Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   372
Bog'liq
kriminalist

15-MAVZU. TERGOV EKSPERIMENTI 
TAKTIKASI 
 
Eksperiment tushunchasi va vazifasi. Tergov eksperimentini 
o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish. Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi 
va taktikasi. Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish. 
 
Eksperiment tushunchasi va vazifasi 
 
Tergov eksperimentining mohiyati shundaki, muqaddam bo‘lib 
o‘tgan hodisalarni, jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan holatlarni voqelikda 
haqiqatdan bo‘lganligini yoki bo‘lmaganligini aniqlash maqsadida, ular 
aynan ma’lum sharoitlarda tiklanib tekshiriladi. 
O‘zR JPKning 153-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi 
va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, 
sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish 
yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan 
harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish 
orqali tekshirishga haqlidir.
Esda tuting! Tergov eksperimenti
– jinoyat ishini tergov qilish 
jarayonida sodir bo‘lgan hodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini 
tajriba usulida tekshirishga oid kriminalistik taktika tizimida mustaqil 
tergov harakati. 
Tergov eksperimenti
– ish uchun muhim bo‘lgan holatlarning 
amalda mavjudligini aniqlash uchun ularni tiklash va tajribalar 
o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladigan protsessual harakat. 
E’tibor qiling! 
Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan 
harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini 
tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish 
yo‘sinlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Tergov eksperimentini 
o‘tkazish tergovchiga u yoki bu harakat, voqea, hodisa yuz bergan 
bo‘lishi mumkinligi yoki mumkin emasligini muayyan tergov vaziyati 
sharoitida tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash imkonini beradi. 


211 
Tekshirilgan harakatlar, voqealar real emasligini aniqlagach
tergovchi mazkur faktlarni haqqoniy faktlar qatoridan chiqaradi, 
ularning amalda mavjudligi tasdiqlangani esa jinoyat ishining muayyan 
holatlarini isbotlashni engillashtiradi. Tergov eksperimentining boshqa 
protsessual harakatlardan farqi asosan shundaki, tergovchi uni o‘tkazish 
vaqtida kriminalistik ahamiyatga molik axborotni kuzatish va (yoki) 
eshitish orqali uni qayd etish bilan kifoyalanmaydi, balki tergov 
qilinayotgan voqea holatlarini tiklaydi va uning sodir bo‘lish 
imkoniyatini tekshirish uchun tajribalar o‘tkazadi. 
Tergov eksperimentini o‘tkazish zarurati aniqlanayotgan holatning 
ahamiyati va uni tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish imkoniyatini 
hisobga olgan holda aniqlanadi. Tergov eksperimenti tergov 
qilinayotgan voqeaning ayrim holatlarini tekshirish usuli sifatida 
qaralishi lozim, chunki jinoyatning ob’ektiv va sub’ektiv holatlari 
yig‘indisini tiklash uning takrorlanishiga olib kelishi mumkin, ya’ni 
ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Tergovchi shaxsning sha’ni va qadr-
qimmatini kamsitadigan, odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli 
bo‘lgan, moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
eksperimentlarni o‘tkazishga haqli emas. Bunday holatlar boshqa tergov 
harakatlari yordamida tekshirilishi lozim. 
Amalda ayniqsa ko‘p o‘tkaziladigan 
birinchi guruh
tergov 
eksperimentlariga ish uchun ahamiyatli bo‘lgan biron narsani muayyan 
ob-havo, berilgan yorug‘lik va shovqin sharoitlarida, ochiq joyda yoki 
bino ichida ko‘rish yoki eshitish imkoniyatini tajriba o‘tkazish yo‘li 
bilan tekshirish misol bo‘ladi. 
Tergov 
eksperimentlarining 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish