Loyiha konsepsiyasi


Loyiha tahlilining mohiyati va vazifalari



Download 0,88 Mb.
bet2/3
Sana14.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#667471
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish loyiha

3.Loyiha tahlilining mohiyati va vazifalari.


Loyiha tahlili — xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan bog’liq bo’lgan qaltislikni (tavakkalchilikni) tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash, baholash va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining dastlabki bosqichda, ya‘ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi.


Loyihaning daromadliligini aniqlash loyiha tahlilining vazifasi hisoblanadi. Daromadlilik esa loyihadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ya‘ni loyihaning daromadliligani aniqlash uchun uning barcha natijalarini aniqlash hamda loyihadan olingan daromadlar unga qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini hisoblab ko’rish kerak. Chunki loyihani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan qandaydir vaqt o’tgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib bo’lmaydi. Loyihaning ko’pgina aktivlari va inshootlari uzoq muddat xizmat qilishi buning sababi hisoblanadi. Loyihaning ayrim xarajatlari va natijalarini, masalan, qurilish ishlari xarajatlarini o’lchash va baholash oson. Boshqalarini esa o’lchash oson, lekin baholash ancha qiyin. Masalan, xodimlarni o’qitish xarajatlari va natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan o’lchash oson, lekin real natijalarini baholash ancha murakkab.
Nihoyat, ayrim loyihalar natijalarini, masalan loyihalarning an‘anaviy faoliyat turlariga ta‘sirini o’lchash ham, baholash ham qiyin.
Loyiha xarajatlari turli xilda bo’lishi tufayli loyiha har xil nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi.

  1. Loyiha texnik jihatdan asoslanganmi?

  2. Loyiha tijorat talablariga javob beradimi?

  3. Loyiha o’z-o’zini moliyaviy jihatdan qoplaydimi?

  4. U iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydimi?

  5. Loyiha atrof -muhitga kanday ta‘sir o’tkazadi?

  6. Loyiha mahalliy ijtimoiy - madaniy xususiyatlarnihisobga olganmi?

  7. Loyihani amalga oshirishning institutsional (tashkiliy) imkoniyatlari bormi?

Ijobiy natijalar yalpi xarajatlardan ortish-ortmasligini aniqlash zarur. Xarajatlarni tahlil qilish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak:

  • Loyihaning biz istagan natijasi qanday?

  • Loyiha xarajatlarini kim ko’taradi va uning ijobiynatijalaridan kim foydalanadi?

  • Loyihaning ijobiy natijalari qachon va qayerda paydo bo’ladi?

  • Loyihaning yakuniy qiymati to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun loyihaga aloqador bo’lgan kishilarning turli guruhlari olgan foyda va qilgan yuqotishlarni qanday taqqoslash va jamlash kerak?

  • Bu loyihaning yakuniy ijobiy natijasi boshqa mumkin bo’lgan loyihalar natijasidan nimasi bilan farq qiladi?

Loyiha tahlili loyihani shakllantirish jarayonining uzidayoq uning turli jihatlari ta‘sirini va rolini o’zgartirish imkonini beradi. Har qanday yangi axborot, agar foydali bo’lsa, ilgari qabul qilingan qarorlarni o’zgartirish uchun sabab bo’lishi mumkin.
Demak, loyiha-smeta hujjatlari loyiha tahlili jarayonida, ya‘ni loyihaning turli jihatlarini ko’rib chiqish natijalari va yangi olingan axborotlardan kelib chiqib, ilgari berilgan baholarni tuzatish bilan birga ishlab chiqiladi.




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish