Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qiling! 
O’zbekiston Respublikasi IIVda yuritiladigan 
AAQT jumlasiga quyidagi tizimlar kiradi: 
“Tanib olish” 
– tanilmagan murdalarni hisobga olish va 
identifikatsiyalash; 
“Xabar qilish” 
– qidiruv e’lon qilingan shaxslarni hisobga olish; 
“Pasport” 
– qidirilayotgan shaxslarning pasportlarini va 
pasportlarning o‘g‘irlangan blankalarini hisobga olish; 
“Texpasport”
– avtomototransportning o‘g‘irlangan va 
yo‘qotilgan texnik pasportlarini hisobga olish; 
“Avtoqidiruv”
– olib qochilgan, o‘g‘irlangan va egasiz 
avtomototransportni hisobga olish; 
“Yuklar”
– temir yo‘l va havo transportida o‘g‘irlangan bagaj va 
yuklarni hisobga olish. 


160 
Ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylarda topilgan noma’lum 
jinoyatchilarni va ichki ishlar organlari tomonidan hisobga olingan 
shaxslarni daktiloskopik hisobga olish ikkita kartotekada yuritiladi: 
- ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olingan qo‘l 
izlarining fotosuratlari (izlar kartotekasi); 
- ichki ishlar organlarida hisobga olingan shaxslarning 
daktilokartalari (daktilokartotekalar)dan iborat bo‘ladi. 
Hisobga olish shahar, tuman, yo‘l ichki ishlar organlarining 
mahalliy ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan olib boriladi. 
Daktilokartalar yordamida hodisa sodir bo‘lgan joyda kim iz 
qoldirganini hamda ayni bir shaxs hodisaning turli joylarida iz 
qoldirgan-qoldirmaganini aniqlash mumkin. 
Izlar kartotekasi ikki guruhda bo‘ladi. Birinchisida qo‘l 
barmoqlarining ekspertiza tomonidan papillyar naqsh tipi va turi 
aniqlangan izlarining fotosuratlari turadi. Mahalliy bo‘linmalar 
fotosuratlarining dublikatlari yuqori turuvchi ekspert-kriminalistika 
bo‘linmalariga yuboriladi. Ana shu izlar kartotekasi bo‘yicha gumon 
qilinuvchilarning daktilokartalari va ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan 
joylarda yangitdan to‘ldirilgan kartalar, shuningdek, ichki ishlar 
organlarida hisobga olingan shaxslarning daktilokartalari tekshiriladi. 
Izlar kartotekasining ikkinchi guruhi naqshining tipi va turi 
aniqlanmagan qo‘l barmoqlarining, shuningdek, kaftlar izlarining 
fotosuratlaridan iborat bo‘ladi. Bu guruhdan muayyan jinoyatlarni sodir 
etishda gumon qilingan shaxslarning daktilokartalarini tekshirish uchun 
foydalaniladi. 
Daktilokartoteka ichki ishlar organida hisobda turgan shaxslarning 
daktilokartalarini (ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi 
ochilmagan 
jinoyatlar 
sodir 
bo‘lgan joylardan olingan qo‘l 
barmoqlarining izlari tekshiriladi) hamda jinoyat qidiruv xizmatlaridan, 
tergov bo‘limidan tushadigan daktilokartalarni o‘z ichiga oladi. Bu 
guruhdan gumon qilinuvchilarning daktilokartalarini tekshirish uchun 
foydalaniladi. 
Giyohvandlik vositalarini va kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori 
vositalarini olish uchun qalbaki doriqog‘ozlarni (tibbiy retseptlarni) 
hamda ularni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning 
dastxati namunalarini hisobga olish - mahalliy hisobga olish turi bo‘lib, 
IIV, IIB kriminalistika bo‘limlarida yuritiladi. Uni yuritish shakli aralash 
– kartotekalar va kolleksiyalar tariqasida bo‘ladi. Qalbaki doriqog‘ozlar 
kartotekalari yordamida bir nechta doriqog‘ozning yagona manbaini, 


161 
shuningdek, muayyan tayyorlovchilarni aniqlash mumkin. Dastxat 
namunalari kolleksiyasi doriqog‘ozdagi matn muayyan shaxs tomonidan 
yozilganligini aniqlashda yordam beradi. Tergovchi o‘zini qiziqtirgan 
ma’lumotlarni olish uchun surishtiruv organiga beriladigan alohida 
topshiriqnomada 
qalbaki 
doriqog‘oz, gumon qilinuvchi yoki 
ayblanuvchi qaysi hisob bo‘yicha va qanday maqsadda tekshirilishini 
ko‘rsatishi zarur. 
Buzib ochish qurollari va asboblar izlarini hisobga olish
 
ham 
mahalliy bo‘lib, ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joylardan olingan, 
IIV, IIB ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida turgan izlar va asboblar 
kolleksiyasi tarzida olib boriladi. Bu hisobga olish yordamida bitta qurol 
bir necha jinoyatni sodir etishda qo‘llanilganligini aniqlash mumkin. 
Kolleksiyada ochilmagan jinoyatlar sodir bo‘lgan joydan topilgan buzib 
ochish qurollari va olingan nusxa (qolip) tariqasidagi izlar turadi. 
Jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida topilgan qurol 
o‘qlari, gilzalari va patronlarini hisobga olish – bu markazlashgan-
mahalliy bo‘lib, ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida: markazda – 
O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda, joylarda – IIV, IIB, TIIB EKBda 
turgan o‘qgilzotekalar deb ataluvchi kolleksiyalar tariqasida olib 
boriladi. 
Markazlashtirilgan o‘qgilzoteka jinoyatlar munosabati bilan olib 
qo‘yilgan soyli o‘qotar qurol izlari bo‘lgan o‘qlar, gilzalar, patronlar, 
shuningdek, ichki ishlar organlari foydalanishidagi, yo‘qotilgan yoki 
o‘g‘irlangan quroldan tajriba tariqasida otib olingan nazorat gilzalaridan 
jamlanadi. 
Mahalliy o‘qgilzotekalarga markazlashtirilgan o‘qgilzotekaning 
ob’ektlariga ochilgan axborot kartochkalari joylashtiriladi. 
Joylarda ov qurollari patronlarining, silliq stvolli yoki pnevmatik 
quroldan otilgan snaryadlarning gilzalari, shuningdek, ashyoviy dalil 
sifatida olib qo‘yilgan soyli o‘qotar qurol izlari bo‘lgan o‘qlar, gilzalar 
va patronlar hisobga olinadi. 
Mazkur hisobga olish yordamida bir qancha jinoyatlarni sodir 
etishda bitta nusxadagi quroldan foydalanilganligi aniqlanadi va 
jinoyatni sodir etishda qo‘llanilgan qurol olib qo‘yilgan, topib olingan, 
ixtiyoriy ravishda topshirilgan qurollar orasidan aniqlanadi. 
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olib qo‘yilgan o‘qlar, gilzalar va 
patronlar tergovchi tomonidan ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qaror 
bilan birgalikda, jinoyat ochilgani yoki ochilmaganligidan qat’i nazar, 
hududiy ekspert muassasasiga topshiriladi. Ekspertiza o‘tkazilganidan 


162 
keyin ob’ektlar O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB o‘qgilzotekasiga 
tekshirish va vaqtincha saqlash uchun yuboriladi.
SHuningdek, davlat muassasalarida, jamoat tashkilotlarida yoki 
ayrim fuqarolarda g‘ayriqonuniy saqlangan olib qo‘yilgan yoki ixtiyoriy 
ravishda topshirilgan soyli o‘qotar qurollar: revolverlar, pistoletlar, 
avtomatlar, karabinlar, kichik kalibrli va jangovar qirqma vintovkalar va 
karabinlar, yasama soyli qurollar O‘zbekiston Respublikasi IIV EKB 
o‘qgilzatekasi tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak. Ular tergovchi 
tomonidan mahalliy ekspert bo‘linmasiga yuboriladi. Jinoyatni sodir 
etishda muayyan nusxadagi tekshirilayotgan qurol qo‘llanilganligi 
aniqlangan taqdirda, tergovchi ekspertiza o‘tkaziladigan joy to‘g‘risidagi 
masalani hal qiladi. 
Qalbaki qog‘oz pullarni hisobga olish
 
ham markazlashtirilgan-
mahalliy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda olib boriladi. 
Uning yordamida qalbaki tanga va qog‘oz pullarning tayyorlanish usuli 
va texnologiyasi bo‘yicha kelib chiqishi umumiy ekanligi aniqlanadi, 
shuningdek, ularni tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etiladi. 
Bitta to‘p qalbaki pullarning old va orqa tomonlari fotosuratlari 
bo‘lgan hisobga olish kartochkalaridan, ikkinchisi asl holidagi 
namunalar kolleksiyasidan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi IIV 
EKBda qalbaki pul belgilarining turli kartotekalari mavjud. Bular: 
poligrafiya usulida yoki texnik vositalar yordamida tayyorlangan qog‘oz 
pullar; rasmi chizib yasalgan pullar; chet el valyutasi va metall tangalar. 
Poligrafiya usulida tayyorlangan qalbaki hujjatlarni hisobga olish
 
– 
markazlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBda olib 
boriladi. Bu hisobga olish yordamida bosma ish qog‘ozlari (blankalari) 
bitta klishedan, matbaa harflari termasidan foydalanib, tayyorlangan 
qalbaki hujjatlarning kelib chiqishi umumiyligi, shuningdek, ularni 
tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlanadi. 
Hisobda qalbaki hujjatlarning fotonusxalari kartotekasi va bosma 
ish qog‘ozlarining kolleksiyasi mavjud bo‘ladi. Hisobga olish 
to‘plamasida uchta bo‘lim bor, bular: oliy va o‘rta maxsus o‘quv 
yurtlarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomlar va diplomlarning 
blankalari, haydovchilik guvohnomalari va ularning blankalari, boshqa 
hujjatlar. 
Haqiqiyligi shubha tug‘dirgan hujjat tergovchi tomonidan 
ekspertiza o‘tkazish uchun mahalliy ekspert bo‘linmalariga yuboriladi
shundan so‘ng uning asl nusxasi yoki fotonusxasi, ekspert xulosasining 
nusxasi, axborot kartochkasi Respublika IIV EKBga yuboriladi. 


163 
Kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar majburiy, 
tavsiya qilinadigan va fakultativ (ixtiyoriy) turlarga bo‘linadi. 
Majburiy 

buzib ochish quroli sifatida foydalaniladigan asboblar 
va boshqa narsalarning; poyabzal tagcharmi va ustki qismi 
tasvirlarining; faralar nur tarqatgichlari-ning; avtomototransport
 
lak-
bo‘yoq qoplamalarining; avtomototransport shinalari protektorlari 
izlarining kolleksiyalaridir. 
Tavsiya qilinadigan
– 
chet elda ishlab chiqarilgan plombalarning; 
metallni termik kesish apparatlarini qo‘llanish izlarining; qulflarning; 
muhrlar va shtamplar bosilgan izlari (bosma nusxalari)ning; tolali 
materiallarning; 
hayvonlar 
junlarining; 
yonilg‘i-moylash 
materiallarining; 
xonaki 
usulda 
tayyorlangan 
giyohvandlik 
moddalarining va eng ko‘p tarqalgan kuchli ta’sir qiluvchi farmatsevtik 
dorilarning kolleksiyalaridir. 
Fakultativ 
– 
bular sovuq qurol, porox va portlovchi moddalarning; 
engil avtomobillar va mototsikllar dvigatellarida tartib raqamlari 
tushirilgan puansonlar izlarining; yopishtiruvchi moddalarning; yozuv 
materiallarining, qog‘ozlarning (bosmaxona, mashinkada yozuv va 
ro‘zg‘or qog‘ozlarining) kolleksiyalaridir. 
IIV 
ekspert-kriminalistika 
bo‘limlarida 
barcha 
turdagi 
kolleksiyalar vujudga keltiriladi; shahar (tuman) organlarining ekspert-
kriminalistika guruhlarida tavsiya qilinadigan va fakultativ kolleksiyalar 
vujudga keltirilishi mumkin. 
Kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar
 
ob’ektlarni asl 
holida, shuningdek, ularning tasvirlarini: fotosuratlari, videotasvirlari, 
nusxa olingan qoliplari, ta’rif-tavsifini o‘z ichiga olishi mumkin. 
Buzib ochish qurollari sifatida foydalaniladigan asboblar va 
boshqa narsalar kolleksiyalari sanoat usulida tayyorlangan narsalarning 
xossalari, shakli, o‘lchamlari va boshqa alomatlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kolleksiyalar fondi jinoyatlarni fosh 
etish amaliyotini tahlil etish, trasologiya ekspertizalari, shuningdek, 
xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi korxonalar va savdoga keltirilayotgan 
buyumlar turlarini o‘rganish asosida belgilanadi. 
Poyabzal tagcharmi va ustki qismi tasvirlarining ma’lumot 
tariqasidagi kolleksiyasida 
muayyan artikul, fason, 
modeldagi 
tagcharmlar va poyabzallarning hodisa sodir bo‘lgan joyda iz qoldirgan 
poyabzal qaysi guruhga mansubligini aniqlash uchun mo‘ljallangan 
rasmlari turadi. Poyabzallar tagcharmi va ustki qismi tasvirlarini hamda 


164 
ular haqidagi ma’lumotlarni ma’lumotnoma nashrlardan, kataloglardan, 
savdo korxonalaridan va ekspertiza amaliyotidan olinadi. 
Metallni 
qirqish 
namunalarining 
ma’lumot 
tariqasidagi 
kolleksiyasi metallni termik va mexanik usulda qirqish uchun 
qo‘llaniladigan, seyflar va boshqa metall to‘siqlarni buzib ochish uchun 
foydalaniladigan apparatlar turini, qirqish vaqtini va jinoyatchining ana 
shu apparatlardan foydalana olish darajasini aniqlash uchun 
mo‘ljallangandir. 
Tolali materiallarning ma’lumot tariqasidagi kolleksiyasi kelib 
chiqishi hayvonotga, o‘simlikka oid va kimyoviy tolalar, gazlamalar va 
sun’iy mo‘yna namunalari. Mikroob’ektlar bilan ishlashda foydalaniladi. 
YOnilg‘i-moylash 
materiallarining 
ma’lumot 
tariqasidagi 
kolleksiyasi
 
neftni qayta ishlovchi, sanoat, savdo korxonalaridan 
olingan, ekspertizaga kelib tushadigan asl holidagi namunalardan 
to‘planadi. Asl holidagi namunalardan olingan spektrlar va 
xromatogrammalar atlasi tuzib boriladi. Kolleksiyadan tekshirish uchun 
olib kelingan yonilg‘i-moylash materiallari tarkibini aniqlashda 
foydalaniladi. 
Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir etuvchi moddalar 
kolleksiyasi
 
asl holidagi namunalarni va ulardan olingan spektrlar 
atlasini o‘z ichiga oladi. Tekshirish uchun keltiriladigan notanish 
giyohvandlik vositalarini va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarkibini 
tezkor aniqlash uchun mo‘ljallangan. 
SHu tariqa, kriminalistik ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar 
ma’lumotlar banklari vazifasini bajaradi. Ular yordamida ko‘rsatib 
o‘tilgan ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Ulardan ekspress 
tekshiruvlarni o‘tkazish, ekspertizalarni bajarish, tezkor tahlil qilish 
uchun foydalaniladi. Ma’lumot tariqasidagi kolleksiyalar ayrim 
to‘plarining videonusxalari tezkor amaliyotda foydalanish uchun 
ko‘chma kriminalistika laboratoriyalariga joylashtiriladi va hodisa sodir 
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida foydalaniladi. 


165 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish