447
2014 yil 20 noyabr kuni Tokshent shahar Chilonzor tumani, 9 daa
15 uy 15 honadonda yashovchi fuharo Lazizov F. ga tegishli bo‘lgan
“Nexia” rusumli davlat raqami L 358 QA bo‘lgan
avtoulov yonib
ketgan. Zkspertiza hulosasiga ko‘ra ushbu avtomoshina qasddan yoqib
yuborilgan.
Jinoyatni kriminalistik tavsifini bayon qiling. Aybdorni aniqlash
jarayoni qanday tashkil etilishi lozim? Tergov versiyalari va rejasi
qanday shakllantirilishi lozim? Holat yuzasidan qanday qo‘shimcha
tergov harakatlari o‘tkazilishi zarur?
31-MAVZU. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI
QOIDALARINI JINOIY TARZDA BUZGANLIK
HOLLARINI TERGOV QILISH
Yo‘l-transport hodisalarining kriminalistik tavsifi.
Tergovni olib
borish yo‘nalishini aniqlash. Dastlabki tergov harakatlari va tezkor
qidiruv chora-tadbirlari. Yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha keyingi
tergov harakatlarini o‘tkazish.
Yo‘l-transport hodisalarining kriminalistik tavsifi
Ehtiyotsizlik oqibatida eng ko‘p sodir etiladigan jinoyatlardan biri
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari hisoblanadi.
Bunday qoidabuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi
nafaqat ularning keng tarqalganligi, balki kelib chiqadigan oqibatlarning
og‘irligi, ya’ni jarohatlarning ko‘pligiga, qurbonlar bo‘lishiga,
mulkiy
ziyon jiddiyligiga bog‘liq.
Transport vositalarining harakatini boshqarishga nisbatan muayyan
tizim sifatida qaraladigan bo‘lsa, ularni shartli ravishda quyidagicha
tizimlashtirish mumkin: haydovchi;transport vositasi va yo‘lning holati.
Ushbu tizimning shart bo‘lgan va o‘zaro bog‘liq elementlarini
tashkil etadi. Yo‘l harakati xavfsizligi
ana shu uchala elementning
to‘g‘ri ishlashi va bir-biriga bog‘liq holda amal qilishi orqali
ta’minlanadi.
448
“Haydovchi” bo‘g‘inida tartib-qoidalardan chetga chiqishning
sub’ektiv sabablariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
a) zarurat taqozo etmagan bir paytda yo‘l harakati qoidalarini
qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida buzganlik: tezlikni yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan
darajadan oshirish, chorrahalardan o‘tish qoidalarini
buzish, yo‘l belgilariga rioya etmaslik va shu kabilar;
b) kasbiy jihatdan etarli darajada tayyorgarlikka ega emaslik,
yo‘ldagi holatni noto‘g‘ri baholash yoki tajribaning etishmasligi
oqibatida
transportni
boshqarishning
noto‘g‘ri
usullaridan
foydalanganlik;
v) haydovchi holatidagi uning ish qobiliyati
va tashqi vaziyatni
sezish hissini pasaytiruvchi psixofiziologik o‘zgarishlar (transport
vositasini uzoq vaqt boshqarish oqibatida haddan ziyod toliqish,
alkogoldan mast bo‘lish, tan nosog‘ligi va shu kabilar).
“Transport vositasi” bo‘g‘inida chetga chiqishlar transport
vositalarining texnik jihatidan nosozligi va ulardan foydalanish
qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lib, ayni ana shu salbiy ko‘rinishlar
YTHlari yuz berishiga sabab bo‘ladi.
“Yo‘l” transport vositasi harakatini boshqarish tizimining elementi
o‘z ichiga:
harakat amalga oshirilayotgan hududdagi yo‘lning
texnik holatiga
(yo‘lning profili, ulanish qismi, qoplamasi, nuqsonlari, to‘siqlar
va shu
kabilarga);
yo‘lning xavf to‘g‘risida ogohlantiruvchi, to‘siqni aylanib o‘tishni
ko‘rsatuvchi va shu kabi boshqa zarur yo‘l belgilari va ishoralari bilan
qay darajada ta’minlanganligiga;
yo‘lning harakat amalga oshirilayotgan qismida piyodalar va
boshqa transport vositalarining bor-yo‘qligiga, ularning harakat
yo‘nalishlari va tezligiga doir masalalarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: