Bo‘yoq tarkiblar kimyoviy tarkibi, ishlatish sohasiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Ularning kimyoviy klassifikatsiyalanishida hosil bo‘ladigan bo‘yoq qatlamining tabiati, tarkibi hamda belgilanishi asos qilib olingan. Belgilangan bosh harflar bo‘yoq qatlami-plyonkasi hosil qilishi bo‘yicha qaysi turga taalluqliligini bildiradi. Masalan, alkid-arilli – AÑ, gliftalli – ÃÔ, kremniyorganik – KO, karbamidli MÈ, perxlorvinilli – XÂ, poliakrilli – AK, poliakrilli – AK, poliamidli – ÏA, polivinilasetatli – ÂA, silikatli – ÆÑ, epoksidli
12.1-jadvalda bo‘yoq qoplamalarning ishlatilish belgilari bo‘yicha ratsional sohalari berilgan.
12.1-jadval
Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi
-
Bo‘yoq tarkibining ishla- tilish sohasiga ko‘ra nomi
|
Ishlatilish guruhi
|
Ishlatilish sharoiti
|
Atmosfera muhitiga chidamli
|
1
|
Ochiq maydonda ishlatiladigan turli klimatik ta’sirlarga chidamli qoplamalar
|
Atmosfera muhitiga chega- ralangan darajadachidamli
|
2
|
Isitilmaydigan xonalar va yopmalar ostida ishlatiladigan qoplamalar
|
Konservalovchi
|
3
|
Bo‘yaladigan yuzalarga vaqtinchalik ishlatilgan qoplamalar
|
Suv muhitiga chidamli
|
4
|
Suv va suv bug‘i ta’siriga chidamli qoplamalar
|
Maxsus
|
5
|
Rentgen nurlariga chidamli, nurla- nadigan, biologik chidamli vash.k.
|
Maxsus bo‘yoq tarkiblarini quyidagicha davom ettirish mumkin:
6 – moy va benzin muhitiga chidamli, 7 – kimyoviy muhitga chidamli, 8 – termik (issiqlik) muhitga bardoshli, 9 – elektr izolatsiyasi.
Bo‘yoq tarkiblarini markalashda bosh harflar indeksi ishlatiladi: suv dispersiyali – VD, organodispersiyali – OD, suvda aralashuvchan
V, poroshokli (kukunli) – P. Muayyan bo‘yoq tarkibini tavsiflash uchun misol keltiramiz: emal – XV–16, ya’ni perxlorvinilli emal – (XV), 1 – atmosfera muhitiga chidamli, registratsiya raqami – 6.
Bo‘yoq qoplamalarini markirovkalashda tashqi ko‘rinishi sifati ham hisobga olinadi. RSt bo‘yicha bo‘yoq qoplamalari defektlari turi va soni jihatidan tashqi ko‘rinishi sifatiga nisbatan 7 klassga bo‘linadi: I–hech qanday defekt bo‘lishiga ruxsat etilmaydi; II– VII–defektlar uzunligi, eni, diametri va ular orasidagi masofalarga bog‘liq ravishda sonini hisobga olgan holda (dona m2) ba’zi notekisliklar ruxsat etiladi; III–VII klasslarda to‘lqinsimonlik ruxsat etiladi; V–VII klasslarda oqmalar va IV–VII klasslarda turli soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi.
Bo‘yoq tarkiblari qoplama usuliga nisbatan mo‘yqalamda suriladigan, pulverizatorda sepiladigan, qurish sharoitiga ko‘ra sovuq va issiq sharoitda qoplama qatlami hosil qiladigan turlarda bo‘ladi. Bo‘yoq tarkiblari konsistensiyasiga (quyuqligi) ko‘ra suyuq, qovushqoq, pastasimon, reologik xususiyatlarga nisbatan struktura- lanuvchi tizimga taalluqli. Ularning quyuqlik darajasi sepish usuliga mutanosib ravishda tayyorlanishi kerak. Lok-bo‘yoqlarning quyuqligi (qovushqoqligi) viskozimetrlar yordamida o‘lchanadi va sekundlarda (s) ifodalanadi. Ularning quyuqlanish davri qovush-
qoqlikning orta boshlash vaqti bilan belgilanadi.
Bo‘yoq tarkiblarining xossalarini aniqlash uchun metall yoki shisha yuzasida yupqa qattiq qatlam hosil qilinadi. Bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘lishi fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar borishi, tarkibdan erituvchining bug‘lanishi yoki suvli dispersiyalarning parchalanishi va boshqa jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bo‘yoq qoplamalar qotish jarayonining tugallanishini qattiqlik darajasi orqali aniqlash mumkin.
Lok-bo‘yoq qoplamalarning qurish tezligi ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ular bu jihatdan 5 bosqichli turlarga bo‘linadi. Zarurat bo‘lsa, lok-bo‘yoq qoplamalarning haroratdan chiziqli ken- gayish koeffitsiyenti, egilishdagi mustahkamligi, agressiv qorish- malarga chidamliligi kabi maxsus xossalari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |