12 mavzu: Dizartriya va rinolaliyada tovushlar talaffuzini korreksiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Dizartriya nutq kamchiligida tovushlar talaffuzini bartaraf etish.
2. Rinolaliya nutq kamchiligida tovushlar talaffuzini bartaraf etish.
Dizartriyani bartaraf etish bо‘yicha olib boriladigan logopedik ta’sir tizimi kompleks ravishda amalga oshiriladi, ya’ni artikulyatsion apparat massaji va gimnastik mashqlari, ovoz va nafas ustida ishlash, umumiy davolash, davolovchi jismoniy —tarbiya, fizioterapiya va dori —darmonlar bilan davolash ishlari.
Dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatish ishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaf-fuzidagi kamchiliklarining asosiy sababi nutq apparati a’zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatni artikulyusion apparat harakatchanligini rivojlantirishga qaratishi lozim.
Tovushlar talaffuzi ustida ishlash quyidagi holatni hisobga olib tashkil etiladi:
1- Dizartriya shakli, bolaning nutqini rivojlanish holati va bola yoshi-ni hisobga olish.
2- Nutq kommunikatsiyasining rivojlanishi. Tovushlar talaffuzining shakllanishi komunikatsiyaning rivojlanishiga yо‘naltirilgan bulishi lozim.
3 – Motivatsiyaning rivojlanishi, bor bо‘lgan buzilishlarining bartaraf etishga intilish, о‘z — о‘zini anglashni, uziga ishonch, о‘zini boshqarish va nazorat qilish, о‘z qadrini bilish hamda о‘z kuchiga ishonish.
4—Differensial eshitish idroki va tovush analizi qobiliyatini ri-vojlantirish.
5—Kо‘ruv—kinestetik tuyg‘uni rivojlantirish yо‘li bilan artikulyatsion tartib va artikulyatsion harakatni kuchaytirish.
6—Ishni bosqichma—bosqich tashkil etish. Korreksion ish bolada ta-laffuzi saqlanib qolgan tovushlardan boshlanadi. Ba’zan tovushlar ancha sodda motor koordinatsiyalari tamoyiliga kо‘ra tanlab olinadi, ammo arti-kulyatsiyaon buzilishni hisobga olingan holda birinchi navbatda ilk ontogenez tovushlari ustida ish olib boriladi.
7—Eng og‘ir buzilishlarda ya’ni bola nutqi atrofdagilar uchun umuman tushunarsiz bо‘lganda korreksion ish alohida ajratilgan tovushlar va bо‘g‘inlardan boshlanadi. Agarda bola nutqi atrofdagilar uchun nisbatan tushunarli bо‘lsa va u ayrim sо‘zlarda nuqsonli tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qila olsa unda ish «tayanch» sо‘zlardan boshlanadi. Har qanday hollarda va turli nutqiy holatlarda tovushlar nutqda mustahkamlanishi zarur.
8—Markaziy asab tizimi shikastlangan bolalarda nutqdan oldingi davrda logopedik ishlarni muntazam olib borish yо‘li bilan tovushlar talaffuzidagi murakkab buzilishlarni oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Tovushlar talaffuzini bartaraf etishda individual yondoshish tamoyilidan foydalaniladi. Tovushlarni tо‘g‘rilash va nutqqa qо‘yish individual tan-lanadi. Bir nechta tovushlar ustida ishlash ishda izchillikni talab etadi. Tuzatish ishida birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan tovushlar yoki tuzatish oson bо‘lgan tovushlar tanlab olinadi. Bu tovushlar; a, p, u, m, k, n, x, b, o, t, s, l. Ushbu tovushlar ustida ishlash jarayonida ularni talafuz normasigacha keltirish mumkin. Yuqorida kо‘rsa-tilgan tovushlar ustida ishlash bilan bir vaqtda fonematik eshituvni rivojlantirish va tovushlar analizi malakalarini shakllantirish ustida ham ish olib boriladi.
Artikulyatsion buzilishlarning og‘ir hollarida tovushlarni nutqga qо‘yish maxsus yordamni talab etadi. Bunda logoped kо‘rish, taktil-vibratsion sezish-dan foydalangan holda u yoki bu tovushning talaffuzi uchun zarur bо‘lgan harakatni bajarishni bolaga tushuntiradi va yordam beradi. Masalan, anartriyada logoped «u» tovushi artikulyatsiyasini hosil kilish uchun bola lablariga qо‘lini yaqinlashtiradi.
Tovushlarni nuqtaga qо‘yish ustida ishlaganda logoped aniq bо‘lmasa ham tovushni tо‘g‘ri talaffuz darajasiga yaqinlashtirishi lozim. Dastlabki vaqtlarda normal talaffuzga erishish qiyin. Bu vaqtda bolaning о‘xshash tovushlarni uzlashtirishi, ularni farklashi juda muhimdir. Tovushlarni normal talaffuziga yakinlashtirish darajasi artikulyatsion apparatning jarohatlanish darajasi bilan aniqlanadi. Har bir yangi tovush ustida ishlashda, uning artikulyatsion xususiyatlarini о‘rganish zarurdir, ya’ni artikulyatsiyaning asosiy xarakterli belgilari, uning boshqa tovushlardan farqli tomoni, artikulyatsiyani boshqalari bilan solishtirish.
Muntazam mashqlar olib borilishi tovushni kerakli artikulyatsion tartibga yaqinlashtiradi va tо‘liq tovush talaffuziga о‘tiladi. Logoped sekin-asta о‘rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi.
Artikulyatsion motorika va tovushlarni nutqga qо‘yish ustida ishlashdan tashqari, fonematik eshituvni rivojlantirish uchun xam muntazam ravishda ish olib boriladi. Bunda bolalar unli tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni ajratishga va analiz qilishga о‘rganadilar. Bolalar о‘rganadigan tovushlarni turli bо‘g‘inlar birikmalarida qaytarishga, bо‘g‘in va sо‘z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-ketligini aniqlashga о‘rganib boriladi.
Talaffuz ustida ishlash mashg‘ulotlarida artikulyatsion apparat a’zolarini rivojlan-tirishga qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi. Foydalaniladigan mashqlar bolalarning individual rivojlanishlarini nutqiy holatlarini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Bundan tashqari mashg‘ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi о‘rganilgan tovushni aloxida va bо‘g‘inlar birikmasida talaffuz etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped о‘tilganlarni bola qanday о‘zlashtirganligini doimo tekshirib bormog‘i lozim. Buning uchun boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli bо‘lgan artikulyatsiya a’zolari holatini aytib berish yoki kо‘rsatib berish taklif etiladi, sо‘ng tovushni alohida va sо‘zlarda talaffuz etish sо‘raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan mashqlar kо‘ruv va taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi.
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bо‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qо‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar о‘tkaziladi.
1)og‘iz va burin tovushlar differensiatsiyasi (p-m);
2)burunli tovushlar guruhi о‘rtasida tovushlar differensiatsiyasi (m va n);
3)dortlovchi tovushlar guruxida tovushlar differensiatsiyasi (k-x)
4)unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, u)
5)portlovchi va qorshiq tovushlar differensiatsiyasi (t-s)
Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarning о‘zlashtirish uchun asos yaratiladi.
Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bо‘lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qor-shiq va «r» tovushidir. Bu davrda ishni muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvni yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol о‘ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada oshadi.
«R», «SH», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda xam tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir biridan xatosiz ajratishga о‘rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burin va sо‘zdagi о‘rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga о‘tadi. Tovushlarni tо‘g‘ri ta-laffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni о‘zlashtirishlari uchun asos bо‘ladi.
Rinolaliya nutq kamchiligida nutq kechikib rivojlanadi, ya’ni birinchi sо‘zlar ikki yoshda va undan keyin paydo bо‘ladi. Nutq о‘ziga xos sifatli xususiyatlarga ega bо‘ladi. Impressiv nutq nisbatan normal rivojlanadi, ekspressiv nutqda ahamiyatli о‘zgarishlar bо‘ladi. Birinchi navbatda bemorlar nutqini kam tushunarliligini ta’kidlash zarur. Og‘iz bо‘shlig‘ida tilning nuqsonli holati natijasida undosh tovushlar til uchi holatini о‘zgarishi va yuz muskullarining ortiqcha faollashuvi hisobiga hosil bо‘ladi. Til uchi holatini bu kabi о‘zgarishlar nisbatan doimiy bо‘lib, ma’lum bir tovushlarning artikulyatsiyasi bilan о‘zaro munosbatda bо‘ladi. Bemorlar uchun ba’zi undosh tovushlarning talaffuzi katta qiyinchilik tug‘diradi, ya’ni l, t, o, ch, sh, j, r tovushlari uchun yuqori tishlar va alyevollar oldida zaruriy tо‘siq yarata olmaydilar, s, z tovushlarining talaffuzi uchun pastki tishlar oldida tо‘siqni hosil qilmaydilar va og‘izdan nafas chiqara bilmaydilar, shuning uchun rinolaliklarda sirg‘aluvchi va shovqinli undosh tovushlar talaffuzi о‘ziga xos jaranglashga ega bо‘ladi. K, g tovushlari umuman yо‘q bо‘ladi, yoki xarakterli portlash ular о‘rnini bosadi. Unli tovushlar tilning orqaga tortilishi va havoni burundan chiqishi bilan talaffuz qilinadi va sustlashgan lab artikulyatsiyasi bilan xarakterlanadi. Shu tarzda unli va undosh tovushlar kuchli burun ottenkasi bilan shakllanadi. Ularning artikulyatsiyasi ahamiyatli darajada о‘zgargan bо‘ladi va tovushlar о‘zaro aniq differensirlashmagan bо‘ladi. Rinolalik nutqining tinglovchi uchun umumiy xarakteristikasi — burun ottenkasi xirillashgan tovushlardir. Bunda jarangsiz tovushlar x tovushiga yaqin holda, k,g frikativ tarzda, ulardan lab va lab-tishlilari matn tovushiga yaqin, oldingi lab tovushlari n tovushiga о‘xshatilib, jaranglashi modifikatsiya qilingan bо‘ladi. Ba’zida rinolaliyalar nutqidagi artikulemalar normaga juda yaqin bо‘ladi, lekin shunga qaramay ularning talaffuzi eshituvchi tomonidan nuqsonli deb idrok qilinadi, chunki nutqiy nafas olish buzilgan bо‘ladi, artikulyatsiya va tovush effektiviga ta’sir qiluvchi yuz muskullarining ortiqcha kuchlanishi paydo bо‘ladi.
Rinolaliya nutq kamchiligida tovushlar talaffuzi yalpi (total) buzilgan bо‘ladi. Bemorlarda nuqson mavjudligini mustaqil anglash odatda bо‘lmaydi yoki tanqidiylik kо‘zi bilan qarash pasaygan bо‘ladi. Nutqning magnit yozuvlarini eshitib chiqish bemorlarni jiddiy logopedik mashg‘ulotlarga stimullashtiradi.
Rinolaliya nutq kamchiligida patologik ovoz hosil bо‘lishi antropofonik va fonologik belgilarga ega. Rinolaliyada tovushlar talaffuzini tо‘g‘rilash ishlari uzoq vaqtni talab qilinadi. Organik nuqson va fonemalarni patologik artikulaksiya kо‘nikmalari korreksion ishlarni qiyinlashtiradi.
Har bir tovushni korreksiyalash quyidagi izchillikda olib boriladi:
- tovushni boshqa tovushlar ichidan farqlash;
- tovushni ma’lum bir artikulema bilan mos qilish;
- artikulemalarni tо‘g‘ri talaffuz qilish;
- yuqoridagi malakalarni bog‘langan nutqda qо‘llay bilish.
Tovushlarni nutqga qо‘yish jarayonida bola ishlanayotgan fonemani nutqda farqlay bilishi kerak.
О‘z nutqining xususiyatlarini eshitish orqali defferensiatsiya qila olmaydigan bolalarda tovushlarni nutqga quyish jarayonida kuruv, taktil va kinestetik analizatorlardan foydalaniladi.
Tovushlarni korreksiya qilish jarayonida avval fonemalar va artikulyatsiyalarni taqlid orqali hosil qilish malakalari tekshiriladi.
Tovushlarni hosil qilishda bola uchun yengil bо‘lgan harakatlar va fonemalardan foydalanish kerak.
Unli tovushlarni hosil qilish maxsus adabiyotlarda yetarlicha yoritib berilgan. Tug‘ma tanglay va lab yoriqliklarida artikulyatsiya apparatidagi organik о‘zgarishlar tufayli adabiyotlarda yoritilgan usullar uchun samara bermaydi.
Rinolaliyada tovushlarni korreksiyalashda foydalaniladigan usul vosita va mashqlar individual yondoshilgan holda tanlanadi. Biroq qо‘pol organik nuqsonlar tо‘g‘ri artikulyatsiyaga erishishni qiyinlashtiradi. Labdagi chandiqlar, uning harakatini cheklaydi, ochiq prikus, progeniya, prognatiya, ortodantik apparatni uzoq vaqt toliqishi lab va til oldi tovushlarini nutqga qо‘yishni bir oz qiyinlashtiradi.
«P» tovushini bir necha usulda nutqga qо‘yish mumkin:
- Bolaga yо‘naltirilgan havo oqimi chiqarish vaqtida lablarini bir-biriga urish taklif qilinadi, bunda shivirlagan pa-pa-pa bо‘g‘ini hosil bо‘ladi. Lablarni hullash bu mashqlarni bir oz yengillashtiradi.
- Bolaga lunjlarini shishirish taklif etiladi va ikkala kafti bilan shu vaqt о‘zida lunjlariga uriladi. Og‘izdan tishlarni orasidan partillab havo oqimi chiqadi. Keyincha bu harakatlar og‘iz bо‘shlig‘idagi hovoning hajmini kamaytirib kо‘llarning ishtirokisiz bajariladi. Bunda bola lablari bilan «tuflaganiga» о‘xshagan harakat qiladi va «p» tovushi hosil bо‘ladi.
- Burun qanotlari barmoqlar yordamida qisiladi (havoning burun orqali chiqib ketmasligi uchun) va ikkinchi usul amalga oshiriladi. Keyinchalik bu mashq burun qanotlari qisilmasdan amalga oshiriladi.
Birinchi usul orqali hosil qilingan «p» tovushi, (ikkita qolgan usullardan farqli ravishda) tovush talaffuzidan sо‘ng, boshqa tovush ta-laffuziga о‘tish oson kechadi.
Tadqiqotchilarni aytishicha, rinolaliyada «t» tovushi talaffuzida ovozni erkin chiqishi kuzatiladi. «T» tovushini hosil qilish uchun lablarni kulgi holatiga keltirib, til uchini tishlar orasidan bir oz tashqariga chiqarib «tuflash»ga о‘xshash harakat qilish kerak.
Yangi fonemalarni nutqda bor bо‘lgan tovushlardan hosil qilish maqsadga muvofiq, chunki bunda tovush hosil bо‘lishi zо‘riqishsiz kechadi va bо‘g‘in, sо‘zlarda oson mustahkamlandi,
Rinolaliyada «k» tovushi umuman bо‘lmaydi, yoki boshqa tovush bilan almashtiriladi. «K» tovushi asosan ta-ta-ta bо‘g‘inlari talaffuz qilish bilan bir vaqtda til uchi shpatel yordamida bosilib bir oz ichkariga itariladi. Bunda til orqaga surilgan sari «ta» bо‘g‘ini avval -tya, sо‘ng -kya va nihoyat -ka bо‘g‘iniga aylanadi. Keyinchalik mexanik yordamdan butunlay voz kechadi.
Tug‘ma tanglay yoriqliklarida frikativ tovushlar kо‘p hollarda faringial usul orqali shakllantiriladi. Bunda og‘iz orqali chiqarilayotgan yо‘naltirilgan havo oqimi alohida о‘rin tutadi. Biroq burun orqali havo chiqishi hollarida hali tovushlarni korreksiyalash mumkin, lekin bunda tovush kuchsiz chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |