Loyiha matni 49901-(61999)


-bob. Investitsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet168/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

28-bob. Investitsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
1-§. Umumiy qoidalar
319-modda. Investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar
Ushbu bob investitsiya faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va
investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.


project.gov.uz
06.06.2022
159
Ushbu bobning amal qilishi markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlarga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va
venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga
solish, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi munosabatlarning xususiyatlari maxsus qonunlar bilan
tartibga solinadi.
Investitsiya faoliyati sohasining u yoki bu munosabatlari maxsus qonunlar bilan tartibga
solinmagan hollarda ushbu Kodeksning normalari qoʻllaniladi.
Ushbu bobning qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari yoki
xalqaro shartnomalari oʻrtasida biror-bir nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda, investorlar uchun eng qulay
boʻlgan qoidalar ustuvor kuchga ega boʻladi.
320-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu bobda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga
oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
investitsiya majburiyati – belgilangan maqsadlarga erishish uchun investor tomonidan qabul
qilinadigan majburiyat;
investitsiya siyosati – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida
investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini taʼminlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining
investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga
yoʻnaltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir oʻzaro bogʻliq tadbirlar majmui;
investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish
bilan bogʻliq harakatlari majmui;
investitsiya faoliyatining ishtirokchisi – investitsiyalarning amalga oshirilishini buyurtmalarni
bajaruvchi sifatida yoki investorning topshirigʻi asosida taʼminlaydigan investitsiya faoliyati subyekti;
investitsiya shartnomasi – investitsiya faoliyati subyektlari oʻrtasida tuziladigan, investitsiya
shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim;
investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish yoki ijtimoiy foydali natijalarga erishish
maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar
asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar boʻlib, ular quyidagilarni
oʻz ichiga olishi mumkin:
mablagʻlarni, shu jumladan pul mablagʻlarini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank
omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni;
koʻchar va koʻchmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy
qimmatliklarni);
intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini
tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish