Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter axborot tizimidir.
Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan.
Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, o‘zining raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining sifatini ko‘rib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan o‘zib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni beradi?
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar;
tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan xaridorlar;
mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati.
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:
bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va xizmatlarni yaratish;
firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;
firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi;
mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish.
Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar.
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab olish kerak, so‘ng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda.
Raqobat strategiyasi tushunchalari
So’nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining ko’p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo’lib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi o’tgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo’lib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur bo’lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda.
Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga ortib borib dunyo bo’yicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan:
xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir xonadonga kirib bormoqda;
axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti. Jumladan: tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va ko’ngil ochish, tarmoqda maorif va tarbiya;
v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo’lishidan qatьiy nazar axborot tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yo’nalishdagi axborotni to’liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda;
g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o’rtasidagi georgrafik va geosiyosiy chegaralar yo’qolib borayapti.
Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni ko’p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan o’zgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka qaraganda madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yo’naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko’proq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi.
Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo’lib axborot mahsulotlari va xizmatlari sanaladi. YA’ni axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko’proq axborot xizmatini ko’rsatish lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |