  tashqi  ko‘rinishi  sezilarli 

darajada  o‘zgargan  holatda  bo‘lgan  yoki  tanib  oluvchi  o‘ta  tushkun 

kayfiyatda  bo‘lgan  yoinki  tanib  olish  avval  fotosuratlar,  videokadrlar 

bo‘yicha  o‘tkazilgan,  keyinchalik  esa  qidirilayotgan  ob’ektni  bevosita 

ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘lgan holda yo‘l qo‘yiladi. 

 

Og‘zaki  nutq  belgilari  va  (yoki)  ovoziga  ko‘ra  tanib  olish  tanib 



oluvchi  tanib  olinuvchini  ko‘rmagan  (qorong‘i  bo‘lgan,  uning  yuzini 

baland  ko‘tarilgan  yoqa  yoki  niqob  to‘sib  turgan),  lekin  uning  ovozini 

eshitgan  holda  o‘tkaziladi.  SHaxs  og‘zaki  nutqi  bo‘yicha  tanib 

olinayotganda  so‘roq  qilish  jarayonida  jabrlanuvchi  yoki  guvoh  ovozni 

eshitgan,  uning  o‘ziga  xos  belgilari  (ovoz  darajasi,  intonatsiyasi, 

nutqdagi  nuqsonlar,  aksent  mavjudligi  va  sh.k.)ni  eslab  qolgan  holatlar 

aniqlanadi. 

Ovozga  ko‘ra  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishni  o‘tkazishga 

tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ovozi tanib oluvchining ovozidan keskin 

farq  qilmaydigan  odamlarni  tanlab  olish  tavsiya  etiladi.  So‘ng  so‘roq 

qilinuvchi  jinoyat  sodir  etilishi  chog‘ida  eshitgan  so‘zlar,  iboralar  va 

jumlalarni o‘z ichiga olgan matn tayyorlanishi lozim.  

Mazkur  tanib  olish  ishtirokchilaridan  ikki  guruh  tuziladi  va  ular 

ovozni  o‘tkazadigan  devor  bilan  to‘silgan  qo‘shni  xonalarda 

joylashtiriladi. Xonalardan birida tergovchi va xolislar, ikkinchisida esa 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish