e-qaror.gov.uz
28.12.2021
1
2021 йил «1» ноябрь
VI-36-69-7-99-K/21
Нуробод туман ҳокимлиги
Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish
yuzasidan tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,
kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
N.Raxmonovning hisoboti to‘g‘risida
Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat
o‘tkazish yuzasidan tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,
kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
N.Raxmonovning hisobotini tinglab, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari
tuman Kengashining VI chaqiriq, XXXVI sessiyasi
QAROR QILADI:
1 Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat
o‘tkazish yuzasidan tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,
kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
N.Raxmonovning hisoboti - maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar
rahbarlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish
bo‘yicha shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
3. Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,
kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
(N.Raxmonov) va tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i (J.Xamrayev),
“Nurobodtumangaz” filiali boshlig‘i (I.Xamrayev), tuman uy-joy kommunal
xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i (I.Qurbonov), “Samarqandsuvtaʼminoti” MCHJ
e-qaror.gov.uz
28.12.2021
2
tuman bo‘limi boshlig‘i (A.Axmedov), tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri
(R.Turayev), tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i (A.Abiyev) hamda tuman
maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiri (D.Amirova)larga:
kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talafot va avariyalarni
tez muddatda bartaraf etish maqsadida zaruriy materiallar va asbob-uskunalar
zaxirasini tashkil etish;
avariya va nosozliklarni operativ tarzda bartaraf etish uchun kecha-yu kunduz
ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etib, mavjud barcha
texnikalarni shay holatga keltirish;
kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-
tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish;
ko‘p qavatli uy-joylarda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, ichimlik
suvi, kanalizatsiya tarmoqlari, tabiiy gaz, elektr energiyasi va issiqlik energiyasi
taʼminotini yaxshilash;
ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi, tom, fasad,
yo‘laklar va yerto‘la qismining ahvolini o‘rganib chiqish;
tuman Kengashi deputati (S.Suyarov) tomonidan bildirilgan taklifga asosan
yangi qurilgan 41-maktab filialiga 15 kun muddatda zarur jihozlar ajratilishini
taʼminlash;
ko‘p qavatli uylarni va ijtimoiy soha obyektlarini hamda issiqlik, ichimlik
suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz taʼminoti tizimlarini mavsumga tayyorlash, oziq-
ovqat taʼminoti zaxiralarini yaratish kabi muhim masalalarni o‘rganish va
aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,
kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
(N.Raxmonov), tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i (J.Xamrayev) bilan
birgalikda bir hafta muddatda Sahoba MFY, Tutli qishlog‘ida o‘rnatilgan 2 ta
transformatorni aholi tarmog‘iga ulanishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman
Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari va aholiga
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi (B.Qilichov) hamda tuman
hokimining o‘rinbosari (N.Raxmonov) zimmasiga yuklatilsin.