Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo’ljallangan dasturiy, tillar vositalarining to’plamidir. Ma’lumotlar bazasiga murojat qilish bilan bog’liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan boshqarish dasturi – o’zagi MBBTning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
MBBTning tarkibiga ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to’plami kiradi. Bu to’plamni tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar tashkil qiladi.
MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi:
ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari;
ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan darcha shakllarini loyihalash vositalari;
berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari;
ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko’rinishda bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish vositalari;
til vositalari - makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki boshalar), talablar tili (QBE- Query Example, SQL) va h.k. Ular ma’lumotlarni ishlashining nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini bajarish uchun qo’llaniladi.
Shunday qilib, ma’lumotlar banki bir necha ma’lumotlar bazasi, boshqarish va amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT ga yuklatilgan vazifalarni bajarishda asosiy rol o’ynaydi. SHu bilan birga, ma’lumotlar bankining samarali faoliyati uning ta’minlovchi elementlariga ham bog’liqdir. Bu ta’minot tarkibiga quyidagi elementlar kiradi.
Texnik ta’minot ma’lumotlar banki va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM, tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonent punktlari va boshqalar kiradi.
Matematik ta’minot - funktsional masalalarni echish va Ma’lumotlar bankini boshqarish usullari, matematik modellar va algoritmlar to’plamidan tashkil topadi.
Dasturiy ta’minot-Ma’lumotlar bankining faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil qo’shimcha vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan servis dasturlarning to’plamidan iborat bo’ladi.
Axborot ta’minoti-ma’lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.
Lingvistik ta’minot - MBBTda foydalaniladigan tillar, lug’atlar majmuasi orqali tashkil qilinadi.
Tashkiliy ta’minot - Ma’lumotlar bankining kundalik faoliyatini ifodalovchi rasmiy hujjatlar, me’yoriy ko’rsatmalar to’plamidan iborat bo’ladi.
YUqorida aytib o’tilgandek, ma’lumotlar banki inson-mashina tizimi hisoblanadi, ya’ni axborot tizimidir. Hozirgi kunda ma’lumotlar banklari inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy- tadqiqot ishlarini boshqarishda, ommaviy axborot xizmatlarini ko’rsatishda qo’llanilmoqda. Bunda ma’lumotlar bankini axborot tizimi sifatida faoliyat yuritishida quyidagi ikki shaklning biridan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |