Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   372
Bog'liq
kriminalist

11-MAVZU. KRIMINALISTIK RO‘YXATGA 
OLISH 
Kriminalistik ro‘yxatga olish tushunchasi va uning ahamiyati. 
Kriminalistik ro‘yxatga olish tizimi. Kriminalistik ro‘yxat turlari.
Kriminalistik ro‘yxatga olish tushunchasi va uning ahamiyati 
Kriminalistik ro‘yxatga olishdan jinoyatni tergov qilish va oldini 
olish maqsadlarida foydalaniladi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda 
tergovchi va tezkor xodim kriminalistik ro‘yxatga olish deb ataluvchi 
turli xildagi hisobga olish axborotlaridan muntazam foydalanadilar. 
Ro‘yxatga olish yordamida shaxslar, izlar, narsalar va boshqa turli 
ob’ektlar haqida kriminalistik jihatdan ahamiyatli axborot olinadi. 
Bunday axborot tergov va tezkor-qidiruv yo‘li bilan to‘planadi.
Hisobga olish tizimi muntazam takomillashib bormoqda. Dastlab u 
jinoyatlarni ro‘yxatga olish tariqasida boshlanib, so‘ngra jinoiy ta’qib 
qilingan shaxslarni hisobga olgan. Hozirgi vaqtda bunday shaxslardan 
tashqari bir talay boshqa ob’ektlar ham hisobga olinadi. SHu sababli 
“kriminalistik ro‘yxatga olish” atamasi “jinoyatlarni ro‘yxatga olish”dan 
ko‘ra zamonaviy hisoblarni to‘laroq aks ettiradi. Kriminalistika 
amaliyoti bu xil axborotlarni ularning yaroqliligi jihatidan tekshiruvdan 
o‘tkazadi, bir xillari ko‘p yillar davomida mavjud bo‘ladi, boshqalari 
o‘zgaradi va bekor qilinadi. 
Jinoyat-protsessual qonunida kriminalistik ro‘yxatga olish nazarda 
tutilmagan, u qonun osti hujjatlari – buyruqlar, yo‘riqnomalar, dastur-
qo‘llanmalar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda tergovchining, tezkor 
xodimning, prokurorning, sudyaning so‘rovi hamda qiziqtiruvchi ob’ekt 
ro‘yxatga olishdan o‘tkazilganini ko‘rsatuvchi holatlar mavjud. Ular 
ilgarigi ro‘yxat bo‘yicha tekshiriladi. Tekshirish natijalari yuzasidan 
javob tayyorlanib, so‘rovchiga yuboriladi. Ba’zan tergovchi va 
Esda tuting! Kriminalistik ro‘yxat
(jinoyatni qayd qilish) deb, 
jinoyat sodir qilgan shaxs, shuningdek, jinoiy voqea bilan sababli 
bog‘lanishda bo‘lgan narsalar haqida ma’lumotlarni qayd qilish
yig‘ish va tartibga solishning ilmiy usuliga aytiladi.


154 
prokuratura xodimlari o‘zlari so‘rab olmay, bu ishni qonunga muvofiq 
surishtiruv organlariga topshiradilar. 
Kriminalistik hisobga olishlar yordamida qidirilayotgan va vafot 
etgan fuqaroning shaxsini, avvalgi sudlanganlikni, jinoyatlarni sodir 
etishda ilgari qatnashganlikni, qurol, raqamlangan ashyolar singari 
narsalarning kimga tegishliligini, bir xil usulda, bir shaxs, shaxslar 
guruhi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turkumini aniqlash mumkin 
bo‘ladi. 
Hisobga olinishi lozim bo‘lgan ob’ektlar jumlasiga

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish