Logopedik ritmika



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

 
 
Mavzu: Ritmik mashqlar ularning bajarilishini ifodalash, musiqiy asboblarda 
oynash. Oyin faoliyati 
 
1.Tinglovchida tayanch xarakatida buzilishi bo‘lgan, bolalarda ritmik mashg‘ulotlar 
va oyin faoliyati orqali kooreksiyalash haqidagi bilimlarni umumlashtirish. 
2. Ritmik etalonlar amalda bajarilishi kuzatilidib mustahkamlanadi. 


3. O‘z fikrini erkin bayon etish va bildirish jarayonini tashkil qilish; 
4. Guruhlarda ishlash qobiliyatini rivojlantirish. 
 
 
Adabiyotlar 
6.
1M.A.Povalyaeva “Korreksionnaya pedagogika vzaimodeytsviya spetsialistov”. 
Rostov – na Donu. “Feniks” 2002 yil. “Katta guruxlardagi dizartrik bolalarda 
logoritmik mashg‘ulotlar”.. 
7.
G.A.Volkova “Logopedicheskaya ritmika”. Moskva “Prosvesheniya” 1985 y. 
8.
L.S.Volkova “Logopediya”. M – 1989 y. 
9.
S.N.Sazanova. razvitiya rechi doshkolnikov s obo‘im nedorazvitiem rechi. Iz – vo 
akademiY. M – 2003 y. 
10.
Logopedik ritmika mashg‘ulotlari. Maktabgacha tarbiya bolalar uchun. Toshkent 
2009 y.
 
Ritmik mashqlar 
Tovushli ritm – nutqiy qobiliyatida nuqsonlari bor bo‘lgan shaxslarda 
harakatlanish ritmi tuyg‘usini tarbiyalash va rivojlantirishga, shuningdek, uni nutq 
jarayonida birlashtirishga xizmat qiladi. 
Musiqashunoslikda ikki tushuncha va ikki musiqiy ritm aniqlovchisi mavjud: 
bular keng va tor keng ma’nodagi musiqiy ritm bo‘lib, ular vaqt boyicha shakl 
quruvchisi sifatidagi musiqiy asar konstruksiyasini vaqt o‘lchami asosida o‘girish 
demakdir.
Tor ma’noda musiqiy ritm – bu vaqt qonuniyati hamda davomiyligi boyicha 
tovushlarning tashkil qilinishi bo‘lib, bir xil yoki har xil davomiyliklarning 
uyg‘unlashuvini hisobga olgan holda ritmik rasmning paydo bo‘lishidan iborat 
bo‘ladi. Bunday davomiyliklar ma’lum tarzda aksentlashgan (darajalangan) bo‘lib, 
biror-bir temp doirasidagi jarangdorlikka ega. 
Ritmik birlik deb, alohida tovushlar yoki pauzalar davomiyligiga aytiladi. 
Shu bilan bir qatorda ritmik rasmning paydo bo‘lishida bir muncha yirikroq bo‘lgan 
elementlar ham ishtirok etadi, masalan – motivlar, stopalar, faktura yacheykalari 
hamda vokal partiyalardagi ichki bo‘g‘inli xirgoyilar. 


Musiqiy ritmning qabul qilinishini uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi 
qatlamda tovushlar, motivlar va qisqa frazalar vaqtining nisbati qabul qilinadi. 
Ikkinchi qatlamda yirik musiqiy parchalar –frazalar, tavsiyalar va muddatlarning vaqt 
boyicha tuzilmalari aks ettiriladi. Uchinchi qatlamda esa asar strukturasi yaxlit holda 
qabul qilinadi. 
Ritmik tuzilmada mo‘ljal harakatlarni modellashtirishning kengaytirilgan 
jarayoni quyidagi ketma-ket paydo bo‘luvchi asosiy davrlardan iborat:
a) ritmik bo‘lmagan betartib harakat reaksiyalari; 
b) aksentlangan tovush elementlarini aks ettiruvchi tekis harakat 
v) ritmik rasmni ko‘chirish jarayonining boshlang‘ich etapini ifodalovchi 
asosiy ritmik nisbatlar harakatidagi tiklanish; 
g) topshiriqlar yaxlit tuzilmasining xarakatlanib tiklanishi; 
d) ritmning o‘zlashtirilishi. 
To‘rtinchi davr uchun tayyorlovchi bosqich bo‘lib, xizmat qiluvchi 
boshlang‘ich uchta davr o‘zlashtirishning me’yoriga mos holda vaqt boyicha 
qisqartiriladi hamda ularning paydo bo‘lish tartibida reduksiya qilinadi. Buning 
natijadasida bola yaxtit holatdagi ritmik tuzilmani darrov teng holatda qaytaradi. 
Ritmik tuzilma harakatlanishini modellashtirshning har bir davriga uning 
elementlarini tashkil etuvchi hamda nomaxsus mo‘ljal reaksiya darajasida bo‘lgan 
modellashtirish fazasiga to‘g‘ri keladi. 
Elementar ritmik etalon kabi murakkab ritmik tuzilmani qabul qilish ham 
uning uzluksiz ravishdagi «qurilish» jarayonidan iboratdir. Bola avval biror-bir 
tuzilmaviy elementning faqat bittasini qabul qiladi. Bu narsa ko‘p hollarda yoki erta 
qabul qilingan elementar ritmik etalon, yoki yangi tuzilmaning 2-3 ta boshlang‘ich 
tashkil etuvchilar bo‘lishi mumkin. So‘ngra navbatdagi tuzilma variantining yanada 
yorqinroq bo‘lgan ritmik munosabatlari va eng so‘ngida esa murakkab etalon 
to‘laligicha qabul qilinadi. 
Harakatlantiruvchi tuzilmada qabul qilingan etalonlarni to‘g‘ri ko‘chirish 
uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zarurdir, ular quyidagilar: 
a) harakat tezligi bilan musiqa tempining mos kelishligi; 


b) harakatlanish jarayonida mushaklarning zo‘riqishi to‘liq musiqa kuchi 
yoki aksent jarangdorligining kuchi bilan mos kelishi; 
v) harakat bilan uzatilayotgan ritm rasmi musiqaning ritmi bilan mos kelishi 
zarurdir. 
Rivojlangan ritmik tuyg‘usi (musiqiy ritmni tarbiyalash asosida) nutq 
ontogenezesida katta ahamiyatga ega. Yosh bola (go‘dak) gapirishni endi 
boshlaganida, eng avvalo, so‘zlar ritm konturini o‘zlashtira boshlaydi, uning 
ma’nosini tushunadi, lekin vaqtincha to‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Masalan «trevoga» 
so‘zini «titoga», «samovar»ni «matatar» va «molotok» so‘zini «kolotok» deb talaffuz 
eta boshlaydi. 
Nutqida buzilishi bo‘lgan shaxslarga nisbatan logoritmik ta’sir ko‘rsatishda 
musiqiy ritmning shakillanishidagi hamda umumiy ritm tuyg‘usining ontogenezik 
ma’lumotlarini hisobga olish zarurdir. 
Shug‘ullanuvchilarga to‘rtlik, sakkizlik va yarim notalar orasidan nisbatan 
oson egallanuvchi xamda ritm rasmidagi sakkizlikning bir juftidan ko‘p bo‘lmagan 
iboralar taklif qilinadi. Buning natijasida shug‘ullanuvchilarda murakkab bo‘lmagan 
turli ritmlarni differensiallash va o‘z harakatlarini ongli ravishda ularga boysundirish 
malakasi 
tarbiyalanib 
boradi. 
Keyin 
ritmni 
aks 
ettiruvchi 
harakatlar 
avtomatlashtiriladi. Harakatlanish apparatidagi zo‘riqishdan bartaraf etiladi, kuchning 
tejalishiga erishiladi, harakat engilligi rivojlanadi va shu bilan birga ijro etish sifati 
oshadi. 
Turli xildagi ritmlarni bolalarga oyinlar, saxnalar va qiyofalash shaklida 
berish maqsadga muvofiqdir. Sahnalarning mazmuni va shakli bolalarning yoshiga, 
umumiy rivojlanishi va harakatlanishining imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 
Ritmlar kichik yoshdagilarda o‘tirish, turish va harakat orqali amalga oshiriladigan, 
engil harakatlar bilan shakllantiriladi. Masalan: 
– bolalar bir-biriga yuzlangan holatda juft-juft bo‘lib, aylana ichida 
o‘tiradilar. Taktning har bir sakkizinchi ulushida bolalar navbatma -navbat 
ko‘rsatkich barmoqlarini avval o‘ng qo‘lda keyin chap qo‘lda ko‘rsatib bir-birlariga 
do‘q uradilar. Chorakda esa bir-birlariga orqa o‘girib o‘tiradilar va paydo bo‘lgan 
yangi qo‘shni bilan ham xuddi shunday harakatlarni bajaradilar. (Grafik holda ♫♪); 


Maktabgacha yuqori yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarga ko‘proq 
miqdordagi ritmik rasmlar taklif qilinadi. Bolalar bu rasmlarni hayvonlarni, qushlarni 
qiyos qilgan holda turlicha qurilmalarni yoki buyumlar bilan ishlarni bajargan holda 
shakllantiradilar. 
– bolalar polga tushib, qushlarni qiyos etadilar. Ikki chorakda qo‘llarini elka 
balandligida ko‘tarib, ikki marta qanot qoqadilar. Yarim notada o‘rnilarida turadilar 
va qo‘llarini qanotlar kabi keng ochadilar. Ritmning ikki chorakda takrorlanishida 
ikki marta «qanot» qoqadilar, keyingi yarim notada yana polga o‘tiradilar 
(grafikasi:♪♪♪) 
– bolalar «er qaziydilar». Birinchi chorakda ketmon belgilab qoyilgan joyga 
qoyiladi, ikkinchi chorakda oyoq bilan bosiladi va yarim notada er chetga ag‘darib 
tashlanadi. Xuddi shu ritm asosida bolalar ikki choraklikda ikki qadam tashlab, yarim 
notada qadam tashlash, erkin holatdagi oyoq tizzasi bukilib va yuqoriga ko‘tarib 
(yakka holatda bajariladi) bolalar laylakka qiyos qiladilar; 
– bolalar birin-ketin stullarga o‘tiradilar Har birida ikkitadan bayroqcha bor: 
chap qo‘lda qizil ranglisi, o‘ng qo‘lda yashil. Yarimtalik notada bolalar 
bayroqchalarni boshlaridan yuqorida qovushtiradilar, birinchi chorakda o‘ng qo‘lni 
ikkinchi chorakda esa chap qo‘lni chetga ochib, ularni elka balandligida qoldiradilar. 
Bunday harakatlarni avval birgalikda, keyin navbat bilan bajaradilar. Bolalar bu 
ritmni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng ularga ritmik rasmni saqlagan holda 
boshqa yo’nalishdagi harakatlarni bajarish taklif qilinadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish