project.gov.uz 06.06.2022 196 T/r Nazorat qiluvchi organ Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar) 11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
a) Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilgan holda, qimmatli qogʻozlar bozorida tijorat banklarining professional
faoliyati doirasida ular ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
v) Fond birjalarining faoliyati, qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat va lotereyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyat
bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
g) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari
mablagʻlaridan foydalanishda byudjet qonunchiligiga hamda byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy
nazoratni amalga oshirish;
d) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan), shuningdek insonparvarlik
yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
e) Davlat maqsadli va boshqa jamgʻarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa
jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Davlat asillik
darajasini belgilash palatasi
a) Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi affinaj korxonalarida (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar)
qimmatbaho metallarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, hisobga olish va saqlash ustidan doimiy davlat nazorati amalga oshirish;
b) Affinaj korxonalari faoliyati ustidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish;
v) Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi, ulardan foydalanilishi, realizatsiya
qilinishi, ularning saqlanishi hamda hisobga olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
g) Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, realizatsiya qilinayotgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda
asillik darajalari tamgʻalarining izlari mavjudligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
d) Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va
ularni tamgʻalash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
e) Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi talablarning yuridik shaxslar hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
j) Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish
hamdarealizatsiya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
z) Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshirish;
k) Qimmatbaho metallar yombilarini, qimmatbaho toshlarni va qahrabo hosilalarini noyob toifasiga kiritilishi ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini
rivojlantirish agentligi
a) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning
moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
b) sugʻurta bozori ishtirokchilari uchun belgilangan toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari va boshqa moliyaviy barqarorlik talablari
taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
v) sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
g) sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida sugʻurta bozori professional ishtirokchilari faoliyati
ustidan, zarur hollarda komissiya va ishchi guruhlarni tuzgan holda, nazoratni amalga oshirish.