254
Tintuv va olib qo‘yishning tergov harakatlari
sifatidagi daliliy
ahamiyati ularning o‘tkazish jarayoni va natijalarini to‘la va xolisona
qayd etishga uzviy bog‘liqdir. Tintuv va olib qo‘yish bayonnomalari,
ularning natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ular o‘tkazilgandan
so‘ng tuziladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar, chek va omonat daftarchalar, akkreditiv va
hokazolarni olishda ularning rekvizitlari bayonnomada qayd etiladi.
Xorijiy va milliy valyuta alohida ko‘rsatiladi (masalan, O‘zbekiston
Respublikasi bankining 500 qiymatidagi bileti – 1000 dona). Agar
o‘g‘irlangan pullarning raqamlari ma’lum bo‘lsa,
bayonnomaga har bir
kupyura seriya va raqami kiritiladi.
Hujjatlarni olishda ularning maqsadi, rekvizitlari, holati: qo‘l
yozmalarni olishda – har bir betning birinchi va oxirgi iboralari ko‘rsatib
o‘tiladi.
Tintuv qilinuvchi olib qo‘yilayotgan
predmetlar qimmatbaho
metallardan tayyorlanganligini ta’kidlasa, har bir predmet batafsil
ta’riflanishi, ularda proba bor yoki yo‘qligini ko‘rsatish zarur. YAshirin
joylar, ularning niqoblarini ta’riflashga alohida e’tibor berish lozim.
Bayonnomada qaysi buyumlar o‘z xohishiga ko‘ra berilganligi qayd
etilishi zarur. Agar tintuv yoki olib qo‘yish
davomida texnik
vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, u holda bayonnomada uskunalarning
nomi va turi, shuningdek, tintuv va olib qo‘yishda hozir bo‘lgan
shaxslarni texnik vositalarni qo‘llash haqida ogohlantirilganliklarini
qayd etish kerak.
E’tibor qiling!
Bayonnoma tintuv va olib qo‘yishni qayd
etishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bayonnomada tintuv va olib
qo‘yish qachon, kim tomonidan, qayerda, qanday ish bo‘yicha,
kimning huzurida o‘tkazilganligi va uning natijalari qanday
bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Bayonnomada topilgan va olib qo‘yilgan
predmetlar to‘g‘risida to‘la ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Ob’ektlarning umumiy va xususiy belgilarini
iloji boricha aniqroq
ko‘rsatishga harakat qilinadi: shakli, hajmi, rangi, undagi har xil
raqam va yozuvlarning mavjudligi va boshqalar. Ob’ektlarning sifat
xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi: yangi, eski,
muomalada
bo‘lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo‘yilsa ularning
miqdori yozuv bilan ko‘rsatiladi.
255
Bayonnomaning
yakunlovchi
qismida
qanday
predmetlar
olinganligi, qanday o‘ralganligi, kimga va nima saqlash uchun
topshirilganligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Bayonnoma yozish bilan birga, dalillarni
qayd etishning boshqa
usullari ham ishlatilishi mumkin: reja tuzish, rasmga olish, videotasmaga
tushirish va hokazo. Reja va sxemalarda topilgan yashirin joylar
tasvirlanadi, asosiysi – yashirin joyning o‘zi, ob’ektlar qanday
joylashganligi aks ettiriladi.
Rasm olish va videotasmaga tushirish
ham shu asosda amalga
oshiriladi: kuzatish imkonini beradigan asosiy va batafsil ko‘rinish
olinadi. Asosiy tasvirda topilgan yashirin joy va undagi ob’ektlar,
batafsilida yashirin joydan olingan ob’ektlar qayd etiladi. Ob’ektlarni,
ularning umumiy, xususiy va farqlovchi xususiyatlarini aniq
ko‘rinadigan qilib tasvirga tushirish lozim. Agar olingan katta hajmdagi
ob’ektlarni ishga biriktirishning iloji bo‘lmasa, ularni qonunga binoan
rasmga tushirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: