e-qaror.gov.uz
22.01.2022
50
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh
mahsulotlar yetishtirish loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasining barcha
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini
ishlab chiqadi;
b) qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va
rivojlantirish sohasida:
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoitlari, yerlarning meliorativ holati,
unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va
eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq
ekilishini, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini hamda qishloq xo‘jaligi
ekinlaridan belgilangan hosil yetishtirilishini tashkil etadi;
paxta xom ashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirishning yangi shakllarini joriy etadi;
agrosanoat klasterlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, klasterlar
modelidagi tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, jumladan, meva-
sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha birgalikdagi
faoliyatni amalga oshiruvchi qishloq xo‘jaligi birlashmalarini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya va fyuchers
shartnomalari bajarilishini va hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini tashkil qiladi;
v) yangi intensiv bog‘lar, uzumzor va issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan
dasturlar ijrosini ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va
issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim
sharoitlariga mos bo‘lgan intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha
kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va
vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos
bo‘lgan uzumzorlar barpo etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
g) yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza
qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yer resurslaridan belgilangan maqsadlarda oqilona va samarali foydalanishni, yerlarni
muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |