Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   372
Bog'liq
kriminalist

diagnostikalashtiriluvchi 
va 
diagnostikalashtiruvchi

izlanayotgan
va 
o‘rganilayotganga
ajratiladi. Diagnostikalashtiriluvchi - bu 
ob’ektning 
holati, 
xususiyatlari, 
hodisa 
mexanizmidir. 
Diagnostikalashtiruvchi esa, holat, xususiyat, mexanizmni moddiy aks 
ettiruvchi izlar, alomatlardir.
Ko‘pincha, diagnostikalashtiriluvchi ob’ekt sifatida qandaydir aniq 
narsa, diagnostikalashtiruvchi sifatida esa turli xil ma’lumot: qolip, 
nusxa, tergov harakatlari bayonnomalaridagi tavsif, sxemalar, rejalar, 
ko‘rsatuv 
foto-kino-videotasvirlar 
uchraydi. 
Aniq 
ob’ektni 
diagnostikalash, yuqorida keltirilgan ma’lumot bilan cheklanmay, 
alohida tergov harakatlari; tergov eksperimenti, hodisa yuz bergan joyni 
qayta ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazishni talab qiladi. 
Ma’lumotning ishonchliligi va etarliligiga baho berish juda 
muhimdir. U etarli yoki ishonchli bo‘lmasa, yana qanday manbalardan 
va qanday vositalar yordamida tekshirish, to‘ldirish mumkinligini 
aniqlash lozim.
Ob’ektning bevosita xususiyatlari va holatini o‘rganish, shu 
jumladan, ma’lum bir andozaga mos keluvchi xususiyatlarni o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ob’ektning asl holati qanday bo‘lgan, 
hujjatning boshlang‘ich matniga qanday o‘zgarishlar kiritilgan; odam 
qo‘lyozma yozayotganda qanday holatda bo‘lgan; matnga kimyoviy 
ta’sir ko‘rsatilganmi, yuvilganmi, kiyimdagi qon izlarining shakli va 
joylashishiga qarab ularning paydo bo‘lish mexanizmini aniqlash 


38 
mumkinmi; mazkur hujjat blankini tayyorlashda maxsus qoidalardan 
chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilganmi, degan savollarga javob olish 
imkoniyati bor.
Harakat vaqtini, ketma-ketligini aniqlash, hodisa joyidagi izlarga 
ko‘ra, jinoyatchi qanday harakat qilgani haqida xulosa chiqarish 
mumkin. 
Tergovchi alohida izlarni aniqlash va ularni paydo bo‘lish 
sabablarini tushuntirishdan (sabablari va o‘zaro aloqalari) bir xil izlar 
guruhini o‘rganishga o‘tadi va so‘ngra ularning alomatlari asosida 
jinoyat hodisasi haqida muayyan bir taxminni olg‘a suradi. Bu taxminni 
asoslashda kriminalistik diagnostika paytida aniqlangan sabab-natija 
aloqalari muhim ahamiyatga ega. 
Kriminalistik diagnostikaning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
1) jinoyat sodir etilgan vaziyatni o'rganish (jinoyat qaerda, 
qanday vaziyatda sodir etilgan, mavjud izlarning qaysi biri jinoyatga 
aloqador); 
2) hodisaning turli bosqichiga oid mehanizmni o'rganish (to'siqni 
buzib o'tishning hususiyati va yo'nalishi, transport vositalarining 
to'qnashuvdan oldin va hodisa paytida o'zaro joylashuvi, qalbaki pul 
belgilari tayyorlashning usullari va hokazo); 
3) hodisa yuz bergan joydagi buyumlarning alohida belgilarini 
aniqlash (ularning holati va hususiyatlari, jinoyat qurolini tanlashga, 
jinoyatchi va uning kiyimida iz qoldirishga, jinoyatni yashirishga 
aloqadorlik); 
4) jinoiy hodisaning vaqtga oid hususiyatlarini o'rganish (qachon 
yuz bergan, uni amalga oshirish uchun qancha vaqt ketgan bo'lishi 
mumkin, qaysi izlar avval, qaysilari keyinroq paydo bo'lgan va 
hokazo); 
5) harakatda bo'lgan ob'ektlarning miqdori va hususiyatlarini 
aniqlash (jinoyat ishtirokchilari nechta bo'lgan; qulfni ochgan shahs 
professional mahoratga ega bo'lganmi, o'q otish quroli yoki portlovchi 
moddalarni tayyorlashda qanday moslamalar ishlatilgan va hokazo); 
6) sababli bog'lanishni o'rganish (ma'lum bir hatti-harakatlar va 
kelib chiqqan natija o'rtasida sababli aloqalar bormi, yong'inning 
sababi, tepkini bosmay yuz bergan o'q otilishining sababi nima va 
hokazo).


39 
Kriminalistik 
diagnostikaning 
elementlari 
boshqa 
tergov 
harakatlarini o‘tkazganda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tergovchining 
tintuv qilinayotgan, so‘roq qilinayotgan shaxsning xulq-atvori, so‘roq 
paytidagi reaksiyalari ustidan kuzatuvi diagnoz sxemasi bo‘yicha 
amalga oshirilishi kerak: belgilar tahlili, taxmin qilish, uni tekshirish 
ijobiy rol o‘ynaydi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish