7.1-jadval
AQSH va Buyuk Britaniyada tovar harakatiga ketadigan xarajatlar (% da)1
Xarajatlar
|
AQSH
|
Buyuk Britaniva
|
Tashish ishlari
|
29,3
|
34,3
|
Zaxiralarni saqlash
|
17,4
|
18,7
|
1 Интегрированная логистика. Учебник, /под общей редакцией проф. Л.Б.Миротинэ - М.: Экзамен, 2003.
< iinhorxona xarajatlari
|
16,9
|
15,6
|
n.moqlash
|
11,9
|
12,5
|
lliiyurmalami qayta ishlash
|
5,5
|
5,2
|
Itoshqaruv xarajatlari
|
11.0
|
12,5
|
Mahsulotni sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan bog‘liq Im'l^an xarajatlar. Mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar уiiruhiga xarajatlaming quyidagi turlari kiradi:
mahsulotni iste’molchigacha yetkazib berish xarajatlari;
yuklash-tushirish ishlariga ketadigan xarajatlar;
tovaming yo ldagi harakati bilan bog‘liq xarajatlar;
yuklarni sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
savdo-sotiq tashkilotlarida zaxiralarni shakllantirish va saq- lashga ketadigan xarajatlar;
defitsit natijasidagi yo‘qotish!ar;
transport-ekspeditorlik funksiyalari bilan bog‘Uq xarajatlar;
boshqaruv xarajatlari, yuk to‘lovlari va boshqa turdagi yo'qotishlar.
Zaxiralarni aniqlash usullari va optimailashtirish
Logistik funksiyalami amalga oshirishda vujudga keladigan umumiy xarajatlar turkumida o‘ziga xos aniqlanish ketma-ketligiga I'l’.ii bo'lgan bir qator zaxiralar mavjud.
Yuklarni tashishga ketadigan xarajatlar. Tashish ishlari bilan liogMiq bo‘lgan sarf-xarajatlar, korxona yoki transport kompa- niyalarining transport bo‘linmalariga ketadigan ekspluatatsion xara- jiitlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bu xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
ishlarni bajarish bilan band bo‘lgan ishchilaming ish haqi;
ish haqiga qo‘shimchalar;
bino, inshoat, uskunalarning amortizatsiya xarajatlari;
bino, inshoat, uskunalarning ta’minoti bo'yicha xarajatlar;
energiya va yoqilg‘i xarajatlari;
yordamchi materiallarga ketadigan xarajatlar;
uskunalarni ishlatish bilan bog‘liq xarajatlar;
ustama xarajatlar.
Agar korxona mahsulotlarini tashishda tashqi transport tashkilotlaridan foydalansa, tashishga ketadigan xarajatlar transport tariflari ko'rimshini oladi.
Zaxiralarni tashkil etish bilan bog'liq xarajatlar korxonaning buyurtmalarni bajarish va materiallarni saqlashga ketadigan xarajtlari sifatida ko‘riladi. Ular boshqa xarajatlar bilan bir qatorda o‘zining tarkibiga vositalarni qayta mobillashtirish natijasidagi yo'qotishlar va «defitsit yo‘qotish»larini oladi.
Sug‘urtalash xarajatlari. Tovarlarni sug‘urtalash yuk egalari va tashuvchilarning mablaglarim himoya qiladi; tovar harakati jarayonlari faoliyatining ma’lum mustahkamligini va transport tashkilotlari xarajatlarining qisqarishini ta’minlaydi. Sug‘urtalashga ketadigan xarajatlar sug‘urta bozorining stavkalar miqdori bilan aniqlanadi.
Logistik yondashuvning qoMlanis'ni natijasida ishlab chiqarish zaxiralari miqdorining optimallashuvi hisobidan olinishi mumkin bo'lgan samarani quyidagicha aniqlash mumkin.
Logistika jarayonlarini optimallashtirish. Logistika jarayon- larining optimallik mezoni boMib korxona foydasi hisoblandi. Foyda korxona faoliyatini miqdoriy baholaydi, lekin foyda aarajasiga korxonaning ishlab chiqarish, xo'jalik, moliya faoliyatining boshqa omillari ham ta’sir ko‘rsatadi va foydaning umumiy qiymatidan logistikaning hissasini ajratish qiyin. Shumng uchun optimallik mezoni sifatida keltirilgan xarajatlarning minimum ko‘rsatkichi qo'llanilishi mumkin:
Ci + Cm—> min,
Do'stlaringiz bilan baham: |