kimyo
sanoatida va boshqa sohalarda qoʻllanadi. (Uglerodning olinishi va qoʻllanishi haqida yana q.
Grafit
,
Karbonatlar
,
Karbidlar
,
Koks
,
Is gazi
,
Uglerod (IV
)oksid, Olmos, Qurum).
Uglerod Yerdagi hayotning asosini tashkil etuvchi muhim biogen element. Odam organizmida
massa jihatidan 20,2% Uglerod mavjud. Uglerod shuningdek, oqsillar (52% atrofida), DNK va r-nK
molekulalari (37% atrofida), fermentlar, gormonlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Organizmning
tuzilishida qatnashuvchi va uning hayot faoliyatini taʼminlovchi turlituman organik birikmalar,
asosan, Ugleroddan iborat. Organizm uchun zarur boʻlgan energiyaning katta qismi hujayralarda
Uglerodning oksidlanishidan hosil boʻladi. Uglerod atomlari, shuningdek, Uglerod bilan boshqa
elementlar oʻrtasida mustahkam kimyoviy bogʻ hosil boʻladi, lekin bu bogʻ nisbatan yumshoq
fiziologik sharoitlarda parchalana oladi. Uglerodning kuchli oʻzlashtirilish (assimilyatsiya)
mexanizmi SO2 — fotosintez shaklida yashil oʻsimliklarda doim sodir boʻladi (oʻsimliklar har yili
100 mlrd. t. SO2 oʻzlashtiradi). Yerda SO2 ning eng koʻhna oʻzlashtirilish usuli — xemosintez
mavjud. Koʻpchilik hayvonlar Uglerodni ovqatdan tayyor organik birikma holida oladi.
Tirik organizmda quruq modda hisobida quyidagi miqdorda Uglerod boʻladi: suv oʻsimliklari va
hayvonlarida 34,5— 40%, yer usti oʻsimliklari va hayvonlarida 45,5—46,5%, bakteriyalarda 54%.
Uglerodning anchagina qismi minerallashadi va yer osti boyliklarini, chunonchi: toshkoʻmir, neft,
ohaktosh va boshqalarni hosil qiladi. Uglerod radioaktiv izotoplarining biol. va tibbiyot
tadqiqotlarida qoʻllanishi moddalar almashinuvini oʻrganishda katta ahamiyatga ega. 14S
molekulyar biologiyada oqsillar biosintezi va irsiy informatsiyalarning oʻtkazilish mexanizmini
oʻrganishda qoʻllanadi.
Uglerod birikmalari. Uglerod galogenlar bilan umumiy formulasi SX4 boʻlgan (bu yerda X—S1, F,
Vg , I) galogenidlar, oltingugurt bilan CS2,a3OT bilan (CN)2 hosil qiladi.
Uglerod (1U)xlorid (tetraxlormetan, perxlormetan) SS14 — rangsiz, xushboʻy hidli, yonmaydigan
suyuklik. Qaynash temperaturasi 76,7°, muzlash’trasi —22,9°. Suvda erimaydi, havo, yorugʻlik va
konsentrlangan sulfat kislotaga chidamli. Metanni xlorlash yoki CS2 ga xlor taʼsir ettirish yoʻli
bilan olinadi. Smola, lok, yogʻ, moy va boshqa uchun erituvchi, yongʻinni oʻchiruvchi modda
sifatida qoʻllanadi.
Uglerod (1U)ftorid CF4 — rangsiz, hidsiz gaz, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi —
183,6°, qaynash temperaturasi — 128°. Texnikada past trali tenzimetrlarda qoʻllanadi.
Uglerod (1U)bromid SVg4 — kristall modda, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 93,7°,
kaynash temperaturasi 189,5°.
Uglerod (1U)yodid S14 — kristall modda, suvda oz eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 17 G,
zichligi 4,32 g/sm³.
Uglerod (1U)sulfid CS2 — rangsiz, oʻziga xos hidli suyuqlik. Qaynash temperaturasi 46,26°,
muzlash temperaturasi —112, G, zichligi 1293 kg/m³. Zaxarli modda, juda tez alangalanadi.
Yonganida karbonat angidrid SO, va sulfat angidrid SO2 hosil boʻladi. Suvda oz, efir, spirt,
xloroformda yaxshi eriydi. Texnikada choʻgʻ holatdagi lista kumir ustidan oltingugurt bugʻi
oʻtkazish orqali olinadi. Turli moddalar uchun erituvchi sifatida, viskoza ipak i.ch. da, qishloq
xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Alangalanuvchan modda boʻlgani uchun
uni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur.y.(IV)H itrid (sian yoki ditsian) (CN)2 —
rangsiz, achchiq brom hidiga oʻxshash oʻtkir hidli, zaharli gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 20,5°,
qotish temperaturasi —34,4°, suyuq holatdagi zichligi 860 kg/m³. Suvda, spirt va efirda yaxshi
eriydi. Kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi. Simob
(P)sianidni endotermik parchalash, shuningdek, 2 valentli mis tuzlariga kaliy sianid eritmasini
taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi.
(Uglerodning vodorodli birikmalari, ularning olinishi va ishlatilishi haqida
Organik kimyo
’
maqolasiga qarang).
Kasimova Uglerod S, Biogennie elementi, Uglerod, 1990; Par p iye v Uglerod Uglerod,
Raximov UglerodUglerod, Muftaxov Uglerod Uglerod, Anorganik kimyo, Uglerod, 2003.
Stalina Qosimova.
Uglerod -
unsurlar davriy jadvalining
6 unsuri,
metallmas
.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kimyoga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Uglerod&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 7 soatlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Uglerod&oldid=2442436
"
dan olindi