E’tibor qarating! Soxtalashtirish
ning quyidagi turlari ayniqsa
ko‘p uchraydi:
1) bir jinoyatni boshqa, nisbatan yengil jinoyat niqobi ostida
yashirish;
2) sodir etilgan jinoyatga baxtsiz hodisa tusini berish;
3) sodir etilgan jinoyatning ayrim holatlarini uni boshqa shaxs,
boshqa joyda, boshqa vaqtda va boshqa motivlarga ko‘ra sodir
etgandek qilib yashirish;
4) shaxsning axloqiy buzuqligi faktlarini unga qarshi sodir etilgan
jinoyat niqobi ostida yashirish (masalan, pulni yo‘qotish, rastrata
faktlarini yashirish maqsadida unga nisbatan talonchilik jinoyatini
sahnalashtirish).
202
zamon ilmiy-texnikaviy vositalar yordamida qayd etilib, jinoyatni
ochishda katta yordam beradi. Ilgaridan amaliyotda ma’lum bo‘lgan
ayrim ashyoviy dalillarni tekshirish, jumladan, hujjatlarni kriminalistik
texnika asosida ko‘zga ko‘rinmaydigan (infraqizil, ultrabinafsha) nurlar
yordamida tekshirish katta daliliy ahamiyatga egadir.
Qon izlari, odam organizmidan chiqadigan turli moddalar,
murdadagi har xil izlar jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida
foydalaniladi. Hozir bunday izlar fizik, kimyoviy, biologik va texnikaviy
vosita va metodlar asosida tekshirilib, qotillik jinoyatini o‘z vaqtida
ochishga, tanadagi jarohatlarning darajasini aniqlashga katta yordam
bermoqda.
Masalan, hodisa joyidan topilgan papiros, tamaki qoliqlaridagi
so‘laklarni tekshirish natijasida hodisa joyida jinoyatchilarning qancha
vaqt bo‘lganligi va ularning soni to‘g‘risida biron bir fikr yuritilgan
bo‘lsa, hozir esa ushbu papiros qoldiqlarida mavjud bo‘lgan so‘laklarni
tekshirish orqali qon guruhini va hatto odamning jinsini ham aniqlash
mumkin.
Hodisa joyida qoldirilgan barmoq izlarini, ayniqsa ko‘zga
ko‘rinmaydigan izlarni qidirib topish usullari va texnikaviy vositalar,
uzluksiz ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Har qanday noqulay
sharoitda ham bunday izlarni qidirib topish uchun zarur vositalar tergov
chemodanida mavjuddir.
SHuni nazarda tutish lozimki, ko‘zga ko‘rinmaydigan barmoq
izlarini ma’lum vaqt o‘tib ketganligi sababli poroshoklar yoki yod bug‘i
yordamida qidirib topish ancha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bunday
vaqtlarda barmoq izlarini qidirib topish va qayd etishda auditografik
usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mohiyati
shundaki, ko‘zga ko‘rinmaydigan barmoq izi bor deb taxmin etilgan
predmet radiaktiv suyuqlik yordamida ishlanadi. Bu suyuqlik barmoq izi
bor bo‘lgan joyga, iz yo‘q joyga nisbatan mustahkam yopishadi, undan
keyin barmoq izi yo‘q bo‘lgan joylardagi radioaktiv suyuqliklar olib
tashlanadi va topilgan barmoq izi rentgen plyonkasiga ko‘chirib olinadi.
Auditografik usuldan foydalanish ayrim materiallarda qoldirilgan ko‘zga
ko‘rinmaydigan barmoq izlarini qidirib topish va qayd etishda sezilarli
natijalarga erishish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda izlarni qidirib topish va qayd etishda har xil
poroshoklar, gips, plastilin va boshqa vositalardan keng ko‘lamda
foydalanilmoqda. Lekin bu vositalar botiq izlarning mikrorelfini o‘zida
yaxshi aks ettirish hususiyatiga ega emas. Bunday izlarni qayd etishda
203
hozir
Do'stlaringiz bilan baham: |