Loyiha matni 49901-(61999)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet182/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

project.gov.uz
06.06.2022
172
Bunda soliqlar va toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar chet ellik investorlar
tomonidan tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan
muddatga beriladi va bu imtiyozlar muddatsiz xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas.
Ushbu modda investitsiya loyihalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
maqsadida bir tomondan investor va boshqa tomondan investitsiya faoliyati subyektlari, shu jumladan
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida tuziladigan,
investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Oʻzbekiston
Respublikasi Hukumati tomonidan qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyoz va
preferensiyalar) berilishini talab qilmaydigan investitsiya shartnomalarining amal qilishini hech qanday
tarzda cheklamaydi.
347-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya
shartnomasining taraflari
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining taraflari
sifatida chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ish yuritadi.
348-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya
shartnomasining shartlari
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi quyidagilarni oʻz
ichiga olishi kerak:
investitsiyalar obyekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari;
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti;
chet ellik investorning huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya qilish, mahsulot ishlab
chiqarish hajmi, mahalliylashtirish, mahsulotning sifati, tovar (ish, xizmat)lar eksportining hajmi,
shuningdek qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat
toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati
toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish
toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi boʻyicha huquq va majburiyatlari;
chet ellik investorning xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologik
normalar boʻyicha zamonaviy talablarga muvofiq boʻlgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni
yetkazib berishga doir majburiyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiyalar
va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanganiga qoʻshimcha kafolatlar hamda qoʻllab-
quvvatlash choralarini (imtiyoz va preferensiyalarni) taqdim etishga doir huquq va majburiyatlari;
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga
oshirilishining borishi ustidan texnik nazorat tartibi toʻgʻrisidagi axborot;



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish