Mavzu:
Logopedik tekshiruvda an’naviy yondoshuv. Logopedik tekshiruvning mazmuni va mohiyati.
Reja:
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni saralash.
Logopedik tekshiruvning predmeti, obyekti, subyekti.
Logopedik tekshiruvning maqsadi va vazifalari.
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar bilan korreksion rivojlantiruvchi ishlar tashkil etiladi. Korreksion rivojlantiruvchi ishlarda psixolog, logoped, tarbiyachi, nevrapotolog, psixonevrolog kabi mutaxasisslar bilan olib boriladi. Tajribadan ma’lumki, turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalardagi kamchiliklarni bartaraf etishda ularning yosh xususiyatlari inobatga olgan holda takshkil etiladi. Ayniqsa bolani bog‘cha yoshida erta korreksion rivojlantiruvchi ishlarni olib borish, bu bolani hayotga erta moslashtrishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bо‘g‘ini sifatida О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘llaniladigan davlat talablariga muvofiq, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan maktabda о‘qishga tayyorlashni nazarda tutatadi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim takshilaotlarining vazifalar hisoblanadi:
Maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixitisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qо‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;
Korreksion ta’lim tarbiya jarayonini shaxsga yо‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
Bolaning ijtimoiy xissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion –rivojlantiruvchi ta’lim tarbiya muhitini yaratish;
Bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
Bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan 3-7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:
1.Nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar; (alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar)
2.Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar; (1-4 guruh karlik va zaif eshituvchi bolalar)
3.Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;(kо‘zi ojizlar, zaif kо‘ruvchi bolalar)
4.Psixik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;(psixik rivojlanishning orqada olishi, psixik nutqiy rivojlanshining orqada olishi, bolalar autizmi)
5.Aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar;( aqliy rivojlanishida orqada qolishning yengil darajasi, aqliy rivojlanishida orqada qolishning о‘rta darajasi)
6.Tayanch harakatlanish a’zolarida nuqsonlari bо‘lgan bolalar (ortopedik jarohatlarning asoratlari, idiopatik о‘zgarishlar( bо‘yin, kо‘krak,umurtqa).
Turli rivojlanshida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan tashkil etiladigan logopedik ishlarda logopedik tekshiruvning ahamiyati juda kattadir. Logopedik tekshiruvda bolaning barcha nutq komponentlari va nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari о‘rganiladi.
Logopedik tekshiruv ishlarining samarali natijasi asosan maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kо‘proq kо‘zga tashlanadi. Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati maxsus dastur asosida ishlab, dastur 4 ta о‘quv yiliga mо‘ljallangan bо‘lib, о‘quv yili boshidan 2 hafta davomida olib borilgan tekshiruvdan sо‘ng tanlab olinadi. Bolalarning har tomonlama dastur materiallarini qay darajada о‘zlashtirishlarini tekshirish uchun yilning oxirida vaqt ajratiladi. О‘qish kuni 2 sentabrdan 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustga qadar yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlar jadvali 5 kunlik ish kuniga mо‘ljallab tuzilib, defektolog va tarbiyachilar tomonidan nutq о‘stirish, tevarak atrof bilan tanishtirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, matematika, tо‘g‘ri talaffuzga о‘rgatish, tasviriy faoliyat bilan tanishtirish, qurish-yasash, mehnat, jismoniy tarbiya, о‘yin mashg‘ulotlari olib boriladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, maqsadga erishish uchun muayyan korreksion ta’lim-tarbiya ishlarga kompleks yondoshilib, ya’ni davolash tadbirlarini pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog‘lab olib borish kerak.
Bolalar ta’lim-tarbiyasiga qо‘yiladigan asosiy vazifalarni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi.
Bolalarning umumiy rivojlanishini shakllantirish.
Mavjud kamchiliklarini korreksion-pedagogik va tibbiy sog‘lomlashtirish usullar orqali bartaraf etishga erishish;
Ijtimoiy hayotga moslashtirish;
Bolalarni maktab ta’lim-tarbiyasiga tayyorlash.
Logopedik tekshiruvning predmeti: turli xil rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutq shakllanishi xususiyatlariga va nutq kamchiliklarini aniqlashdan iborat.
Logopedik tekshiruvning obyekti: nutqiy va nutqiy bо‘lmagan jarayondir.
Logopedk tekshiruvning subyekti: nutqida nuqsoni bо‘lgan shaxs (bola).
Zamonaviy pedagogik tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘qituvchi bilan о‘quvchi о‘rtasida munosabat subyekt – subyekt sanaladi. Shu boisdan ham nutqida nuqsoni bо‘lgan bola obyekt emas, subyekt hisoblanadi.
Logopedik tekshiruvning maqsadi: bolada kuzatiladigan nutq kamchiliklarining rivojlanishi olidini olishda korreksion rivojlantiruvchi ishlarni aniqlash va bolaga tо‘g‘ri ta’lim tarbiya berish.
Logopedik tekshiruvning maqsadidan kelib chiqgan holda vazifalar belgilanadi:
Ta’lim tarbiya jarayonini olib borishda aniq reja asosida nutq kamchililiklarini bartaraf etishda korreksion logopedik ishlarni tashkil etilish.
Chuqur о‘rganish orqali bolada kuzatiladigan salbiy xusuisyatlarni aniqlash.
Pedagogik faoliyat davomida nutq kamchiliklarini aniqlash va ularda kuzatiladigan о‘zgarishlarni belgilash.
Tayanch sо‘zlar va iboralar:
Alaliya - bosh miya qobig‘idagi nutq zonalarining bolaning ona qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organ shikastlanishi natijasida nutqning yо‘q bо‘lishi yoki rivojlanmay qolishi.
Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog‘liq holda nutqning tо‘liq yoki qisman yо‘qolishi.
Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog‘liq holdagi buzilishdir.
Dizartriya - nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir.
Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur’at-ohangning buzilishidir
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar deganda nimani tushunasiz?
Turli rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar kimlar?
Logopedik tekshiruv nima?
Logopedik tekshiruvning obyekti, predmeti, subyekti nimadan iborat?
Logopedik tekshiruvning maqsad va vazifalari nimada iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1. Борозинец Н.М., Шеховцова Т.С. «Логопедические технологии»: Учебно-методическое пособие – Ставрополь, 2008. – 27 с.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528- sonli qaroriga 3 -ilova
3. M.Y.Ayupova “Logopediya” . Toshkent 2007 yil, 55-56 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |