e-qaror.gov.uz
22.01.2022
55
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Tuman hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish
uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududda qishloq xo‘jaligi sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar
va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlari, tumandagi tegishli
tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda tuman hokimligida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish,
axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari, tuman tashkilot
rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari
tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari, tumandagi tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan
tuman hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda
talab qilish;
qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish va chorvachilik masalalarini hududiy
boshqaruv organlari, tuman hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida
ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
hududiy boshqaruv organlari, tumandagi tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal
etishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, tuman hokimi o‘rinbosari topshiriqlarining
hududiy boshqaruv organlari, tumandagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini o‘rganish.
11. Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-
bandlaridagi o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun
shaxsan javobgardir.
Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonunchilik
hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro
intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat
maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi
to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo
yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |