“K-18” selikon pastasi
keng qo‘llanilmoqda. Uning yordamida
har qanday noqulay sharoitda ham izdan yaxshi nusxa olsa bo‘ladi.
“K-18” pastasi izga quyiladi va qotgandan keyin izdan olinadi.
Agar vertikal holatda turgan (eshik, devor va h.k.) ob’ektlardan nusxa
olish lozim bo‘lib qolsa, pasta quyuqroq ravishda tayyorlanishi lozim,
chunki u tik turgan ob’ektdagi izga yopishtiriladi.
“K” pastasi izlarni qayd etishda qo‘llaniladigan eng qulay vosita
hisoblansa-da, ba’zi kamchiliklardan ham xoli emas. Uning yordamida
past haroratli ob-havo sharoitida izlardan nusxa olib bo‘lmaydi, chunki
bunday sharoitda u tez qotmaydi. SHu sababli qorda qolgan izlardan
uning yordamida nusxa olib bo‘lmaydi. Kriminalistik texnikada past
temperatura sharoitida ham nusxa olish uchun mo‘ljallangan vosita
mavjud. Bu texnikaviy maqsadlarda ishlatiladigan
selikon katalizator
(SKTN)
vositasidir. SKTN ham “K” pastasidek katalizator bilan
aralashtirilib zarur qorishma tayyorlanadi. Agar qorda qolgan izdan
nusxa olish zarur bo‘lsa, quyuqroq holdagi qorishma tayyorlanadi, agar
qumda qolgan izdan nusxa olish zarur bo‘lsa suyuqroq qorishma
tayyorlanadi va izga qo‘yiladi.
Quruq sementda, unda, tuproqda qolgan izlardan nusxalar olishda
bir oz qiyinchilik tug‘iladi. Bunday iz bo‘lgan ob’ekt bilan birga olish
qiyin, undan nusxa ham olib bo‘lmaydi. Bunday sharoitlarda
perxlorvinil smolasi (elimi)
dan foydalanish tavsiya etilgan. Perxlorvinil
smolasi oq rangli poroshok bo‘lib, u atsetonda suyultirilib pulvirizator
yordamida izga sepiladi, u qotgandan keyin ko‘chirilib olinadi.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda transport vositalaridan
qoladigan izlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirish lozim. Hatto juda
mayda ashyoviy dalillar ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Jumladan, hodisa joyidan topilgan avtomobildan tushib qolgan bir
tomchi moy emisson spektral analiz usulida olib borilgan tekshiruv
natijasi, ushbu moynnig transport vositasining qaysi qismiga tegishli
ekanligini va hatto transport vositasining shu moy bilan taxminan necha
kilometr yurganligini ham aniqlashga imkon beradi.
YUqorida qayd etilgan tavsiyalar shuni ko‘rsatadiki, hodisa
joyidan izlarni qidirib topish va olish uchun hozirgi vaqtda etarli
darajada ilmiy-texnikaviy vosita va metodlar mavjud bo‘lib, ulardan
samarali
ravishda
foydalanilmoqda.
Tabiiyki,
kriminalistika
texnikasining tez rivojlanib borishi, kelajakda hodisa joyini ko‘zdan
kechirishda qo‘llanilayotgan ilmiy-texnikaviy vositalardan faqat
ekspertiza tekshiruvini o‘tkazishda foydalaniladi. Bu texnikaviy
204
vositalar bevosita hodisa joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish jarayonida
tezkor maqsadlarda tekshirish o‘tkazish imkoniyatini bermaydi. SHu
boisdan ham yangi ilmiy-texnikaviy vositalardan hodisa joyini ko‘zdan
kechirishni
o‘tkazishda foydalanishni har qanday tergovchilar
tomonidan o‘tkaziladigan oddiy tekshirishlar, o‘lchashlar bilan
birgalikda amalga oshirilishini inobatga olinishi taqozo etiladi. Izlarni
qayd etishda foydalaniladigan yangi texnikaviy vositalar hodisa joyini
ko‘zdan kechirishda tergovchi tomonidan bajariladigan vazifalarni
amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Ba’zi vaqtlarda hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qotillik
jinoyatining sodir etilganligini ko‘rsatuvchi belgilar, turli predmetlar
topilishi mumkin (masalan, qonli bolta, qon izi bor kiyim va h.k.).
Tergovchining asosiy vazifasi texnikaviy vositalar yordamida murdani
qidirib topishdan iborat.
Hodisa joyidan murdaning topilishi ayrim xususiyatlarga ega.
Bunday xususiyatlarga ko‘zdan kechirish ob’ektlarini aniqlash kiradi.
Voqea joyidan murdaning topilishida ko‘zdan kechirish ob’ektlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi: murda, uning holati va kiyimi; murdaning
yotgan joyi; murda bilan bog‘liq bo‘lgan iz va ashyoviy dalillar; jinoyat
qurollari.
Murdaning tashqi qiyofasini ko‘zdan kechirish mutaxassis
ishtirokida amalga oshiriladi. Murdani ko‘zdan kechirishni kechiktirish
mumkin emas, chunki murdaning o‘zida ham, voqea joyida, izlarda ham
o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin.
Voqea joyini qo‘riqlash chorasi ko‘rilishi lozim, aks holda ishdan
manfaatdor bo‘lgan ayrim shaxslar tergovchi voqea joyiga etib
kelgunigacha murdani boshqa joyga ko‘chirishi, kiyimlarini to‘g‘rilab
qo‘yishi mumkin.
Murdani hodisa joyida ko‘zdan kechirishning to‘liq va har
taraflama bo‘lishini ta’minlash maqsadida amaliyotda ishlab chiqilgan
ko‘zdan kechirish bosqichlarining ketma-ketlik prinsipiga rioya etilishi
kerak.
1) Ko‘zdan kechirishni murdani yotgan joyini aniqlashdan
boshlash lozim. Murdani yotgan joyi, uning atrofida mavjud bo‘lgan
predmetlarga nisbatan qayd etiladi. YA’ni u xonada yotgan joyini
devordan, deraza va eshikdan qancha masofada ekanligini o‘lchash bilan
aniqlanadi va qayd etiladi. Agar murda ochiq joyda yotgan bo‘lsa, uning
yotgan joyi yaqinroq bo‘lgan ob’ektlarga (ko‘prik, daraxt, devor va h.k.)
nisbatan o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
205
2) Murdani ko‘zdan kechirishning keyingi bosqichi murdaning
holatini o‘rganish hisoblanadi. Murdaning yotgan holati jinoyatni
tergashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Murdaning holati
deganda, uning yotganligi, osig‘liq turganligi, o‘tirganligi hamda ayrim
qismlarining holati, ya’ni oyoq qo‘llari, kallasi va tanasining qanday
holatda ekanligi tushuniladi.
3) Murdani ko‘zdan kechirishda muhim bosqichlardan biri uning
kiyimini ko‘zdan kechirish va qayd etish hisoblanadi. Murdani ko‘zdan
kechirish o‘tkazilgandan keyin u sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish
uchun yuboriladi. Ekspertiza o‘tkazilgandan keyin kiyimlar tergovchiga
qaytariladi. Lekin murdaning kiyimlari voqea joyining o‘zidayoq
batafsil ko‘zdan kechiriladi. Kiyimlar ko‘zdan kechirilayotganda
kiyimning barcha predmetlari (tugma, cho‘ntaklar va hk.) hatto ichki
kiyimlari ham diqqat bilan ko‘zdan kechirilishi lozim. Kiyimlar ko‘zdan
kechirilayotganda jinoyatning sodir etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
o‘zgarishlari (qon, sperma izlari, turli dog‘lar) bayonnomada to‘liq qayd
etilishi shart. Agar murdadagi kiyimning ayrim qismlari yulib olingan
bo‘lsa, jumladan, pidjagining bir qo‘li yo‘q bo‘lsa, tugmalaridan
ayrimlari bo‘lmasa, bu holat bayonnomada qayd etilishi kerak, chunki
ular keyinchalik gumon qilinuvchidan topilib qolishi ham mumkin.
4) Murdani tashqi ko‘zdan kechirish, uning umumiy belgilaridan
(jinsi, yoshi, bo‘yi, gavda tuzilishi) tashqari jinoiy hodisa bilan bog‘liq
bo‘lgan maxsus belgilarni (badanidagi ko‘kargan, kesilgan, singan
jarohat belgilari, buzishdan qolgan jarohatlari va boshqa alomatlarni)
ham o‘z ichiga oladi.
YUqorida qayd etilganidek, murda uning holati va kiyimini
ko‘zdan kechirilgandan keyin murda yotgan joy ko‘zdan kechiriladi.
Murda yotgan joyning umumiy holati, voqea joyining to‘liq tavsifi
(aholi punkti, dam olish bog‘ining aniq qismi, ko‘lning aniq qirg‘og‘i va
h.k.) bilan birga murda yotgan joyning to‘liq tasviri (yo‘lning ayrim
qismi, chuqurlik joy, temir yo‘lning aniq qismi va h.k) ham
bayonnomada batafsil yoritilishi lozim. Bu holatlarning aniq ifoda
etilishi jinoyatni o‘z vaqtida ochishga katta yordam beradi.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy masalalaridan yana
biri, qanday iz va ashyoviy dalillarni jinoyatchi hodisa joyida qoldiradi
va qanday iz, predmetlar, mikrozarrachalarni o‘zi bilan olib ketishi
mumkin kabi masalalar jinoyatning sodir etilish xusususiyatlarini
hisobga olgan holda murdani ko‘zdan kechirishda hal etilishi mumkin.
Agar jabrlanuvchi sovuq qurol bilan etkazilgan jarohat natijasida o‘lgan
206
bo‘lsa, jinoyatchining kiyimida, poyabzalida qon izlari qolishi mumkin.
Agar qotillik jinoyatini sodir etish uchun jinoyatchi devorni yoki eshik
va derazani buzib kirgan bo‘lsa, jinoyatchining kiyimida tuproq yoki
oyna siniqlari qolishi mumkin.
Hodisa joyida bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘pchilik izlar va
ashyoviy dalillarni jinoyatchining o‘zida topish, aksincha undan hodisa
joyida ham iz va ashyoviy dalillar qolishi mumkin. Masalan, oyoq, qo‘l
izlari, jinoyatni sodir etishda foydalanilgan qurollarni, shaxsiy
buyumlarni (dastro‘mol, papiros qoldig‘i, taroq, gugurt siniqlari va h.k)
qoldirib ketishi mumkin.
Murdani ko‘zdan kechirishda hodisa joyi holatini diqqat bilan
o‘rganish lozim bo‘ladi. Voqea joyi holati deganda u erda aniqlangan
barcha holatlar yig‘indisi tushuniladi. Barcha faktlarni umumlashtirgan
holda ko‘rib chiqish tergovchiga ish bo‘yicha yangi faktlarni aniqlashga
yordam beradi. Bu vaziyat va holatlar tergovchining professional
mahoratini namoyish etishida ma’lum bo‘ladi.
O‘qotar qurollarni qo‘llash tufayli qotillik jinoyati sodir etilganlik
belgilari aniqlangan hollarda tergovchi hodisa joyidan o‘q va gilzalarni
topish choralarini ko‘rishi lozim, zaharlanib o‘lganlik belgilari mavjud
bo‘lgan holatlarda esa hodisa joyidan zaharli moddalarning qoldiqlari,
zaharli modda olib kelingan idish turli o‘rash vositalari kabilarni topish
choralarini ko‘rish lozim.
Tergovchinig asosiy vazifalaridan biri hodisa joyini ko‘zdan
kechirishni to‘liq o‘tkazish va uning natijalaridan samarali foydalanish
hisoblanadi. Lekin tergov amaliyotlarida bunga ba’zan erishilmaydi.
Buning sababi turlicha: birinchidan, tergovchining etarli bilimga va
tajribaga ega emasligi va kriminalistik texnikaviy vositalari bilan to‘liq
ta’minlanmaganligi, ikkinchidan, ob-havo sharoitining noqulayligi,
uchinchidan, hodisa joyidan topilgan dalillarga ahamiyat bermaslik
hisoblanadi.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish kechiktirib bo‘lmaydigan tergov
harakati hisoblanadi. Tergov ko‘pincha ushbu tergov harakatidan
boshlanadi. Ba’zi vaqtlarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish undan oldin
o‘tkazilgan tezkor harakatlar tufayli yig‘ilgan ma’lumotlardan
foydalanib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |