Logistika tizimida zaxiralarni boshqarish reja: Zaxiralarni boshqarish va tovar siyosati Zaxiralarning belgilanishi va turlari


Zaxiralarning belgilanishi va turlari



Download 369,87 Kb.
bet2/3
Sana26.04.2022
Hajmi369,87 Kb.
#582824
1   2   3
Bog'liq
LOGISTIKA TIZIMIDA

2. Zaxiralarning belgilanishi va turlari
Aytib o’tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki xomashyoning birinchi manbadan so’nggi iste’molgacha bo’lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zaxira ko’rinishida yig’ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zaxiralarni boshqarish o’z xususiyatiga ega. Xomashyoni mahsulotga aylantirish yo’lida va bu mahsulotning so’nggi iste’molchiga yetkazilishida zaxiralarning ikki asosiy turi tashkil etiladi: (16-chizma)
1. Ishlab chiqarish zaxiralari.
2. Tovar zaxiralari.
O’z navbatida bu zaxiralardan har biri uch turga bo’linadi:
a) joriy zaxiralar; b) sug’urta zaxiralari; v) mavsumiy zaxiralar.

16-chizma. Moddiy zaxiralarining asosiy turlari
Zaxiralar yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi bevosita bog’lanishni kuchsizlantirish uchun xizmat qiladi. Zaxiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bilan yetkazib berilayotgan xomashyo bilan ta’minlashga, shuningdek, xomshyoni optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xomashyo zaxiralari shu xomashyoni yetkazib beruvchining mahsulot ishlab chiqaruvchiga bo’lgan bog’lanishini kuchsizlantiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo’lgan yarim tayyor mahsulotlar zaxirasi alohida tsexlarning bir - biriga bo’lgan bog’lanishini kamaytiradi.
Zaxiralar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Bufer zaxiralar yetkazib beruvchi va iste’molchilar orasida tashkil etiladi. Bu zaxiralar materiallar harakati bilan bog’liq bo’lgan qoplamalar uchun o’z vaqtida yetib kelmaslikni to’ldirish, mahsulotni xarid qilish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, mahsulotni qulay hajmdagi partiyalar bilan ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
2. Tayyor mahsulot zaxiralari qulay hajmdagi mahsulot partiyalari bilan ishlab chiqarishni ta’minlash, kutilayotgan talabni qondirish, haqiqiy talabning istiqbollashgan zaxiradan farqlanishini qoplash maqsadlariga xizmat qiladi.
3. Ushlanib qolishlarni qoplash uchun zaxiralar material resurslarning harakatlanishi bilan bog’liqdir. Agar ushlanib qolish vaqti ma’lum bo’lsa, bunday zaxiralar hajmini aniqlash qiyinchiliklar tug’dirmaydi.
4. Kutilayotgan talabni qondirish uchun kerak bo’lgan zaxiralar istiqbollashayotgan talabni qoplash uchun xizmat qiladi. Talabning hajmi va vaqti aniq hisoblangani uchun bunday zaxiralarning aniqlanishi qiyinchiliklar tug’dirmaydi.
5. Kafolat zaxirasi talabning aniqlab bo’lmaydigan o’sishini qondirish uchun xizmat qiladi. Bu zaxiralarning mavjudligi haqiqiy talabning istiqbollashayotgan talabdan farqini qoplaydi.
Logistika kontseptsiyasining amaliyotda qo’llanishi korxona va firmalarda yalpi zaxiralarning muvofiqligi bilan bog’lanadi. Zaxiralarni qulaylashtirish mezoni xarid bo’yicha xarajatlar mahsulotning yo’qligi natijasida hisoblanadi.
Xarid bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: buyurtmani qayd etish bo’yicha xarajatlar; yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan tovarlar va kommunikatsiya haqida shartnomani qayd etish bo’yicha xarajatlar, agar transportda tashish narxi qabul qilinayotgan tovarning narxiga kirmasa; transport xarajatlari, tovarni qabul qilish va omborda saqlash xarajatlari. Bularning ayrimlari buyurtmada belgilanadi va buyurtma hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Boshqalari esa, masalan, transport va ombor xarajatlari buyurtma hajmiga proportsional bog’liqdir.
Zaxirani saqlash bo’yicha xarajatlar omborda mahsulotni ma’lum vaqt davomida saqlash xarajatlari bilan belgilanadi va bevosita ombordagi mahsulot hajmiga bog’liq bo’ladi. Bunga ombor xarajatlari, renta xarajatlari (agar inshoot ijara qilingan bo’lsa), ishlab chiqaruvchi birlikka tegishli omborlarning mohiyati uchun joriy xarajatlari kiradi. Bu tur xarajatlarga kapital xarajatlar kiradi. Bu guruhga, shuningdek, sug’urta va soliq xarajatlari ham kiritiladi. Sug’urta xarajatlari zaxira yong’in yoki o’g’rilik natijasida yo’qolishlaridan himoya sifatida ishlatiladi. Zaxiralar hisoblangan kun bo’yicha soliqqa tortiladi. Bu guruhga tabiiy ofat va zaxiralarning buzilishlari natijasidagi yo’qotishlar ham kiritiladi.
Mahsulot yo’qligi natijasida ishlab chiqaruvchi omborda mahsulot yo’q bo’lganligi natijasida to’satdan hosil bo’lgan talabni qondira olmaydigan yo’qotishlarga duch keladi. Bu yo’qotishlar ikki turga bo’linishi mumkin:
1. Yo’qotilgan sotishlar qiymati, bunda buyurtmachi o’z buyurtmasini boshqa ishlab chiqaruvchiga beradi. Bu usulda xarajatlar ko’zda tutilgan xarajatlardan foyda yo’qotish bilan aniqlanadi.
2. Buyurtmachi buyurtma berilishini kutib turadi. Sotuvlar yo’qotilmagan, balki surilgandir. Ammo kutish qo’shimcha xarajatlarni, buyurtmani qayd etish uchun, transport va ombor xarajatlari va boshqalarni tug’dirishi mumkin. Bu xarajatlarni aniqlash qiyinchiliklar tug’dirmaydi.



Download 369,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish