E’tibor qiling! O’zbekiston Respublikasi IIVda yuritiladigan
AAQT jumlasiga quyidagi tizimlar kiradi:
“Tanib olish” – tanilmagan murdalarni hisobga olish va
identifikatsiyalash;
“Xabar qilish” – qidiruv e’lon qilingan shaxslarni hisobga olish;
“Pasport” – qidirilayotgan shaxslarning pasportlarini va
pasportlarning o‘g‘irlangan blankalarini hisobga olish;
“Texpasport” – avtomototransportning o‘g‘irlangan va
yo‘qotilgan texnik pasportlarini hisobga olish;
“Avtoqidiruv” – olib qochilgan, o‘g‘irlangan va egasiz
avtomototransportni hisobga olish;
“Yuklar” – temir yo‘l va havo transportida o‘g‘irlangan bagaj va
yuklarni hisobga olish.
160
Ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylarda topilgan noma’lum
jinoyatchilarni va ichki ishlar organlari tomonidan hisobga olingan
shaxslarni daktiloskopik hisobga olish ikkita kartotekada yuritiladi:
- ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olingan qo‘l
izlarining fotosuratlari (izlar kartotekasi);
- ichki ishlar organlarida hisobga olingan shaxslarning
daktilokartalari (daktilokartotekalar)dan iborat bo‘ladi.
Hisobga olish shahar, tuman, yo‘l ichki ishlar organlarining
mahalliy ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan olib boriladi.
Daktilokartalar yordamida hodisa sodir bo‘lgan joyda kim iz
qoldirganini hamda ayni bir shaxs hodisaning turli joylarida iz
qoldirgan-qoldirmaganini aniqlash mumkin.
Izlar kartotekasi ikki guruhda bo‘ladi. Birinchisida qo‘l
barmoqlarining ekspertiza tomonidan papillyar naqsh tipi va turi
aniqlangan izlarining fotosuratlari turadi. Mahalliy bo‘linmalar
fotosuratlarining dublikatlari yuqori turuvchi ekspert-kriminalistika
bo‘linmalariga yuboriladi. Ana shu izlar kartotekasi bo‘yicha gumon
qilinuvchilarning daktilokartalari va ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan
joylarda yangitdan to‘ldirilgan kartalar, shuningdek, ichki ishlar
organlarida hisobga olingan shaxslarning daktilokartalari tekshiriladi.
Izlar kartotekasining ikkinchi guruhi naqshining tipi va turi
aniqlanmagan qo‘l barmoqlarining, shuningdek, kaftlar izlarining
fotosuratlaridan iborat bo‘ladi. Bu guruhdan muayyan jinoyatlarni sodir
etishda gumon qilingan shaxslarning daktilokartalarini tekshirish uchun
foydalaniladi.
Daktilokartoteka ichki ishlar organida hisobda turgan shaxslarning
daktilokartalarini (ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi
ochilmagan
jinoyatlar
sodir
bo‘lgan joylardan olingan qo‘l
barmoqlarining izlari tekshiriladi) hamda jinoyat qidiruv xizmatlaridan,
tergov bo‘limidan tushadigan daktilokartalarni o‘z ichiga oladi. Bu
guruhdan gumon qilinuvchilarning daktilokartalarini tekshirish uchun
foydalaniladi.
Giyohvandlik vositalarini va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori
vositalarini olish uchun qalbaki doriqog‘ozlarni (tibbiy retseptlarni)
hamda ularni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning
dastxati namunalarini hisobga olish - mahalliy hisobga olish turi bo‘lib,
IIV, IIB kriminalistika bo‘limlarida yuritiladi. Uni yuritish shakli aralash
– kartotekalar va kolleksiyalar tariqasida bo‘ladi. Qalbaki doriqog‘ozlar
kartotekalari yordamida bir nechta doriqog‘ozning yagona manbaini,
161
shuningdek, muayyan tayyorlovchilarni aniqlash mumkin. Dastxat
namunalari kolleksiyasi doriqog‘ozdagi matn muayyan shaxs tomonidan
yozilganligini aniqlashda yordam beradi. Tergovchi o‘zini qiziqtirgan
ma’lumotlarni olish uchun surishtiruv organiga beriladigan alohida
topshiriqnomada
qalbaki
doriqog‘oz, gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchi qaysi hisob bo‘yicha va qanday maqsadda tekshirilishini
ko‘rsatishi zarur.
Buzib ochish qurollari va asboblar izlarini hisobga olish ham
mahalliy bo‘lib, ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olingan,
IIV, IIB ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida turgan izlar va asboblar
kolleksiyasi tarzida olib boriladi. Bu hisobga olish yordamida bitta qurol
bir necha jinoyatni sodir etishda qo‘llanilganligini aniqlash mumkin.
Kolleksiyada ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joydan topilgan buzib
ochish qurollari va olingan nusxa (qolip) tariqasidagi izlar turadi.
Jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida topilgan qurol
o‘qlari, gilzalari va patronlarini hisobga olish – bu markazlashgan-
mahalliy bo‘lib, ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida: markazda –
O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda, joylarda – IIV, IIB, TIIB EKBda
turgan o‘qgilzotekalar deb ataluvchi kolleksiyalar tariqasida olib
boriladi.
Markazlashtirilgan o‘qgilzoteka jinoyatlar munosabati bilan olib
qo‘yilgan soyli o‘qotar qurol izlari bo‘lgan o‘qlar, gilzalar, patronlar,
shuningdek, ichki ishlar organlari foydalanishidagi, yo‘qotilgan yoki
o‘g‘irlangan quroldan tajriba tariqasida otib olingan nazorat gilzalaridan
jamlanadi.
Mahalliy o‘qgilzotekalarga markazlashtirilgan o‘qgilzotekaning
ob’ektlariga ochilgan axborot kartochkalari joylashtiriladi.
Joylarda ov qurollari patronlarining, silliq stvolli yoki pnevmatik
quroldan otilgan snaryadlarning gilzalari, shuningdek, ashyoviy dalil
sifatida olib qo‘yilgan soyli o‘qotar qurol izlari bo‘lgan o‘qlar, gilzalar
va patronlar hisobga olinadi.
Mazkur hisobga olish yordamida bir qancha jinoyatlarni sodir
etishda bitta nusxadagi quroldan foydalanilganligi aniqlanadi va
jinoyatni sodir etishda qo‘llanilgan qurol olib qo‘yilgan, topib olingan,
ixtiyoriy ravishda topshirilgan qurollar orasidan aniqlanadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olib qo‘yilgan o‘qlar, gilzalar va
patronlar tergovchi tomonidan ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror
bilan birgalikda, jinoyat ochilgani yoki ochilmaganligidan qat’i nazar,
hududiy ekspert muassasasiga topshiriladi. Ekspertiza o‘tkazilganidan
162
keyin ob’ektlar O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB o‘qgilzotekasiga
tekshirish va vaqtincha saqlash uchun yuboriladi.
SHuningdek, davlat muassasalarida, jamoat tashkilotlarida yoki
ayrim fuqarolarda g‘ayriqonuniy saqlangan olib qo‘yilgan yoki ixtiyoriy
ravishda topshirilgan soyli o‘qotar qurollar: revolverlar, pistoletlar,
avtomatlar, karabinlar, kichik kalibrli va jangovar qirqma vintovkalar va
karabinlar, yasama soyli qurollar O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB
o‘qgilzatekasi tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak. Ular tergovchi
tomonidan mahalliy ekspert bo‘linmasiga yuboriladi. Jinoyatni sodir
etishda muayyan nusxadagi tekshirilayotgan qurol qo‘llanilganligi
aniqlangan taqdirda, tergovchi ekspertiza o‘tkaziladigan joy to‘g‘risidagi
masalani hal qiladi.
Qalbaki qog‘oz pullarni hisobga olish ham markazlashtirilgan-
mahalliy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda olib boriladi.
Uning yordamida qalbaki tanga va qog‘oz pullarning tayyorlanish usuli
va texnologiyasi bo‘yicha kelib chiqishi umumiy ekanligi aniqlanadi,
shuningdek, ularni tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etiladi.
Bitta to‘p qalbaki pullarning old va orqa tomonlari fotosuratlari
bo‘lgan hisobga olish kartochkalaridan, ikkinchisi asl holidagi
namunalar kolleksiyasidan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi IIV
EKBda qalbaki pul belgilarining turli kartotekalari mavjud. Bular:
poligrafiya usulida yoki texnik vositalar yordamida tayyorlangan qog‘oz
pullar; rasmi chizib yasalgan pullar; chet el valyutasi va metall tangalar.
Poligrafiya usulida tayyorlangan qalbaki hujjatlarni hisobga olish –
markazlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda olib
boriladi. Bu hisobga olish yordamida bosma ish qog‘ozlari (blankalari)
bitta klishedan, matbaa harflari termasidan foydalanib, tayyorlangan
qalbaki hujjatlarning kelib chiqishi umumiyligi, shuningdek, ularni
tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlanadi.
Hisobda qalbaki hujjatlarning fotonusxalari kartotekasi va bosma
ish qog‘ozlarining kolleksiyasi mavjud bo‘ladi. Hisobga olish
to‘plamasida uchta bo‘lim bor, bular: oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomlar va diplomlarning
blankalari, haydovchilik guvohnomalari va ularning blankalari, boshqa
hujjatlar.
Haqiqiyligi shubha tug‘dirgan hujjat tergovchi tomonidan
ekspertiza o‘tkazish uchun mahalliy ekspert bo‘linmalariga yuboriladi,
shundan so‘ng uning asl nusxasi yoki fotonusxasi, ekspert xulosasining
nusxasi, axborot kartochkasi Respublika IIV EKBga yuboriladi.
163
Kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar majburiy,
tavsiya qilinadigan va fakultativ (ixtiyoriy) turlarga bo‘linadi.
Majburiy –buzib ochish quroli sifatida foydalaniladigan asboblar
va boshqa narsalarning; poyabzal tagcharmi va ustki qismi
tasvirlarining; faralar nur tarqatgichlari-ning; avtomototransport lak-
bo‘yoq qoplamalarining; avtomototransport shinalari protektorlari
izlarining kolleksiyalaridir.
Tavsiya qilinadigan – chet elda ishlab chiqarilgan plombalarning;
metallni termik kesish apparatlarini qo‘llanish izlarining; qulflarning;
muhrlar va shtamplar bosilgan izlari (bosma nusxalari)ning; tolali
materiallarning;
hayvonlar
junlarining;
yonilg‘i-moylash
materiallarining;
xonaki
usulda
tayyorlangan
giyohvandlik
moddalarining va eng ko‘p tarqalgan kuchli ta’sir qiluvchi farmatsevtik
dorilarning kolleksiyalaridir.
Fakultativ – bular sovuq qurol, porox va portlovchi moddalarning;
engil avtomobillar va mototsikllar dvigatellarida tartib raqamlari
tushirilgan puansonlar izlarining; yopishtiruvchi moddalarning; yozuv
materiallarining, qog‘ozlarning (bosmaxona, mashinkada yozuv va
ro‘zg‘or qog‘ozlarining) kolleksiyalaridir.
IIV
ekspert-kriminalistika
bo‘limlarida
barcha
turdagi
kolleksiyalar vujudga keltiriladi; shahar (tuman) organlarining ekspert-
kriminalistika guruhlarida tavsiya qilinadigan va fakultativ kolleksiyalar
vujudga keltirilishi mumkin.
Kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar ob’ektlarni asl
holida, shuningdek, ularning tasvirlarini: fotosuratlari, videotasvirlari,
nusxa olingan qoliplari, ta’rif-tavsifini o‘z ichiga olishi mumkin.
Buzib ochish qurollari sifatida foydalaniladigan asboblar va
boshqa narsalar kolleksiyalari sanoat usulida tayyorlangan narsalarning
xossalari, shakli, o‘lchamlari va boshqa alomatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kolleksiyalar fondi jinoyatlarni fosh
etish amaliyotini tahlil etish, trasologiya ekspertizalari, shuningdek,
xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi korxonalar va savdoga keltirilayotgan
buyumlar turlarini o‘rganish asosida belgilanadi.
Poyabzal tagcharmi va ustki qismi tasvirlarining ma’lumot
tariqasidagi kolleksiyasida
muayyan artikul, fason,
modeldagi
tagcharmlar va poyabzallarning hodisa sodir bo‘lgan joyda iz qoldirgan
poyabzal qaysi guruhga mansubligini aniqlash uchun mo‘ljallangan
rasmlari turadi. Poyabzallar tagcharmi va ustki qismi tasvirlarini hamda
164
ular haqidagi ma’lumotlarni ma’lumotnoma nashrlardan, kataloglardan,
savdo korxonalaridan va ekspertiza amaliyotidan olinadi.
Metallni
qirqish
namunalarining
ma’lumot
tariqasidagi
kolleksiyasi metallni termik va mexanik usulda qirqish uchun
qo‘llaniladigan, seyflar va boshqa metall to‘siqlarni buzib ochish uchun
foydalaniladigan apparatlar turini, qirqish vaqtini va jinoyatchining ana
shu apparatlardan foydalana olish darajasini aniqlash uchun
mo‘ljallangandir.
Tolali materiallarning ma’lumot tariqasidagi kolleksiyasi kelib
chiqishi hayvonotga, o‘simlikka oid va kimyoviy tolalar, gazlamalar va
sun’iy mo‘yna namunalari. Mikroob’ektlar bilan ishlashda foydalaniladi.
YOnilg‘i-moylash
materiallarining
ma’lumot
tariqasidagi
kolleksiyasi neftni qayta ishlovchi, sanoat, savdo korxonalaridan
olingan, ekspertizaga kelib tushadigan asl holidagi namunalardan
to‘planadi. Asl holidagi namunalardan olingan spektrlar va
xromatogrammalar atlasi tuzib boriladi. Kolleksiyadan tekshirish uchun
olib kelingan yonilg‘i-moylash materiallari tarkibini aniqlashda
foydalaniladi.
Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir etuvchi moddalar
kolleksiyasi asl holidagi namunalarni va ulardan olingan spektrlar
atlasini o‘z ichiga oladi. Tekshirish uchun keltiriladigan notanish
giyohvandlik vositalarini va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarkibini
tezkor aniqlash uchun mo‘ljallangan.
SHu tariqa, kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar
ma’lumotlar banklari vazifasini bajaradi. Ular yordamida ko‘rsatib
o‘tilgan ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Ulardan ekspress
tekshiruvlarni o‘tkazish, ekspertizalarni bajarish, tezkor tahlil qilish
uchun foydalaniladi. Ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar ayrim
to‘plarining videonusxalari tezkor amaliyotda foydalanish uchun
ko‘chma kriminalistika laboratoriyalariga joylashtiriladi va hodisa sodir
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida foydalaniladi.
165
Do'stlaringiz bilan baham: |