Yetkazib berishning ishonchliligi yetkazib beruvchining shart- nomada ko‘rsatilgan buyurtma bajarilish muddatlariga rioya qilish imkoniyatlarini aniqlaydi. Yetkazib berishning ishonchliligiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib, shartnomada ko‘rsati)gan majburiyat (kafolat)laming mavjudligi hisoblanadi, bu majburiyatlarga asosan yetkazib beruvchi buyurtma bajarilish muddatlari buzilgaligi uchun javobgar bo'ladi.
Buyurtma bajarilish davomiyligi buyurtma olinish vaqtidan tovarlar partiyasini iste’molchiga yekazib borishgacha bo'lgan kalen- dar davrini xarakterlaydi. Buyurtma bajarilish davomiyligi o‘zining tarkibiga quyidagilarni oladi: buyurtmani hujjatlashtirish, ishlab chiqarish, qadoqlash, tushirish va iste’molchiga yetkazib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |