47
hollarda, ularni aniqlash uchun turli xil kukunlardan (mis oksidi, rux
oksidi, grafit, qora kuya, vodorod bilan qayta tiklangan temir) yoki
ularning aralashmalaridan (rux oksidi, alyuminiy, rux-qo‘rg‘oshin
oksidi) turli xil
nurlatuvchi kukunlardan rux, yod bug‘lari), fizik
usullardan (yoki ter-yog‘ moddalarining elementlari bilan o‘zaro ta’sirga
kiruvchi azot kislotali kumushning suv aralashmasi) yoxud kimyoviy
usullardan foydalaniladi.
Kukun surtish uchun yupqa daktiloskopik shakllar changlatuvchi
sachratqichlar, yod naychalari-subimatorlar va magnit shkallaridan
foydalaniladi.
Kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan yashirin ob’ektlarni topish
uchun turli xil qidirish asboblari va moslamalaridan foydalaniladi. Ular
mo‘ljallagan maqsadi, tuzilishi va ishlash prinsiplariga ko‘ra farqlanadi.
Erga ko‘milgan murdalarni qidirib topish uchun ichi g‘ovak
maxsus elektr asbobi “shup”dan foydalaniladi. Mazkur asbobning amal
qilishi tuproqning elektr qarshiligini o‘lchashga asoslangan.
Oqsil moddalari parchalangan joylarda tuproq gazsimon va suyuq
moddalar bilan to‘yinadi. Natijada mazkur joyda tuproqning elektr
o‘tkazish xususiyati oshadi. Bu holatni mikroampermetr strelkasi
ko‘rsatadi.
Suv ostida murdalar va murda qismlarini turli kiyim va boshqa
narsalarni qidirib topish va chiqarib olish uchun “tral”dan foydalaniladi.
Ma'lumot uchun! Elektron-optik o'zgartirgichlar
- izlar va boshqa
ashyoviy dalillarni infraqizil nurlarda ko'zdan kechirish va tadqiq
qilish imkonini beruvchi asboblardir. Uning asosiy qismlari: korpus
“VES-4” rusumdagi o'zgartirgichlarni o'zi ob'ektivi, okulyar, infraqizil
fil
tr ikkita galvanik elementli quvvat blokidan iborat. Mazkur
asbobdan foydalanilganda ob'ektiv fotokatodda (mahsus tarkibli
modda bilan sirlangan plastinka) ko'zga ko'rinmas tasvirni hosil qiladi.
Infraqizil nurlar ta'siri ostida fotokatod o'zidan
elektronlar oqimini
chiqaradi. Bu elektronlar lyuminesenciyalovchi ekranda magnit
“linza” orqali fokusga to'planib, okulyar orqali ko'zga ko'rinadigan
tasvirni vujudga keltiradi. Infraqizil o'zgartirgichlar sifatida S-70
rusumidagi portativ yoki “Rel
ef-1
”, statsionar elektron-optik
o'zgartirgichdan foydalanish mumkin.
48
Metall buyumlarni qidirib topishda metall qidiruvchi asboblar,
shuningdek, kriminalistika maqsadlari uchun maxsus yaratilgan vositalar
qo‘llaniladi.
Induksion metall qidirish asboblari qora va rangli metallardan
yasalgan buyumlarni qidirib topish imkonini beradi.
Magnitli
qidiruvchi
ko‘targich
ferromagnit
metallardan
tayyorlangan turli xil ashyolar yoki ularning qismlarini qidirib topish va
chiqarib olish uchun mo‘ljallangan. Uning
ishlash prinsipi magnitning
ferromagnit metallarini o‘ziga tortish va o‘zida ushlab turish
xususiyatiga asoslangan.
Sud ekspertizasining rivojlanishi munosabati bilan ayrim tergov
harakatlarining amalga oshirilishi vaqtida olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan
ob’ektlar doirasi kengayib bormoqda.
Hozirgi vaqtda qattiq, suyuq va sochiluvchi moddalardan tashqari,
juda kam miqdorda topiladigan gazsimon moddalar ham olib
qo‘yilmoqda.
Tez bug‘lanib ketadigan modda izlarini, masalan, benzin, kerosin,
dizel yoqilg‘isi qoldiqlarini germetik idishlarga joylash lozim bo‘ladi.
Moddiy
modellarni
tayyorlash
uchun
nusxa
tayyorlash
materiallaridan (parafin, gipsdan) keng foydalaniladi. Ular ikki turga
bo‘linadi: termoplastik va suyuq materiallar.
Birinchi tur materiallar
jumlasiga plastilin, mum, parafin, tez eruvchan metallar kiradi. Ikkinchi
turga gips, AKR-100 st, “K” va “D” pastalari, SKTNni kiritish mumkin.
Birinchi guruhga kiradigan materiallar yordamida qattiq va plastik
qoliplar, ikkinchi guruhga kiradiganlari yordamida esa, qattiq va elastik
qoliplar tayyorlash mumkin. Bunday modellar relef izlarining shakli,
katta-kichikligi va o‘zaro qanday joylashganligini aniq aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: