Lok-bo‘yoq materiallar tayanch iboralar



Download 111 Kb.
bet6/9
Sana13.06.2022
Hajmi111 Kb.
#663231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lok va bo‘yoq materiallarning asosiy xossalari.

Pigmentning dispersligi bo‘yoq tarkiblarining xossalarini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Disperslik ortgan sari pigmentning yopuvchanligi, ranglash kuchi va moy sig‘imi oshib boradi. Pigmentning tarkibi bir-birini to‘ldiruvchi fraksiyalardan iborat, ya’ni polidispers bo‘lsa, bog‘lovchining sarfi kamayadi va sifatli bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘ladi.
Pigmentning yopuvchanligi 1m2 yuzani qoplash uchun bo‘yoq tarkibidagi pigment (g) sarfi bilan o‘lchanadi. Pigmentning ranglash kuchi oq pigment bilan aralashtirilganda rangli tus berish xossasi bilan belgilanadi. Pigmentlarning yopuvchanligi va ranglash kuchi ularning turiga, tabiatiga va dispersligiga bog‘liq.
Pigmentning nurga chidamliligi ultrabinafsha nurlar ta’sirida uzoq muddat rangini saqlab qolish xususiyati bilan ifodalanadi. Odatda, tabiiy mineral pigmentlar nur ta’siriga chidamli bo‘ladi, organik pigmentlar esa ultrabinafsha nur ta’sirida vaqt davomida rangi va xususiyatlarini o‘zgartiradi.
Pigmentning moy sig‘imi 100 g pigmentni pastasimon holatga keltiruvchi olif miqdori (g) bilan o‘lchanadi. Uning moy sig‘imi dispersligiga va kukun donachalarining mikrog‘ovakligiga bog‘liq.
Pigmentning atmosfera muhitiga chidamliligi suv, kislorod, nordon gazlar, ho‘llanish va qurishning almashishi, muzlash va erish kabi atmosferada yuz beradigan tabiiy jarayonlar ta’siriga uzoq muddat bardosh berishi bilan belgilanadi. Xususiy hollarda pigmentning ishqor muhitiga chidamliligi talab etiladi. Tabiiy pigmentlar va ko‘pchilik sun’iy pigmentlar ishqoriy muhitlarga chidamli bo‘ladi. Xrom oksidi, titanli belila, grafit va sh.k. kislotali muhitlarga bardoshli bo‘ladi.
To‘ldirgichlar bo‘yoq tarkiblariga pigmentlarni tejash, muayyan yangi xususiyatlar berish maqsadida kiritiladi. Ma’lum bir turdagi dispers to‘ldirgich bo‘yoqning mustahkamligini, korroziya bardoshligini, olovbardoshligi va sh.k. xususiyatlarni yaxshilashi mumkin. To‘ldirgichlar sifatida talk, kaolin, kvars, asbest, sluda, diatomit, ohaktosh, bo‘r polietilen, polipropilen, polivinilxlorid kabi termoplastik polimer kukunlari va boshqalar ishlatiladi.
Pigmentlar va to‘ldirgichlar bir-biriga tabiati jihatidan mos kelishi va polistruktura hosil qilishi bo‘yoq tarkiblarining xususiyat- larini mukammal bo‘lishini kafolatlaydi.



    1. Download 111 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish