Dastlabki bosqichda tergovchi so‘roq qilinayotgan fuqaroning
shaxsiga ishonch hosil qiladi, bayonnomaning so‘rovnoma qismini
to‘ldiradi, so‘roq qilinuvchiga uning huquqlari va majburiyatlarini
tushuntiradi.
Mazkur
bosqich
so‘roq qilinuvchining shaxsiy
xususiyatlari bilan tanishish, u haqda umumiy tasavvur hosil qilish, u
bilan psixologik aloqa o‘rnatishga yordam beradi.
Erkin so‘zlash bosqichi so‘roq qilinuvchi o‘zi ko‘rsatuvlar berish
uchun chaqirilishiga sabab bo‘lgan holatlarni bayon etishini nazarda
tutadi. Ushbu bosqichda so‘roq qilinuvchining gapini zaruratsiz bo‘lish
tavsiya etilmaydi. So‘roq qilinuvchiga erkin so‘zlash imkonini berish
ayrim hollarda tergovchi hatto xayoliga ham keltirmagan holatlardan
xabar topishi uchun imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |