Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja


Aloqa kanallari, nihoyat, bunday bo‘lishi mumkin



Download 423,83 Kb.
bet9/9
Sana21.07.2022
Hajmi423,83 Kb.
#831711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja

Aloqa kanallari, nihoyat, bunday bo‘lishi mumkin:

  • kommutatsiyalanadigan;

  • kommutatsiyalanmaydigan.

Kommutatsiyalanadigan kanallar axborotni faqat uzatish vaqtiga alohida uchastkalar (segmentlardan) tuziladi; uzatish tugagandan keyin bunday kanal tugatiladi (ajratiladi).
Kommutatsiyalanmaydigan (ajratilgan) kanallar uzoq, vaqtga tuziladi va uzunligi, xalaqitlardan himoyalanganligi, ma’lumotni o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha doimiy tavsiflarga еga bo‘ladi. Ma’muriy-boshqaruv aloqa tizimlarida ko‘pincha еlektr simli aloqa kanalidan foydalaniladi.
O‘tkazish qobiliyati bo‘yicha quyidagi aloqa kanallari bo‘lishi mumkin:

  • past tezlikli, ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutatsiyalanadigan (abonentli telegraflar), ham kommutatsiyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari;

  • o‘rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish tezligi 300 dan 9600 bit/s gacha, telegraf va telefoniya bo‘yicha Xalqaro maslaxat qo‘mitasining yangi V.32-V.34 standartlarida еsa 14400 dan 56000 bit/s gacha;

  • yuqori tezlikli (keng qutbli), ular axborot uzatish tezligi 56000 bit/s dan yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Aloqa kanali bo‘yicha diskret axborotni uzatish tezligi bodlarda o‘lchanadi. Bir bod - bu shunday tezlikki, bunda bir sekundda bir bit uzatiladi (qat’iy aytganda, bit/s aloqa kanalidagi signalning birlik o‘zgarishiga mos keladi, lekin signalni oddiy kodlash usullarida: 1bod=1 bit/s; 1Kbod=103 bit/s; 1Mbod=106 bit/s deb qabul qilinishi mumkin; agar har bir vaqt oralig‘ida ma’lumotlar еlementi ikkita еmas, balki signal biron-bir parametrining ko‘p sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan holda, 1 bod> 1 bit/s).

Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta’mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat’i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5-10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1-2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1 - 0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba’zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2 - 4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzoif kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:

  • o‘ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, ya’ni ekranlashtiriladi (экранированные - shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan,

  • ya’ni ekranlashtirilmagan (неэкранированные , unshielded twisted pair, UTP);

  • koaksial kabellar (coaxial cable);

  • shisha tolali kabellar (оптолоконные кабели – fiber optic).

Kabelning har bir turi o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona standartlarining o‘rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari

1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» T– 2006.


2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
3) A.A. Abduqodirov, A.G‘. Hayitov, R.R. Shodiyev «Axborot texnologiyalari» T-2003.
4) B. L. Broydo «Ofis texnikasi» - Toshkent «Mehnat» -2001y.
Download 423,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish